Tasdiqlayman” Maktab direktori



Yüklə 3,58 Mb.
səhifə12/38
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#165699
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
4-sinf Sinf soati

MMIBDO`: ___________________
Sinf rahbar: ___________________
Mavzu: Oltin kuz ne’matlari.
I.Kirish..
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilarga fasillar haqida tushuncha berish. Kuz nematlari haqidagi ma’lumotlarini yanada boyitish
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: mavzuga oid rasm,DVD
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism:
O`quvchilarni darsga hozirlash
II.Asosiy qism:
O’qituvchi:
Kuz faslida Respublikamizda poliz ekinlari, shirin-shakar mevalar, qovun-tarvuzlar pishadi. Paxta ochiladi. Dehqonlar, bog’bonlar yetishtirgan hosillarini yig’ib-terib oladilar.Kuz fasli Sentabr, Oktabr, Noyabr oylaridan iborat.Paxta o’zbek xalqining asosiy boyliklaridan biri.U juda ko’p mehnat talab qiladigan ekin. Paxtani uvol qilmay yig’ib- terib olish zarur. Paxta hosili yomg’ir va qorda qolsa, uning sifati pasayadi.Kuz mamlakatimizda ayni pishiqchilik fasli. Bog’larda uzum, olma, nok, behi, anor va boshqa mevalar g’arq pishadi.Dalalarda poliz ekinlaridan qovun, tarvuz, qovoq; sabzavot ekinlaridan kartoshka, sabzi, piyoz, sholg’om, karam yetilib pishadi. Bularning hammasi kuzning noz-ne’matlaridir. Ular qish kelguncha yig’ib olinmasa, sovuq urib nobud bo’ladi.Mevalar qishga saqlab qo’yilishi uchun avval daraxtlardan bittalab terib olinadi. So’ngra saralanib, yashiklarga ehtiyotkorlik bilan joylanadi va salqin omborxonalarga taxlab qo’yiladi.Ko’pgina sabzavot ekinlari yerdan kovlab olinib, tozalanadi. Ular maxsus omborxonalarda saqlanadi.Kartoshka, sabzi, turp, sholg’omni o’ralarda ham saqlash mumkin. Ekinlar yig’ib olingach, yer shudgorlanadi.
O’qituvchi:- Bolalar ko’rib turibsizki, bugun hamma xursand, chunki dehqonlar ham bog’bonlar ham hosillarini rejadan ortig’i bilan yig’ib terib olishgan. Kelinglar bolalar bog’bon boboni chaqiraylikda uning dil so’zlariga quloq tutamiz.
Bog’bon bobo :
- Gulgun chehra donolarim hosil bayramingiz muborak bo’lsin.
Men bog’imdan sizlar uchun shirin- shakar mevalardan olib keldim, keling mevalarimizning so’zlariga quloq tutaylik.



O`tilgan mavzu xulosalanib,o`quvchilar rag`batlantiriladi



Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin