“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109
VIII. Shaxs sifatlari: 
- o’quvchilarda mexr - muxabbatlik, okibatlilik, 
- mehnatsevarlik, 
- amaliy psixologik akl - zakovatlilik (ustuvorlik), 
- xarakterning qat’iyligi, 
- umumiy faollik, 
- mustaqil bilim olishga intiluvchanlik, 
- kamtarlik, 
- yumor xissiga egalik, 
- quyinchaklik, 
- tirishkoklik. 
IX. Ijodiy xislatlar: 
- uz murabbiylik va kasbiy maxoratini takomillashtirishga intiluvchanlik, 
- xar bir o’quvchida amaliy ko’nikmalarni shakllantirish dasturini yaratish va 
amalga oshirishga qobiliyatlilik,
- empatiya tuyg’usi egallaganlik, 
- inversiyaga qobillik, ya’ni tarbiyalanuvchi shaxsiga oid oldingi omillarga 
yangicha yondoshishlik, 
- o’quvchilarga murabbiylik ta’sirini utkazish natijalarini oldindan paykashlik, 
- innovasiyaga (yangilikka), diagnostika (tashxis), prognoz (bashorat) qilishga 
ishtiyoklilik.
4. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar 


109 
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy axamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida 
jismoniy individual (yakkaxol) shaxs turadi. Xolbuki shunday ekan, xar bir kasb 
tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun 
kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini amalga 
oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy extiyeji, 
motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini xisobga olish darkor. Aks xolda umumiy 
xususiyatli yo’llanma, ko’rsatma ijobiy natijada olib kelmaydi, chunki individuallik 
o’ziga xos talablarni takozo etadi. Xatto oddiy kasb maorifi xam turlicha 
yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni kondirmasdan turib tub maqsadga erishib 
bulmaydi.
Kasb maorifi - o’quvchilarni kasbning moxiyati bilan, xar bir kasbning shaxs 
oldiga qo’yadigan talablari bilan tanishtirishdan iborat ta’sirchan axborotlar 
majmuasidir. Ma’lumotlarning anikligi tulikligi, xususiy va ijtimoiy axamiyati 
ifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi. Kasb maorifi insonning 
yoshi, jinsi, saviyasiga kura xilma-xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa verbal va 
noverbal, kuzatuv va tanishuv, kurgazmali va grafik, uchrashuv kabi ko’rinishlarga 
ega. 
Kasbiy maslahat - kasbga yo’llashning inson ongiga chukurroq singdirish 
uchun, shaxsning ishtiyoki va qobiliyatlariga xos kasb - hunar (ixtisos) tanlashi uchun 
muxim obyektiv va subyektiv shart - sharoit yaratish jarayonidir. Kasb egallovchi 
(tanlovchi) extiyeji, o’qituvchi (murabbiy)ning kasbiy mas’uliyatidan kelib chiqqan 
xolda ilmiy - amaliy xususiyatli yo’llanmalar berish jarayonidir. Maslahat uzining 
maqsadga yunalganligi, izchilligi, obyektivligi, axborotlar bilan tuyinganligi bilan 
boshqa asosiy kismlardan keskin ajralib turadi. 
Kasbiy saralash - muayyan kasbni muvaffakiyatli ravishda egallab, uz oldiga 
kuygan fukarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni 
ajrata olishdan iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko’nikmalar, 
malakalarga asoslangan xolda tekshirish mezonlariga suyanib, omilkorlik bilan 
okilona saralash utkaziladi. 


110 
Saralash jarayoni utkazilgandan kasbiy moslashish davri boshlanadi. Odatda 
kasbiy moslashish deganda, yosh kasb egalarining va mutaxassislarning kasbiy 
faoliyatga, uning shart-sharoitlariga, talablariga muvaffakiyatli ravishda moslashish 
(bir necha bosqichlardan iborat) jarayoni tushuniladi. Kasb moxiyatiga kirishish, 
bilimlar, ko’nikmalar, malakalar bilan tanishish, ularni egallash uchun okilona usullar 
tanlash, ulardan amaliyotda unumli foydalanish, shart-sharoitlarga odatlanish, 
maxorat kirralarini uzlashtirish kabi muxim kismlar moslashish tarkiblarini tashkil 
qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin