“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev


Shaxsning xulk-atvor xususiyatlari uni faoliyatiga undovchi asosiy omil



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109
Shaxsning xulk-atvor xususiyatlari uni faoliyatiga undovchi asosiy omil 
xisoblanadi.
Psixologiya fani shaxsning fel’l-atvori xususiyatlarini turt guruhga ajratib 
urganadi:
1) jamoa va aloxida shaxsga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi 
fazilatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, faxrlanish va boshqalar;
2) mehnatga nisbatan munosabatni
bildiruvchi xususiyatlar: mehnatsevarlik, 
yalkovlik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik va xokazo; 
3) narsalarga nisbatan munosabatni anglatuvchi sifatlar: ozodalik, sarishtalik, 
avaylash va shu kabilar; 
4) o’z - o’ziga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: izzat nafslilik, 
kerilmachoqlik, dimogdorlik, kamtarinlik va xokazo. 
Xulk-atvor xususiyatlarining shakllanishida o’qish va mehnat faoliyatlari 
yetakchi rol uynaydi, chunki o’qish va mehnat jarayonida qo’llaniladigan individual 
usullar xulk-atvor ta’sir etib, uning ayrim xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Ko’pgina 
xususiyatlar uzgaga taglid qilish natijasida xam paydo bo’ladi. Xulk-atvorga janjalli 
(nizoli) vaziyatlar xam ta’sir ko’rsatadi. Inson umrining oxirigacha uz xatti-
xarakatlarini boshqarib, xulk-atvorini uzi barqarorlashtirgan bulsa, kasb - hunar 
tanlashga shunchalik oqilona va qat’iyatlik bilan yondoshiladi.
Talabalar va o’quvchilar qobiliyati, layoqati ta’lim jarayonida va mehnat 
faoliyatida tobora rivojlanadi. Qobiliyat taraqqiyetining yuksak bosqichiga talant, 
iste’dod deyiladi. Iste’dod murakkab ishni (faoliyatni) muvaffakiyatli, mustaqil va 
moxirona bajarishga (amalga oshirishga) imkon beradigan qobiliyatlar tizimidir 
(biologik shartlangan xislatlardan bittasidir).
O’spirinlarning qanchalik iste’dodli ekanligini aniklash uchun ushbu 
xususiyatlarga e’tibor berish lozim: 1) shaxsning ziyrakligi, jiddiy sinovga shayligi, 
tayyorligi; 2) shaxsning mehnatga moyilligi, unga extiyej sezishi; 3) mantikiy fikr 
yuritishi tezligi, izchilligi, samaradorligi, tashabbuskorligi va boshqalar.


102 
Shaxsiy xususiyat va qobiliyatlar tugma bulmaydi (tabiiy alomatlari, moyilligi 
mavjuddir), balki ijtimoiy, shaxsiy hayot va faoliyat jarayonida muayyan omillar, 
manbalar ta’siri ostida tarkib topadi. Lekin layoqatlilik qobiliyatining tabiiy zamini 
ekanligi shubxasizdir. U qobiliyat taraqqiyetining dastlabki tabiiy sharti sifatida 
namoyen bo’ladi. Bunda miya tuzilishi, sezgi a’zolari va xarakatlarning morfologik 
xamda funksional xususiyatlari layokatga nisbat beriladi.
Yoshlarni kasbga yo’llashda ularning xis-tuyg’ulari va irodalarini xisobga 
olishning xam axamiyati kiymatli, chunki talabalarning (o’quvchilarning) xis-
tuyg’usi, kayfiyati, stress va affektiv xolatlari urganilmasa va e’tiborga olinmasa, 
kuzlangan, "Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi"dagi ulugvor maqsadga erishib 
bulmaydi. Buning uchun iste’dodli yoshlarni tanlash, ularni individual o’qitish, zarur 
shart - sharoitlar yaratish, reyting va modul tizimlari asosida ularga sabok berish 
ta’lim davlat standartlari talabiga javob beradigan, komil insonlikka intiluvchi 
shaxslarni kamol topshirish kafolatidir.
Shunday qilib, kasbga yo’llash jarayonida shaxsning individual - tipologik 
xususiyatlari va xis-tuyg’ularini, layoqat, iste’dod xislatlarini xisobga olish, 
shuningdek, yoshlarni fan asoslari va psixologik bilimlar bilan kurollantirish ularning 
kasb-hunar, 
ixtisoslik, 
mutaxassislik 
oldiga 
quyiladigan 
psixografik, 
professiogrammaviy talablarga moslashishiga imkon beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin