Tasdiqlayman” Maktab direktori



Yüklə 3,58 Mb.
səhifə14/38
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#165699
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
4-sinf Sinf soati

MMIBDO`: ___________________
Sinf rahbar: ___________________
Mavzu: Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya
I.Kirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga Konvensiya haqida tushuncha berish.O`z huquqlarini farqlay olish,bir-birlarini hurmat qilishga o`rgatish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Mavzuga oid ko`rgazma
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism:
-O`quvchilarni darsga hozirlash
II.Asosiy qism:
“Bola huquqlari to`g`risida”gi Konvensiyasi BMT tomonidan1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan.1990 yil yuridik kuchga kirdi. O`zbekiston Resbublikasi BHKni 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya (moslashtirish) qilingan.BHKda 2 qism,54 moddadan iborat bo`lib,1-41 moddalar bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.42-54 moddalar esa bola majburiyatlari bayon etilgan.
BHKsi to`rt ta tamoyil
1.Yashash huquqi.
2.Rivojlanish huquqi.
3.Himoyalanish huquqi.
4.Ishtirok etish huquqi

13,23,28,29-moddalar ta`lim olishga oid moddalar hisoblanadi.
Yurtimizda bolalarga har tomonlama g`amxo`rlik,onalik va bolalikni muhofaza qilish,sog`lom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta`minlash masalalari davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan.
Bolalarga g`amxo`rlik, ularning huquqlari va qonuniy man`faatlari himoyasi bilan nafaqat davlat tuzilmalari, balki ko`plab nodavlat notijorat tashkilotlar ham shug`ullanayotganini ta`kidlash o`rinli,deb hisoblaymiz.”Kamolot”yoshlar ijtimoiy harakati,Bolalar jamg`armasi,”Sog`lom avlod uchun”hukumatga qarashli bo`lmagan xalqaro xayriya jamg`armasi,”Sen yolg`iz emassan”respublika bolalar jamg`armasi, Respublika bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazi kabi jamoat tuzilmalari shular jumlasidandir.
III.Yakuniy qism:
a)Mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.
b)”Charxpalak”metodi bo`yicha “Hamma hammaga o`rgatadi.”mashqi o`tkaziladi.
O`quvchilar guruhlarga bo`linib,har bir guruhga BHK dan topshiriqli kartochkalar beriladi.Ular o`z fikrlarini yozadilar.Ma`lum vaqtdan so`ng, guruhlar ketma-ket tarzda qog`oz almashadilar.Shu tarzda oz fursat ichida bir nechta topshiriqlarni bajaradilar.
O`quvchilar fikrlari xulosalanib,faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.


Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin