Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash
8 daqiqa
3
Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
Yangi mavzuni tushuntirish
14 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzuni mustahkamlash
15 daqiqa
5
Dars yakuni va baholash
G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish
3 daqiqa
6
Uyga vazifa
O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi
2 daqiqa
I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi. 1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish: 1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi: O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
“Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzu bo’yicha qisqacha ma’lumot berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:
III. Yangi mavzu:
Jadidchilik harakati namoyandalari va ularning faoliyati Jadidchilik harakati namoyandalari va ularning faoliyati faoliyati XX asr boshlariga kelib Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlarida o‘nlab jadid usulidagi maktablar ochildi.
Jadidlar maktablarda yoshlarni bilimli va ma’rifatli qilib tar-biyalab, ular orqali Turkistonda mustaqil davlat barpo etish uchun milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surganlar. XX asr boshiga kelib Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o‘lka ma’naviy-ma’rifiy soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan namoyandalari vujudga keldi. Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Said Ahmad Siddiqiy-Ajziy, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Buxoroda Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Farg‘ona vodiysida Hamza Hakimzoda Niyoziy, Obidjon Mahmudov, Abdulhamid Cho‘lpon, Is’hoqxon Ibrat, Xivada Bobooxun Salimov, Polvonniyoz hoji Yusupov va boshqalar edi. Turkiston jadidlarini birlashtirishda «O‘rta Osiyo jadidlarining otasi» deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) ning xizmati katta bo‘ldi.
U 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoro madrasalarida tahsil olib, imom-xatib, qozi, keyin muftiy darajasiga ko‘tarildi.