“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109
Qayd etish eksperimenti 
deb, vazifasi ma’lumotlarni oddiy ravishda qayd etish 
va ta’riflash, ya’ni, jarayonga tadqiqotchi tomonidan faol aralashuvsiz haqiqatda ro’y 
beradigan voqyelarni qayd etishdan iborat bo’lgan eksperimentga aytiladi. Qayd etish 
eksperimentsi tabiiy eksperimentdan vazifalarning real holati oddiy qayd etilishi va 
olingan natijalar o’zaro eksperimentgacha va eksperimentdan so’ng solishtirilmasligi 
bilan farq qiladi. Masalan, bolalarda xotiraning rivojlanish darajasini aniqlash. 
Sinaluvchilarga materialni eslab qolish va namoyish qilishga doir vazifalar qatori 
taklif etiladi. Ularni bajarish natijalariga ko’ra, xotiraning rivojlanganlik darajasi 
aniqlanadi. 
Assotsiativ eksperiment 
– K.G. Yung, M. Vertgeymer va D. Klyayn 
tomonidan bir vaqtda taklif etilgan va shaxs motivatsiyasini tadqiq etishga 
mo’ljallangan loyihalash metodi. Bu metodda sinaluvchiga rag’bat so’zlar to’plamiga 
javoban miyaga kelgan so’zlarni iloji boricha tez aytish taklif etiladi. Bunda yuzaga 
kelgan tasavvurlar rag’bat-so’z va sinaluvchining javobi o’rtasidagi bir xil 
tasavvurlarning turi, qaytarilishi, vaqtiga ko’ra qayd etiladi.
S.L. Rubinshteyn eksperimentning to’rt xil o’ziga xos xususiyatiga ta’rif 
bergan edi. Birinchidan, eksperimentda kuzatuvchi vaziyatga faol aralasha 
olmaydigan kuzatishdan farqli ravishda tadqiqotchining o’zi o’rganayotgan hodisani 
yuzaga keltiradi. Ikkinchidan, tadqiqotchi o’rganilayotgan jarayonning kechishi va 
ifodalanishi sharoitlarini o’zgartirishi mumkin. Uchinchidan, eksperimentda 
o’rganilayotgan jarayonni aniqlash uchun qonuniyatli aloqalarni o’rnatish maqsadida, 
alohida sharoitlarni o’zgarishli tarzda istisno qilish imkoni mavjud. Va, nihoyat, 


72 
to’rtinchidan, tadqiqotchi olingan ma’lumotlarning matematik qayta ishlanishini 
qo’llagan holda sharoitlarning miqdoriy nisbatlarini ham o’zgartirishi mumkin.
Eksperiment metodining muhim afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi 
sustkashlikka yo’l qo’ymay, uni qiziqtiruvchi psixik hodisaning yuzaga kelishini 
kutib o’tirmasligi lozim. Eksperimentda tadqiqotchi sharoitlarni o’zi yaratganligi 
uchun bu sharoitlarni, hamda, ularning sinaluvchiga ko’rsatadigan ta’sirini ham 
to’laligicha hisobga olish imkoniyati tug’iladi. Sharoitlarning tadqiqotchi tomonidan 
yaratilishi ularni bir necha marta takrorlash imkonini beradi. Bunday takrorlash, bir 
tomondan, olingan natijalarning obyektiv tasdiqlanishi bo’lib xizmat qilsa, ikkinchi 
tomondan, ma’lumotlar to’planishi va ularni miqdoriy baholash imkoniyatlarini ochib 
beradi
12


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin