Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid rasm,DVD
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism: O`quvchilarni darsga hozirlash
II.Asosiy qism: O’qituvchi har bir bola uydan chiqqach nimalarga e’tibor berishi kerakligi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi:
uydan chiqqanda har bir bola qayerga borishi va u zarur bo`lganda kim bilan bog`lanish mumkinligi to`g`risida doimo ma`lumot berishlari lozim; tasodifiy tanishuvlar, notanish shaxslar takliflariga rozi bo`lmaslik; mehmondorchilik, kino, teatrdan uyga ketish oldidan qo`ng`iroq qilish va bu haqda ogohlantirish; notanish kishilar bilan pod`ezd, yo`lak va liftlarga kirmaslik: Xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, har bir bola, murakkab holatlarda eng to`g`ri qarorni qabul qilishi va jinoyatchi bilan yuzlashishdan saqlanishi mumkin. Bolalarga oddiy qoidalar: begonalar bilan gaplashmang va ularni uyga kiritmang; begonalar bilan lift va yo`lakka kirmang; begonalar mashinasiga o`tirmang; maktabdan so`ng, ayniqsa tungi vaqtda ko`chada yurmang. eshikni ochishdan oldin eshik ortida begonalar bor yo`qligini tekshirish; eshikni ochib, xonadondan chiqishda kalit bilan eshikni berkitish; uydan chiqqan vaqtda shubhali shaxslarni ko`rgan taqdirda darhol ortga qaytish lozim «YO`Q» deyishni o`rganing: Sizga nomunosib harakatlarni sodir qilish taklif qilinsa; Sizga qandaydir ta`qiqlangan narsani ta`tib ko`rishni taklif qilishsa; Sizga hech kimga aytmasdan qayergadir borishni taklif qilishsa; Sizni notanish insonlar mehmonga, kino, sirk va boshqa joyga borishni taklif qilishsa; Sizga notanish kishilar mashinaga o`tirib yo`lni ko`rsatishni so`rashsa..