99
2. Temperament va uning kasb tanlashga yo’llashdagi o’rni.
Shaxsning xulk-atvori, temperamenti, saloxiyati va boshqa xislatlari kasb
tanlashda aloxida kasb etadi. Temperament shaxsning ruxiy xususiyatlaridan biri
bulib, aloxida olingan inson shaxsida ruxiy jarayon va faoliyatning vujudga kelishi,
utishi, kechishi va dinamikasini belgilab beradi. Lekin psixik faoliyat dinamikasi
temperamentga emas, balki shaxsiy sabablarga va shaxsning ruxiy xolatiga
boglikdir,. Xuddi shu boisdan inson, temperamentdan qat’i nazar, mas’uliyat xissini
sezga, uz kasbiga qiziqsa, chakkonlik namoish etib, gayrat bilan ishlaydi, kasbini
yektirmasa, aksincha, sustkashlik qiladi.
Temperament inson psixik faoliyatining xususiyati bulib, fiziologik asosini
nerv sistemasining tiplari, oliy nerv faoliyati qonuniyatlari tashkil etadi.
Temperament turtta asosiy tipga ajratiladi: sangvinik (xushchakchak), flegmatik
(bushang, ogir), melanxolik (gamgin), xolerik (qiziqkon).
Temperament shaxsning bama’niligini; dunyoqarashi, nuktai nazari, e’tiqodi,
qiziqishlari va xokazolarini ko’rsatuvchi belgi emas.
Hozirgi davrda temperament tiplarining psixologik ta’rifi senzitivlik,
reaktivlik, aktivlik, ta’sirlanish tezligi, labillik, dinamiklik, reaktivlik bilan aktivlik
munosabatlarning muvozanati, xarakatning ravonligi, rigidlik (qotib qolganlik),
ekstrovertirovonlik va intravertirovonlik kabi xususiyatlarga asoslanib tuziladi.
Psixologiya fanida temperamentning 30 dan ortiq (ba’zan 40 dan ko’proq) tipi tan
olingan. Amaliyotda esa asosan ekstravert tiplari ko’proq qo’llanadi.
Shaxsni kasbga yo’llash jarayonida temperamentning psixologik ta’rifi
berilishi shart.
Dostları ilə paylaş: