«tasdiqlayman» Fizika kafedrasi mudiri



Yüklə 274,5 Kb.
səhifə1/18
tarix24.04.2023
ölçüsü274,5 Kb.
#101983
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
R.Ya.Rasulov Kristallarning zonaviy nazariyasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
«TASDIQLAYMAN»
Fizika kafedrasi mudiri


_________ K.Onarqulov


«____»___________2023 y.


KRISTALLARNING ZONAVIY NAZARIYASI
fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun vazifalar va metodik ko‘rsatmalar
f.-m.f.d., professor R.Ya.Rasulov


Farg’ona-2023
MUNDARIJA



Tushuntirish xati

4

Kristallarning zonaviy nazariyasi fanidan mustaqil ishlarning tematik rejasi

5

Kristallarning zonaviy nazariyasi fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun vazifalar va metodik ko‘rsatmalar

9

1-mavzu:

Shredingerning to’lqin tenglamasi.

9

2-mavzu:

Statsionar holatlar.

9

3-mavzu:

Operatorlarni vaqt bo’yicha differensiallash.

10

4-mavzu:

Zarrachalarning to’siqdan o’tishi va qaytishi.

10

5-mavzu:

Potentsial o’ra ichidagi harakat.

10

6-mavzu:

Chiziqli garmonik ossillyator.

11

7-mavzu:

Qattiq jismlarda magnitli tartiblashish turlari.

11

8-mavzu:

Tok tashuvchilarning taqsimot funksiyasi.

12

9-mavzu:

Bolsman tenglamasi.

12

10-mavzu:

Relaksatsiya vaqtini aniqlash.

13

11-mavzu:

Sochilishning effektiv kesimi. Sochuvchi markazlar.

13

12-mavzu:

Konuell–Vayskopf formulasini chiqarish.

14

13-mavzu:

Kristalldagi elektronlar uchun kinetik tenglama.

14

14-mavzu:

Yarimo’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligi.

15

15-mavzu:

Atomli kristallda elektronlarning panjaralarg tebranishlarida sochilish.

15

16-mavzu:

Ionli kristallarda o’tkazuvchanlik elektronlarining sochilishi.

15

17-mavzu:

Ionli kristallarda o’tkazuvchanlik elektronlarining relaksatsiya vaqti.

16

18-mavzu:

Oddiy zonali kub simmetriyali kristallarda deformatsiyaviy potensial.

16

19-mavzu:

Elektronlarning sochilish ida o’tish ehtimolliklarini hisoblash.

17

20-mavzu:

Bir necha sochilish mexanizmlarning ishtirokida relaksatsiya vaqtining aniqlash.

17

21-mavzu:

Yarimo’tkazgichlarda tashqi maydon ta’siri.

18

22-mavzu:

Kinetik effektlarning asosiy xossalari.

18

23-mavzu:

Sferik izoenergiyaviy sathli holda o’tkazuvchanlik elektronlarning nomuvozanatdagi taqsimot funksiyasini aniqlash.

19

24-mavzu:

Effektiv massa–skalyar kattalik.

19

25-mavzu:

Oddiy zonali atomli aynimagan yarimo’tkazgichlarda termoelektr hodisalar.

20

26-mavzu:

Pisarenko formulasini keltirib chiqarish.

20

27-mavzu:

Oddiy zonali atomli aynimagan yarimo’tkazgichlarda galvanomagnit hodisalar .

20

28-mavzu:

Yarimo’tkazgichlarda magnitoqarshilik.

21

29-mavzu:

Kuchli magnit maydonida Xoll va magnitoqarshilik effekti.

21

30-mavzu:

Kuchli elektr maydoni ta’sirida kinetik hodisalar.

22

Foydalanish uchun adabiyotlar ro‘yxati

23

Tushuntirish xati
Mustaqil ish - talabalarning o'qituvchining ko'rsatmasi va uslubiy rahbarligi bilan lekin uning bevosita ishtirokisiz auditoriyadan tashqarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan o'quv, o'quv-tadqiqot, ilmiy-tadqiqot ishlari hisoblanadi.
Talabalarning mustaqil ishlarining hajmi davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi. Talabalarning mustaqil ishi har bir talaba uchun majburiy bo'lib, o'quv rejasi bilan belgilanadi.
Talabalarning mustaqil ishlarining maqsadi fan bo'yicha fundamental bilimlarni, ijodiy, tadqiqot faoliyati tajribasini o'zlashtirishdan iborat.
Talabalarning mustaqil ishi mustaqillik, mas'uliyat va tashkilotchilikni, ta'lim va kasbiy darajadagi muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishni rivojlantirishga yordam beradi.
Auditoriyadan tashqari mustaqil ishning vazifalari quyidagilardan iborat:
1) talabalarning olingan amaliy ko'nikmalarini tizimlashtirish va mustahkamlash;
2) amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish;
3) olingan bilimlarni amalda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish;
4) o'rganuvchilarning bilish, ijodiy tashabbus ko‘rsatish, mustaqillik, mas'uliyat va tashkilotchilik qobiliyatlari va faolligini rivojlantirish;
5) mustaqil fikrlash, o'z-o'zini rivojlantirish, o'z-o'zini takomillashtirish va o'zini o'zi anglash qobiliyatlarini shakllantirish;
6) tadqiqot ko'nikmalarini rivojlantirish;
7) yakuniy testlar va imtihonlarga samarali tayyorgarlik ko'rish uchun mustaqil ta'lim jarayonida to'plangan va olingan materiallardan foydalanish.
Metodik tavsiyalar me’yoriy hujjatlarga muvofiq tuzilgan va “Kristallarning zonaviy nazariyasi” fanidan auditoriyadan tashqari mustaqil ishlar uchun mo‘ljallangan. Unda topshiriq va mashqlar mavjud bo'lib, ularning bajarilishi fan bo'yicha tizimli bilimlarni olish, talabalarning savodxonligi va madaniyatini oshirish imkonini beradi.
Talabalarning mustaqil ishi natijalarini baholash mezonlari:
- o'quv materialini talaba tomonidan o'zlashtirilganlik darajasi;
- talabaning nazariy bilimlaridan amaliy topshiriqlarni bajarishda foydalana olishi;
- umumiy ta'lim ko'nikmalarini shakllantirish;
- materialni taqdim etishning asosliligi va ravshanligi;
- ishlarning bajarilishi darajasi.
Fanni o'rganish jarayonida mustaqil ishlash uchun 90 soat ajratilgan. Ko'rsatmalar talabalarga mavzu bo'yicha materialni maqsadli o'rganishga, mustaqil ishlarni bajarishda bilim va ko'nikmalar darajasini aniqlashga yordam beradi.



Yüklə 274,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin