№
|
Topshiriqlar
|
Topshiriqni bajaruvchi
|
1.
|
1. Shaxmat doskasining x, у koordinatalari berilgan (1-8 oraliqda yotuvchi butun sonlar). Doskaning chap pastki maydoni (1,1) qoraligini hisobga olib, jumllani rostlikka tekshiring: “Berilgan (x, y) maydon oq"
2. n butun soni berilgan (n > 0). Quyidagi yig‘indini hisoblovchi programma tuzilsin. S = n2+(n+1)2+(n+2)2+ ... (2*n)2
|
|
2.
|
1. Shaxmat doskasining ikkita turli (x1, y1), (x2, y2) koordinialari berilgan (1-8 oraliqda yotuvchi butun sonlar). Jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan maydonilar birxil rangda"
2. n butun soni berilgan (n > 0). Quyidagi ko‘paytmani hisoblovchi programma tuzilsin.
S = 1.1 * 1.2 * 1.3 *... (n ta ko‘payuvchi)
|
|
3.
|
1. Shaxmat doskasining ikkita turli (x1, y1), (x2, y2) koordinialari berilgan (1-8 oraliqda yotuvchi butun sonlar). Jumlani rostlikka tekshiring: “Ruh bir yurishda bir maydondan ikkinchisiga o‘ta oladi"
2. n butun soni berilgan (n > 0). Quyidagi yig‘indini hisoblovchi programma tuzilsin. S = 1.1+1.2+1.3+ ...
(n ta qo‘shiluvchi, ishoralar almashib keladi. Shart operatoridan foydalanmang)
|
|
4.
|
1. Shaxmat doskasining ikkita turli (x1, y1), (x2, y2) koordinialari berilgan (1-8 oraliqda yotuvchi butun sonlar). Jumlani rostlikka tekshiring: “Shah bir yurishda bir maydondan ikkinchisiga o‘ta oladi."
2. n butun soni berilgan (n > 0). Shu sonning kvadratini quyidagi formula asosida hisoblovchi programma tuzilsin.
S= 1+3+5+ ... + (2*n -1) har bir qo‘shiluvchidan keyin natijani ekranga chiqarib boring. Natijda ekranda 1 dan n gacha bo‘lgan sonlar kvadrati chiqariladi
|
|
5.
|
1. Shaxmat doskasining ikkita turli (x1, y1), (x2, y2) koordinialari berilgan (1-8 oraliqda yotuvchi butun sonlar). Jumlani rostlikka tekshiring: Til bir yurishda bir maydondan ikkinchisiga o‘ta oladi".
2. n butun soni va a haqiqiy soni berilgan (n > 0). a ning n - darajasini aniqlovchi programma tuzilsin. an=a*a*a...a;
|
|
6.
|
1. Shaxmat doskasining ikkita turli (x1, y1), (x2, y2) koordinialari berilgan (1-8 oraliqda yotuvchi butun sonlar). Jumlani rostlikka tekshiring: "Farzin bir yurishda bir maydondan ikkinchisiga o‘ta oladi".
2. n butun soni va a haqiqiy soni berilgan (n > 0). Bir sikldan foydalanib a ning 1 dan n gacha bo‘lgan barcha darajalarini chiqaruvchi programma tuzilsin.
|
|
7.
|
1. Shaxmat doskasining ikkita turli (x1, y1), (x2, y2) koordinialari berilgan (1-8 oraliqda yotuvchi butun sonlar). Jumlani rostlikka tekshiring: “Ot bir yurishda bir maydondan ikkinchisiga o‘ta”.
2. n butun soni va a haqiqiy soni berilgan (n > 0). Bir sikldan foydalanib quyidagi a ning 1 dan n gacha bo‘lgan barcha darajalarini chiqaruvchi vayig‘indini hisoblovchi programma tuzilsin.
1 + a + a2 + a3 + ... an
|
|
8.
|
1. Uchta son berilgan. Shu sonlarni o‘ratachasi (ya’ni katta va kichik sonlar orasidagi son) ni aniqlovchi programma tuzilsin.
2. n butun soni va a haqiqiy soni berilgan (n > 0). Bir sikldan foydalanib quyidagi a ning 1 dan n gacha bo‘lgan barcha darajalarini chiqaruvchi va yig‘indini hisoblovchi programma tuzilsin.
1-a + a2 - a3 + ... (-1)n an Shart operatoridan foydalanilmasin
|
|
9.
|
1. Uchta son berilgan. Shu sonlarni awal kichigini keyin kattasini ekranga chiqaruvchi programma tuzilsin.
2. n butun soni berilgan (n > 0). Bir sikldan foydalangan holda quyidagi yig‘indini hisoblovchi programma tuzilsin.
1!+2!+3! + ... +n!
|
|
10.
|
1. Uchta son berilgan. Shu sonlarning yig‘indisi eng katta bo‘ladigan ikkitasini ekranga chiqaruvchi programma tuzilsin.
2. n butun soni berilgan (n > 0). Bir sikldan foydalangan holda quyidagi yig‘indini hisoblovchi programma tuzilsin. (Olingan natija taxminan e = exp(1) ga yaqinlashadi) 1 +1/(1!)+ 1/(2!)+ 1/(3!)+ ... +1/(n!)
|
|
11.
|
1. Koordinatalar tekisligida butun son berilgan. Agar nuqta koordinata boshida yotsa, 0 chiqarilsin. Agar nuqta OX yoki OY o‘qlarida joylashsa, mos holda 1 va 2 chiqarilsin. Agar nuqta koordinata o‘qida joylashmasa 3 chiqarilsin.
2. n butun soni va x haqiqiy soni berilgan (n > 0). Quyidagi yig‘indini hisoblovchi programma tuzilsin. (Olingan natija taxminan ex ga yaqinlashadi)
1 + x + x2/(2!) + x3 / (3!) + ... +xn/(n!)
|
|
12.
|
1. Koordinata o‘qlariga parallel ravishda to‘g‘ri to‘rtburchakning uchta uchi berilgan, to‘rtinchi uchi koordinatasini aniqiansin.
2. N va К butun sonlari berilgan. Quyidagi yig‘indini chiqaruvchi programma tuzilsin.
1K + 2K+ ... + NK
|
|