“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev


Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar moxiyati quyidagilarda uz



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109
Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar moxiyati quyidagilarda uz 
ifodasini topadi: 
1. Ta’lim - tarbiya tizimida kasbga yo’llash faoliyatining (tadbir va 
choralarining) 
mazmuni 
va 
metodikalari 
majmuasi 
mukammal 
ravishda 
mujassamlashganligi. 
Maktab (qaysi tipidan kat’i nazar) ma’muriyati, sinf raxbarlari, amaliy 
psixolog va fan o’qituvchilarining ish rejasida mazkur masala joy olganligi. 
Shuningdek, bu muammoga taallukli ishlar, tadbirlar ishchil amalga oshirilib turilishi, 
ularning ta’sirchanligiga e’tiborning ortishi tufayli o’quvchi yoshlar orasida bu 
soxada tasavvur ko’lamining kengayishi. Rasmiyatchilikdan chekinib, umumiy va 
zaruriy masala sifatida kabul qilinishi uning kiymatini kutaradi.
2. O’quvchilarni kasb tanlashga urgatishda o’qituvchilar jamoasi faoliyati 
xamkorligi va samaradorligi. 
Aloxida olingan fan o’qituvchilari va turdosh fanlarning namoyondalari 
jamlanmasa xamkorlik ish rejasida kasbga yo’llash masalasining izchil ravishda 
quyilishi, xar mavzu buyicha muloxaza almashishda, qaysi fan bo’lishidan kat’i nazar 
ixtisosga oid bilimlarga e’tibor berilishi kasbiy tasavvo’rni vujudga keltiradi. Kasb - 
hunar bilim olishga ishtiyog unga nisbatan qiziqishi uygotadi, mustaqil bilim olishga 
ishtiyeg paydo bo’ladi va odat maromiga aylana boradi. Maxsus tadbirlar utkazilishi, 
kasb nufuzi bilan tanishtirilishi kasbiy motival va motivasiyalarni takomillashtiradi 
moyillik tuyg’usini uygotadi. 


111 
3. Sinf raxbarining ota-onalar bilan xamkorligi ongli kasb tanlash negizi 
ekanligi. 
Sinf raxbari ota-onalar bilan individual va guruhiy xamkorlikni amalga 
oshirishda quyidagilarga e’tibor kilsa, yuqori ko’rsatkichga erishishi mumkin: o’quv 
fanining kasb tanlash bilan boglikligi, kasbning nufuzi, kasb tanlashning psixologik 
asoslari, kasbga nisbatan qiziqish, xavas, qobiliyat, iste’dod kasbga yo’llashning 
asosiy maqsadi va vazifalari, professiogramma (professiografiya) moxiyati, kadrlarga 
va mutaxassislarga nisbatan extiyej darajalari, kasbning ijtimoiy axamiyati, 
layoqatning umumiy va xususiy ko’rinishlari, o’quvchilar individual xususiyatlari, 
kasb tanlashning ilmiy manbalari, maktab psixologining bu soxadagi funksiyasi va 
boshqalar.
4. Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroqi.
Yoshlar tashkiloti faoliyatida kasb tanlash masalasining ustuvorligi, 
o’quvchilarning turli fondlarga jalb qilinishi, iste’dodlarning saralanishi, mukofotga 
tortilishi, moddiy va ma’naviy takdirlanishi kabilar.
5. Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb 
tanlashning aloxida ajratib ko’rsatilishi. 
6. Maktablarda ishlab chikarish kombinatlarning ommaviy va keng ko’lamda 
yo’lga quyilishi. 
7. Maxsus muassasalar faoliyati.
8. Kasbga oid kurgazmalar, sayoxatlar uyushtirilishi. 
9. Ijodkor, nufuzli, maxoratli kishilar bilan uchrashuvlar utkazilishi.
10. Kasb tanlashda maxalliy matbuot, radio va televideniye ishtiroqi.
Kasbga yo’llash umumdavlat axamiyatiga ega muammo xisoblanib, uni 
bosqichma-bosqich amalga oshirish " Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi " da 
aloxida urin egallaydi. Yuqorida kasb tanlashga yo’llash omillari faoliyatini 
xamkorlikka aylantirish yuksak samaralar sari yetaklaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin