“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev


-MAVZU: PSIXOLOG FAOLIYATINI KO’RINISHI VA SOHALARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109
5-MAVZU: PSIXOLOG FAOLIYATINI KO’RINISHI VA SOHALARI 
Reja: 
1.
Psixologning faoliyat ko’rinishlari. Ta’lim tizimida psixologik faoliyat.
2.
Tibbiyot sohasida psixologik yordam. Ijtimoiy munosabatlar sohasida 
psixolog faoliyati xususiyatlari.
3.
Mehnat psixologiyasi va tashkiliy psixologiya. Iqtisod va biznes sohasida 
psixologiya.
4.
Kadrlarni tanlash va boshqarish psixologiyasi. Huquqiy sohasida psixologik 
faoliyat.
5.
Psixokorrreksiya va psixoterapiya.
 
1. Psixologning faoliyat ko’rinishlari. Ta’lim tizimida psixologik faoliyat. 
Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi, shuningdek, psixikaning moddiy, 
neyrofiziologik asosga ega ekanligi haqidagi sifatiy o’ziga xoslikni saqlagan holda 
psixofiziologik birlik tamoyilidan kelib chiqadi. Lekin olamning psixikada aks etishi 
faqat miyada sodir bo’ladigan hodisalar chegarasidan chiqadi. Odam psixikasi tashqi 
o’zaro aloqalar, inson faoliyatining xususiyati, uning turmush tarzidan vosita sifatida 


78 
foydalanadi. Psixikaning faoliyati – bu miyaning harakatsizligi mahsuli bo’lmasdan, 
aksincha, uning olam bilan ijtimoiy-madaniy asosda faol o’zaro ta’sirlashuvining 
mahsuli.
Odam psixikasi hayotiy faoliyatning biologik shaklidan ijtimoiy-tarxiy 
shakliga o’tishi bilan o’zgaradi, ong ko’rinishiga ega bo’lib, insoniyatning ijtimoiy-
tarixiy tajribasidan foydalana boshlaydi. Psixikaning o’zini-o’zi boshqarish 
xususiyatining asosiy vositasi bo’lib inson tomonidan ijtimoiy ishlab chiqarilgan 
belgili tizim – nutq xizmat qiladi. Inson ongi, uning psixikasi biologik emas, balki, 
tarixiy, ijtimoiy sabab asosida yuzaga kelgan mahsulotdir.
Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o’zidan emas, balki mustaqil fan 
bo’lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat.
Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog’liq bo’lgan asosiy va amaliy, 
umumiy va maxsus sohalari o’rin olgan. Psixologiya fanining asosiy sohalari 
odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-
atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. Fanning 
bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur 
bo’lgan bilimlarni berishlari kerak. Ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. Umumiy 
psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va 
bo’limlarining rivojlanishi uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’langan bolalar psixologiyasi (bola psixik 
rivojlanishining qonuniyatlarini o’rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga 
yo’naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta’lim va 
tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), ta’lim tizimida o’qituvchi o’quvchi 
munosabatlari o’qituvchining psixologik xususiyatlari, ta’limni boshqarish 
jarayonlari va boshqa holatlarni kiritishimiz mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin