“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109
Statistik metodlar 
Psixologlarning matematik metodlarga yondoshuvi va matematiklarning 
psixologik bilimlarga bo’lgan qiziqishlari psixologik muammolarning yechimini 
matematik yo’llar bilan topish ancha yillar oldin ishlatilgan. Bir necha marotaba 
psixologiyani normal eksperimental fan sifatida talqin qilish holati bo’lgan. 
Psixologiyani ishlab chiqqan olimlar o’zlarida fizika o’xshash o’lchovlarni bo’lishi 
xohlashgan. 1882 yilda I.F.Gerbart Londondagi qirollik akademiyasida «Psixologiya 
fanida matematik metodlarni qo’llashning zarurati» mavzusida ma’ruza bilan chiqdi. 
Bu ma’ruzada umumiy metodologik holatlardan tashqari, matematik metodlarni 
psixologiyadagi zarurati haqida ham so’z yuritilgan, muallif tomonidan Men 
konsepsiyasining matematik modellari tavsiya qilingan. Gerbartning shogirdi 


75 
M.F.Drobish 1850 yilda «Matematik psixologiyaning o’rganish asoslari» nomli 
kitobini nashr qildirdi. 
Birinchi matematik psixologiyalar psixofizika sohasida ishlatilgan (G.Fexner, 
V.Vundt, F.Galton) bu materiallarda o’lchovlar orasidagi qo’zg’aluvchilar o’rtasidagi 
farqlar (obyektiv stimullar), o’zgaruvchan reaksiyalarning farqlarini o’rgangan 
(subyektiv sezgilar), psiometrikada ham matematik statistika qo’llanilgan (F.Galton, 
K.Pirson, Ch.Spirmen, L.Terstoun), bunda psixodiagnostik ko’rsatkichlarni tahlil 
usuli orqali o’rganilgan, testlarni faktorli tahlil orqali tuzishni o’rganishgan. 
Psixologiyada birinchi tadqiqotchi sifatida F.Galtonni sanab o’tishimiz mumkin 
(1914). U birinchi bo’lib biologiya va psixologiyada statistik tahlilni ishlatgan. 
Psixologiyaga test va savolnomalarni tahlilini kiritgan (test so’zini ham), 
tadqiqotning egizak usulini yaratgan. U tomonidan sensor reaksiyalarni o’lchash 
asbobi yaratilgan. 1888 yilda Galton tomonidan London akademiyasida 
«Korrelyasiya va uni o’lchash, antrometrik ko’rsatkichning avzalliklari» mavzusida 
ma’ruza qildi.
Galtonning g’oyasini uning shogirdi K.Pirson davom ettirdi u o’zgaruvchanlik 
o’rtasidagi o’zaro aloqalarni formula yordamida ko’rsatib berdi (korrelyasiya 
koeffisiyenti)
14
. Pirsonning diqqat e’tibori diskret va to’xtamaydigan muammolar 
tahliliga qaratildi, bular psixologlar uchun dolzarb muammolardan biri hisoblanilgan. 
Pirson o’zining g’oyalari va yutuqlarini «Evolyusiya nazariyasiga matematik ta’sir» 
nomli kitobida keltirib o’tgan. G. Fexner tomonidan psixofizika qonuni 
psixologiyaning hamma sohalarida qo’llanila boshlandi. XIX asrning oxirida 
V.Vundt sezgilarning uch o’lchamli modeli ustida ish olib bordi.
Ma’lumotlar olishning tajriba metodlari kuzatish va o’zini kuzatish 
(introspektsiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik 
tashhislash metodlari (testlar, anketalar, so’rovnomalar, sotsiometriya, suhbat, 
intervyu), faoliyat mahsuli tahlili (xrono-metriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va 
bajarilgan ishlarni baholash va boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o’z 
14
Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 4


76 
ichiga oladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat 
(materialni guruhlarga ajratish, tahlil) metodlari kiradi. Izohlash metodlariga turli 
xildagi irsiy (materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar 
va boshqalarni ajratib ko’rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha 
xususiyatlarining tuzilishlari o’rtasidagi aloqani o’rnatish) metodlar kiradi.
Yendi esa psixologik tadqiqotning asosiy metodlarini birmuncha to’liqroq 
holatda ko’rib chiqamiz.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin