Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor I. E kenjayev 2023-yil


IV.1. MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL ISHLAR



Yüklə 295 Kb.
səhifə11/12
tarix06.09.2023
ölçüsü295 Kb.
#141744
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
PP 2-kurs Kreativ pedagogika

IV.1. MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL ISHLAR

2-semestr

Shakli

Soat

1

Kreativ pedagogika fanining umumiy asoslari

Adabiyotlar
(manbalar) ustida ishlash

12

2

Kreativ pedagogika fanining metod,metodologiyasi

Adabiyotlar(manbalar) ustida ishlash

12

3

Pedagogik kreativlik va uning o’ziga xos xususiyatlari

O’quv loyihasi

12

4

Kreativlik qobiliyatlarini shakllantirishda jahon tajribalari

Keys (muammoli vaziyatlar) taxlili

12

5

Kreativlik qobiliyatlarini shakllantirishda jahon tajribalari(Ken Robinson, Gardner, Emebayl, P.Torrens qarashlari)

Glossariy (atamalar izohi)

12

6

Ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion muhitni yaratish muammolari

Esse

12

7

Talabalarning kreativlik sifatlari. Talabalarning kreativlik sifatlarini rivojlantirishning mohiyati.

Portfolio yaratish

12

8

Talabalarning kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yo’llari, shakllari va shartlari.

Ijodiy topshiriqlar

14

9

Talabalarda kreativlik sifatlari va ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi metod, vosita va texnologiyalari.

Videorolik yaratish

14

10

O’quv didaktik va metodik ta’minot:tuzilishi va tarkibiy qismlari

Tezis va maqolalar yozish

14




Jami




126




3-semestr







11

Didaktik ta’minotni yaratishga kreativ yondashish.

Mini tadqiqotlar o’tkazish

6

12

Nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun materiallarni to’plash va ularni saralashda kreativ yondashuvning ahamiyati

Glossariy (atamalar izohi)

6

13

O’quv axborot (ma’lumot)larini samarali izlash,o’quv jarayonini samarali boshqarish,pedagogik nizolarni hal etishga kreativ yondashuv

Glossariy (atamalar izohi)

6

14

Talabalarni kreativ fikrlashga o’rgatishda media ta’limdan foydalanishning usullari va shart-sharoitlari

Pedagogik-psixologik tavsifnoma yozish

6

15

Talabalarning mustaqil ta’limi va ijodiy izlanishlarini tashkil etish texnologiyalari

Ijodiy loyiha

6

16

Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishda vitagen tajribalardan foydalanish

Ijodiy loyiha

6

17

Mustaqil fikrlash madaniyati haqida qarashlar.

Tezis va maqolalar yozish

6

18

Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy kompetentligini shakllantirish

Tezis va maqolalar yozish

6

19

E. P.Torrensning “Tugallanmagan rasmlar” testi

Ijodiy topshiriq

6

20

Devid L’yuisning bolalarda kreativlikni rivojlantirishga oid ko’rsatmalari

Tayanch konspekt yozish

6

21

«Men tanlagan kasb» mavzusida ijodiy insho yozish.

Ijodiy loyiha

6

22

Pedagogik-psixologik,izohli lug‘atlar bilan ishlash

Glossariy (atamalar izohi)

6

23

«Muallim – qalb me’mori» (Malla Ochilov) kitobini o‘qish, asosiy fikrlarni o’rganish va taxlil qilish

Esse

6

24

0‘z-o‘zini tarbiyalash yoki o‘z ustida ishlash shaxsiy dasturini tuzish.

Kreativ dasturini tuzish

6

25

Tanlangan mavzu asosida jamoaviy ijodiy ishning rejasi, senariysini tuzish

ijodiy ishning rejasi, senariysini tuzish

6

26

«Nutq madaniyati asoslari» (Qudratov T.) kitobini o‘qib o‘rganish.

Esse,tezis

6

27

Sharq va G’arb mutafakkirlari, chet el va Yevropa, O‘zbekistonlik pedagog olimlarning kreativ pedagogik qarashlarini o’rganish,taxlil qilish

Esse

6

28

Talabalarda mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish.

Infografika tuzish

8

29

Kreativlik sifatlarini aniqlovchi maxsus testlar va topshiriqlar yaratish

Test tuzish

8

30

O’quv fani bo’yicha keyslar,boshqotirmalar tayyorlash

ijodiy loyiha, boshqotirmalar tuzish

8




Jami




126




Jami 2-3 semestr




252

-



V. FAN O‘QITILISHINING NATIJALARI (SHAKLLANADIGAN KOMPETENTSIYALAR)
Fanni o‘zlashtirishi natijasida talaba:

  • Kreativ pedagogika fanining fanlar tizimida tutgan o‘rni, obyekti va predmeti, shakllanishi, rivojlanishi, zamonaviy tuzilishi haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;

  • Kreativ pedagogika fanining qonunlar, asosiy tushunchalar, jarayonlarning xususiyatlarini bilish va ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • Talaba Kreativ pedagogika fanining tahlil qilish usullarini qo‘llash, muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.

  • Talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantiruvchi metod, vosita va texnologiyalar bilan tanishtirish orqali ularda o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonini, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini samarali tashkil etishga nisbatan kreativ yondashish malakalarni rivojlantirish.

  • “Kreativ pedagogika” fani talabaning an’anaviy
    pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini
    samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish,
    shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan
    qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

VI. TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA METODLARI

  • ma’ruzalar;

  • interfaol keys-stadilar;

  • seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);

  • guruhlarda ishlash;

  • individual loyihalar

  • jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar

VIII. KREDITLARNI OLISH UCHUN TALABLAR
Fanga ajratilgan kreditlar talabalarga har bir semestr bo’yicha nazorat turlaridan ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda taqdim etiladi.
Fan bo’yicha talabalar bilimini baholashda oraliq (ON), joriy (JN) va yakuniy (YaN) nazorat turlari qo’llaniladi. Nazorat turlari bo’yicha baholash: 5 – “a’lo”, 4 – “yaxshi”, 3 – “qoniqarli”, 2 – “qoniqarsiz” baho mezonlarida amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat har semestrda bir marta yozma ish yoki test shaklida o’tkaziladi.
Talabalar semestrlar davomida fanga ajratilgan amaliy va seminar mashg’ulotlarda muntazam, har bir mavzu bo’yicha baholanib boriladi va o’rtachalanadi. Bunda talabaning amaliy va seminar mashg’ulot hamda mustaqil ta’lim topshiriqlarini o’z vaqtida, to’laqonli bajarganligi, mashg’ulotlardagi faolligi inobatga olinadi.
Shuningdek, amaliy va seminar mashg’ulot va mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha olgan baholari oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda inobatga olinadi. Bunda har bir oraliq nazorat turi davrida olingan baholar o’rtachasi oraliq nazorat turidan olingan baho bilan qayta o’rtachalanadi.
O’tkazilgan oraliq nazoratlardan olingan baho oraliq nazorat natijasi sifatida qaydnomaga rasmiylashtiriladi.
Yakuniy nazorat turi semestrlar yakunida tasdiqlangan grafik bo’yicha yozma ish yoki test shaklida o’tkaziladi.
Oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlarida:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega bo‘lsa – 5 (a’lo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;
Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;
Talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas, deb topilganda – 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.



Yüklə 295 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin