Tajriba-sinov maqsadi – ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
Tajriba-sinov vazifalari: bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlashning mazmuni, omillari va tamoyillarini tahlil qilish;
boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlashning didaktik komponentlari va metodikasini takomillashtirish;
innovatsion ta’lim sharoitida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash modelini takomillashtirish;
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” modulini o’qitish jarayonida talabalarda kasbiy-metodik kompetentsiyalarni intensiv takomillashtirishga oid pedagogik tavsiyalar ishlab chiqish.
1.4. Tajriba-sinov dasturi ishlab chiqildi.
Farg’ona davlat universitetining «Boshlang’ich ta’lim» ta’lim yo’nalishi kunduzgi ta’lim bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasi yuzasidan pedagogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazish va o’quv dasturlarini amaliyotga joriy etishda quyidagilar aniqlandi:
1) pedagogik tajriba-sinov ishlarini olib borish dasturida tajriba-sinov mashg’ulotlari ketma-ket ishlab chiqildi hamda ko’rsatilgan mavzular o’qituvchilar yordamida o’tkazildi.
2) Tajriba-sinov dasturida belgilangan mashg’ulotlarni tashkil etish va o’tkazish bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasining holati, innovatsion ta’lim texnologiyalari hamda mustaqil ish topshiriqlari bo’yicha amalga oshirildi.
3) OTMning tajriba-sinov bosqichida, kunduzgi ta’lim talabalarida dastlabki anketa so’rovnomasi va test o’tkazildi. O’tkazilgan anketa so’rovnomasi va test javoblari yozilgan varaqalar universitet tomonidan tasdiqlandi.
4) OTMning kunduzgi ta’lim talabalarining tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va yakunlanishda olingan natijalar ta’lim tizimiga joriy etildi.
5) Ma’lumotlar tadqiqotchi tomonidan ko’rsatilgan tartibda bajarildi.