Tasdiqlayman kafedra mudiri: b f. f n. I. Z. Bahromov “ ” “ ” 2022-y



Yüklə 119 Kb.
səhifə1/3
tarix14.02.2023
ölçüsü119 Kb.
#84242
  1   2   3
1-mavzu


TASDIQLAYMAN
Kafedra mudiri:
______ b.f.f.n. I.Z.Bahromov
___” “___” 2022-y

1-mavzu: Tashqi muhit omillarining inson salomatligiga ta`siri, jismoniy rivojlanishni gigiyenik baholash.


Tayanch tushuncha va atamalar: Somatometrik jismoniy rivojlanish, bo’y o’lchagich, qo’l dinamometri, tibiiy tarozi.
Darsning jihozi: darslik, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, mavzu mazmunini yoritadigan plakatlar, chizmalar, kompyuter, proyektor, ekran.
Darsda foydalaniladigan usul, uslub va texnologiyalar: og`zaki, ko`rgazmali, suhbat, munozara, “Aqliy hujum” usuli, “Blits-so`rov” usullari, hamkorlikda o`qitish metodlari.
Reja:
1) Jismoniy rivojlanishga baho berish.
2) Antropometrik o’lchovlar o’tkazish
3) O’quvchilarning maktabdagi shaxsiy tibbiyot varaqalarini tahlil qilish.
Jismoniy rivojlanish deganda biologik rivojlanishning yosh darajasini belgilab beruvchi morfofiziologik belgilar majmuasi tushuniladi. Jismoniy rivojlanish o’sib kelayotgan organism sog’lig’ining muhim
ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Jismoniy rivojlanish 2 xil tushunchaga ega.
Birinchi- tushuncha organizmning yetilishi, shakllanish jarayonlarini va uning biologik yoshga mosligi xarakterlanadi.Ikkinchi - tushuncha esa har qaysi vaqt oralig’ida morfofunksional holati xarakterlanadi.
Jismoniy rivojlanish organizm o’sishi va etilishi jarayonlarini xarakterlovchi,uning morfologik va funksional xossalarini yig’indisi hisoblanadi Jismoniy rivojlanish xarakteristikasi uchun plastic jarayonlarni butunligicha aks
ettiruvchi, o’sayotgan organizmda yuz beruvchi asosiy antropometrik belgilar xosdir. Jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlari jinsga bog’liq ravishda farq qilinadi.
Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi to’grisidagi ma`lumotlar ularning sog’lig’ini ko’rsatuvchi muhim belgilardan bo’lib, uning ko’rsatkichlari ko’pgina omillarga jumladan iqtisodiy, tashqi muhit, irsiyat, ovqatlanish va boshqalarga bog’liq. Somatometrik belgilardan – bo’y, tana vazni va ko’krak
qafasi aylanasi aniqlanadi. Tana uzunligi organizmdagi plastik jarayonlar holatini xarakterlovchi mikdor kursatkichi bo’lib hisoblanadi. Ko’krak qafasi aylanasi esa ko’krak kafasining sigimi, ko’krak va elka mushaklarining rivojlanganligini xamda ko’krak bo’shlig’i a`zolarining funksional holatini
xarakterlaydi. Bo’y o’lchagich organizmning plastik jarayonini ifodalovchi ko’rsatkichdir. Buy uzunligi yog’ochdan yasalgan bo’y o’lchagich yoki metaldan yasalgan antrometr yordamida aniqlanadi. Yog’och bo’y
o’lchagich tik holda platformaga mustahkam o’rnatilgan 2 metrli riyka bo’lib, uni butun uzunligi bo’yicha moslama yordamida surish mumkin. Riyka o’rnatilgan platforma o’tirgichi ochiladigan kursi bilan jihozlangan.
Kursichaning balandligi bolalar uchun 25 sm, kattalar uchun 35-40 sm. Buyni o’lchash uchun vertikal holda o’rnatilgan reykaga orqa bilan tik turiladi. Bunda qorin tortilgan, tovonlar birlashtirilgan holda bo’lmog’i lozim.
Buy o’lchagichda to’g’ri tortilgan tovon, qo’yish gumbazi va ko’krak qafasidagi
k’okraklar orasiga vertikal turgan reyka tegib turishi kerak.
Boshni shunday tutish kerakki, bunda burunning uch qismi bilan quloqning ustki qismi bosh suyagida gorizontal holatida bo’lishi kerak. Ikki yoshgacha bo’lgan bolalarning bo’yi gorizontal holatda maxsus bo’y o’lchagichlarda o’lchanadi. Bu o’lchagich uzunligi 100-120 sm li taxtadan yasalgan bo’lib, ikkita planshetkadan iborat, bulardan biri, shaxtaga nisbatan vertikal ikkinchisi suriladigan qilib o’rnatilgan.
Bola orqasi bilan yotganda- oyoqlari to’g’irlanadi, tovoni to’g’ri burchak hosil qilguncha buklanadi, boshi o’lchagichning tana qismiga tegib turishi kerak. Yog’och bo’y o’lchagichda buy uzunligini o’tirgan tik turgan holda o’lchash mumkin.

Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin