2. Tashkiliy-tayyorgarlik bosqichi: 2.1. Tajriba-sinov maydoni Farg’ona davlat universitetining “Boshlang’ich ta’lim” ta’lim yo’nalishi kunduzgi ta’lim talabalari inobatga olindi.
2.2. pedagogik tajriba-sinovda eksperimental tanlanma miqdori kunduzgi ta’lim talabalaridan iborat etib belgilandi.
2.3. OTMlarining “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi kunduzgi ta’lim bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasi bo’yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish uchun metodik ta’minoti ishlab chiqildi.
2.4. pedagogik tajriba-sinov ishlari tashkiliy ta’minoti ishlab chiqildi.
3. Amaliy bosqich: 3.1. Farg’ona davlat universiteti “Boshlang’ich tahlim” ta’lim yo’nalishi talabalarining ta’kidlovchi, rivojlantiruvchi va nazorot qiluvchi tajriba-sinov ishlari amalga oshirildi.
3.2. Tajriba-sinov ishlari tajriba guruhlarida bosqichma-bosqich olib borildi.
4. Umumlashtiruvchi bosqich: 4.1. Tajriba-sinov ishlarini natijalash algoritmi ishlab chiqildi.
4.2. Universitet o’quv-tarbiya jarayoniga tadbiq etildi.
pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalarining aprobatsiyasi sifatida 3 ta ilmiy maqolalar chop etilgan.
Tajriba sinov ishlarining natijalariga asosan ta’lim jarayonining o’quv dasturlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida takliflar berildi. Natijada, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga erishildi.
Xulosa qilib aytganda, tajriba sinov natijalarini amaliyotga tatbiq etish mumkin. Yuqorida bayon qilingan ishlarning bajarilganligi Farg’ona davlat universiteti kunduzgi ta’lim bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish maqsadida pedagogik tajriba sinov ishlari o’tkazilganidan dalolat beradi.
Tadqiqotchi Xalilov Farxod Furqat o’g’lining falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi yuzasidan chop etilgan ilmiy ishlaridan, xususan, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga metodik tayyorgarligini takrmillashtirish (Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi 2021 yil, №6 son. – B.226-331.); Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlashda sharq mutafakkirlarining pedagogik g’oyalaridan foydalanish (««Муғаллим ҳəм үзликсиз билимлендириў»
журналына жазылыў баҳасы төмендегише, № 3, 2021–B.81-86.); Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishda pedagogik mas’uliyat va metodik tayyorgarlikning uyg’unligi. (“Uzluksiz ta’lim” ilmiy-uslubiy jurnali. 2022 yil, maxsus son - B.20-23); Methodology of training future elementary class teachers on the subjects of “Upbringing” (Electronic journal of actual problems of modern science, education and training february, 2022-2. ISSN 2181-9750 – B.51-54.); Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga metodik tayyorlash pedagogik muammo sifatida (UzACADEMIA ilmiy-uslubiy jurnali. Vol 1, Issue 9, January 2021 part-1 – B.211-216); “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” modulini o’qitish jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya darslarini samarali tashkil etishga tayyorlash metodlari (Kasb-hunar ta’limiilmiy-uslubiy, amaliy, ma’rifiy jurnal №4, 2022 yil B.216-189); Sharq mutafakkirlarining tarbiyaga oid qarashlari o’quvchilar tarbiyasida asosiy manba (Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar2022-yil may № 5 xalqaro ilmiy metodik jurnal https://interscience.uz/ B.185-189); O’quvchilarining tarbiyaviy faoliyatida bo’sh vaqtlarining ahamiyati (UzACADEMIAilmiy-uslubiy jurnaliISSN (E) – 2181 - 1334 Volume 2. Issue 1 (32), July 2022) jurnallarida, Educational Issues in the Views of Eastern Thinkers (procedia of Social Sciences and Humanities proceedings of the International Conference on Community Education, Economics, psychology And Social Studies 2021 (ICCEE’S) ISSN 2722-0672 (online), https://pssh.umsida.ac.id. B.5-6); Educational questions in hadith (International Conference on Agriculture Sciences, Environment, Urban and Rural Development Morocco, December 30, 2021 B. 68-70) xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallarida yoritib berilgan.
“Umumiy pedagogika” nomli o’quv qo’llanma (OO’MTVning
2022 yil 09.09 dagi 302-sonli buyrug’i) chop qilingan va ommalashtirilgan.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasiga yo’naltirilgan texnologiyalardan foydalanib o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish, tarbiya fanini o’qitish kompetentsiyalarni rivojlantirishda o’quv loyihalaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish, modernizatsion ta’lim sharoitida talabalarning tarbiya fanini o’qitish tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, ularda yangi fikr va qarashlarni ishlab chiqishga yo’naltirishga oid taklif va tavsiyalaridan oliy ta’lim muassasasi o’quv jarayonida samarali foydalanilmoqda.
Tahlillar shuni ko’rsatdiki, bugungi ta’lim muhitida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik tizimning samaradorlik darajasi aniqlangan, ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan va ulardan o’quv amaliyotida foydalanish yo’llari ko’rsatilgan. F.F.Xalilov tomonidan tavsiya etilgan Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ta’limiy texnologiyalar (“Zamonaviy tashkilotchi portreti”, “Talablar piramidasi”, “Mini loyiha”, “Kelajakka nazar”, “Juftlikda ishlash”, “Vaqt ketdi”, “To’g’ri qaror”, “Mosini top va to’ldiring”), assesment topshiriqlar va binar darslarni “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” va “Umumiy pedagogika” fanini o’qitish jarayoniga tatbiq etish orqali o’quv-metodik ta’minot boyitilgan deb xulosa qilish mumkin.
“Pedagogika-psixologiya” fakulteti dekani, p.f.n., dotsent: B.Siddiqov