«tasdiqlayman» Andijon mashinasozlik instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori U. A. Madrahimov 2023 y. Andijon mashinasozlik instituti “Intellektual


Taqrizchi t.f.f.d., dots., A.A.Yusupov



Yüklə 73,8 Kb.
səhifə7/11
tarix24.12.2023
ölçüsü73,8 Kb.
#192666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bayonnoma-YANGI 04

Taqrizchi t.f.f.d., dots., A.A.Yusupov: Assalomu alaykum hurmatli seminar raisi va ishtirokchilari. Andijon mashinasozlik instituti tayanch doktoranti Ibragimov Sanjarbek Salijanovichning 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi bo‘yicha “Tez o‘zgartirishlar asosida elektr qarshiliklarni tarqalish zonalarini aniqlash uchun parallel algoritmlar va dasturiy majmua yaratish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi bilan tanishib chiqdim.
Dissertatsiya ishi bo’yicha quyidagi fikr va mulohazalarni aytib o’tish mumkin:

  1. Dissertatsiya ishida maxsus protsessorlar yordamida parallel ishlov berish amalga oshirilgan, lekin nima uchun maxsus protsessorlar tanlab olinganligini kengroq yoritilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.

  2. Dissertatsiyaning 3.2 va 3.3-paragriflarida keltirilgan algoritmlarning blok-sxemasida yadrolarga taqsimlash keltirilgan, lekin qayta birlashtirish keltirilmagan. Parallel hisoblash qismidan keyin ketma-ket hisoblash qismiga qaytishni blok-sxemada bog’lab ifodalansa maqsadga muvofiq bo’lar edi.

  3. Dissertatsiyada hisoblash natijalarini grafiklarda tasvirlashda ayrim grafiklarning koordinata o‘qlari nimani anglatishi keltirilmagan, bunda ushbu grafiklarda qanday natijalar baholanayotganligini anglash qiyin.

  4. Dissertatsiya ishida gramatik va stilistik xatoliklar uchrab turibdi, shu muammolarni bartaraf etish zarur.

Yuqorida koʻrsatilgan kamchiliklar dissertatsiya ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, ishning mazmun va mohiyatining darajasini kamaytirmaydi, balki uni talab darajasida shakillanishi uchun xizmat qiladi.
Dissertatsiya ishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Аttestatsiya Komissiyasining 2017 yil 31-maydagi 239/3–qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga toʻliq javob beradi.
Ibragimov Sanjarbek Salijanovichning “Tez o’zgartirishlar asosida maxsus protsessorlarni modellashtirish va qurish” mavzusidagi 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi bo’yicha texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi qo’yilgan talablarga to’liq javob beradi va uni navbatdagi ilmiy seminarda muhokama qilishga tavsiya etaman.

Yüklə 73,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin