“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109
psixologik maslahat 
tashkil etadi.
Hozirgi zamon psixologiyasi fanlar qatorining bir tomondan, falsafiy fanlar 
bilan, ikkinchi tomondan, tabiiy va uchinchi tomondan ijtimoiy fanlar bilan tutashgan 
joyidan o’rin olgan. Chunki psixologiyaning diqqat markazida doimo inson turadi, 
yuqorida sanab o’tilgan fanlar ham insonni boshqa nuqtai nazarlardan o’rganadilar. 
Ma’lumki, falsafa va uning tarkibiy qismi bo’lgan bilish nazariyasi psixikaning atrof 
17
Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 10 


83 
olamga munosabati masalasini o’rganadilar va psixikani olamning aks tasviri sifatida 
izohlaydilar. Psixologiya esa psixikaning odam faoliyatida va uning rivojlanishida 
tutgan o’rnini namoyon qiladi. Akademik A. Kedrov tomonidan tuzilgan fanlar 
tasnifiga ko’ra, psixologiya boshqa barcha fanlar mahsuli sifatidagina emas, balki, bu 
fanlar shakllanishi va rivojlanishini tushuntirib berishi mumkin bo’lgan manba 
sifatida markaziy o’rinni egallaydi. Psixologiya bu fanlar to’plagan ma’lumotlarni 
jamlab, o’z navbatida, ularga ta’sir o’tkazgan holda inson bilishining umumiy 
ko’rinishiga aylanadi. Psixologiyaga ison hulq-atvori va aqliy faoliyatining ilmiy 
tadqiqoti, shuningdek, orttirilgan bilimlarning amaliy qo’llanmasi sifatida qarash 
lozim. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasining o’zgacha ko’rinishi bilan 
M.V. Gamezo, I.A. Domashenkolarning «Psixologiya atlasi» (M., 1986) o’quv 
qo’llanmasida tanishish mumkin
Inson tabiat va jamiyatning jonli qismi bo’lib hisoblangani uchun psixologiya 
ko’pchilik: ijtimoiy, biologik, texnikaviy – insonga u yoki bu darajada tegishli 
bo’lgan fanlar bilan uzviy aloqada bo’ladi. Xuddi shunday, hozirgi zamon odamining 
psixikasi va hulq-atvori, uning boshlang’ich biologik asosi, tuzilishi va organizm 
faoliyati qonunlarini chuqur o’rganmay turib, ijtimoiy fanlar, xususan, tarixga tegishli 
bilimlarsiz ularni tushunib yetish osonlikcha ko’chmaydi.
Inson uchun tarixni tahlil qilish uning hozirgi zamondagi holati, shuningdek, 
psixologiyasi va hulq-atvorini tushunishda manba bo’lib hisoblanadi. Garchi inson 
alohida biologik organizm sifatida boshqa tirik mavjudotlar orasidan 1,7 mln. yil 
ilgari ajralib chiqqan bo’lsada, jamiyatdagi harakatlar va o’zgarishlarning subyekti 
sifatida taxminan 50 ming yildan buyon yashab kelmoqda. Lekin bu vaqt ichida u 
o’zi tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat dunyosi evaziga yuksak 
psixik jarayonlar, shaxsiy xususiyatlar va ahloqiy holatlarga ega Insonga aylandi.
Barcha psixologik sifatlarga ega zamonaviy insonning qanday paydo 
bo’lganini tushunish uchun insoniyat tarixiga, birinchi navbatda, moddiy va ma’naviy 
madaniyatning rivojlanish tarixiga murojaat qilish kerak.
Jamiyat tarixini bilmasdan turib, hozirgi zamon dunyosida odamlar 
munosabatlari psixologiyasini ham tushunish qiyin. Bu munosabatlar ham asrlar 


84 
davomida o’rnatilib kelingan. Insoniyat madaniyati yutuqlari avloddan avlodga 
berilib, ularni o’zlashtirish jarayonida zamonaviy odamlarning shaxslar va bilish, 
shuningdek, olamni ijodiy o’zgartirish subyektlari sifatidagi psixologiyasini 
shakllantiradilar.
Psixologiya va tarixning ittifoqi tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Bu fanlarning 
tashqi aloqasi har biri o’zining xususiy muammosini hal etishi uchun bir-birining 
ma’lumotlaridan foydalanish maqsadida boshqasiga murojaat qilishida o’rin 
egallaydi. Xuddi shunday, tarixchi u yoki bu davrda yashagan odamlarning 
psixologik xususiyatlari, qarashlari, madaniyati, odatlari, an’analari va shunga 
o’xshashlar bilan qiziqib qolishi mumkin. Psixolog ham o’z navbatida, 
muammolarini hal etish uchun odamlar psixologiyasiga tarixiy voqyelik sifatida 
nazar tashlagan holda tarixga murojaat qilishi mumkin.
Psixologiya va tarix o’rtasidagi yanada chuqur ittifoq ma’lum soha vakilida 
xususiy vazifani hal etish uchun boshqa fandan olingan metod yoki usullardan 
foydalanish zaruriyati tug’ilganida yuzaga keladi. Masalan, tarixchi psixologik 
metodlarga murojaat qilib, u yoki bu davlat arbobining shaxsini yoki omma 
psixologiyasini ahamiyatga molik tarixiy hodisa (tarixda shaxs tutgan o’rin 
muammosi)ni tushutirib berish uchun o’rganishi mumkin. Psixolog ham o’z 
navbatida, avval yashab o’tgan odamlar avlodlarining psixologiyasi va hulq-atvorini 
chuqurroq tushunish uchun tarixiy tahlil metodidan foydalanishi mumkin. Umumiy 
ilmiy nazariyani yaratishda tarix va psixologiyaning yanada chuqur aloqasiga tegishli 
misollarni keltirish mumkin. Ulardan biri L.S. Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan 
inson yuqori psixik funktsiyalarining madaniy-tarixiy rivojlanishi nazariyasi 
hisoblanadi.
Yana bir shunga o’xshash barchaga ma’lum misollardan biri psixologiyada 
tarixiy metodning qo’llanilishidir. Uning mohiyati biror psixologik hodisaning 
tabiati, kelib chiqishi va qonunlarini tushunish uchun uning filo- va ontogenetik 
taraqqiyotini yuksak darajada rivojlangan shakllarining tahlili bilan cheklanmagan 
holda oddiy va murakkab shakllarini ham tekshirib chiqishdan iborat. Masalan, 
odamning nutqiy ongini tushunish uchun ong va nutqning manbalarini, ularning 


85 
alohida mavjudligi, birlashishi va hamkorlikdagi rivojlanishi bosqichlarini aniqlash 
zarur bosqichlarini.
Psixologik sifatlar va ijtimoiy harakatlarga ega bo’lgan zamonaviy odamning 
insoniyat tarixiy rivojlanishi mahsuli ekanligi psixologiya va tarixning yaqinlashuvi 
asosida muhim ma’no kasb etadi. Psixologiyaning tarix bilan bo’lgan aloqasidan 
ko’ra, uning falsafa bilan aloqasi yanada uzviydir. Bu fanlar bir vaqtning o’zida 
yuzaga keldi va rivojlandi, bunda psixologiya bir necha asrlar davomida falsafaning 
bir qismi sifatida namoyon bo’ldi.
Psixologlarda falsafaga murojaat qilish zaruriyati o’zlari duch kelgan 
muammolarning murakkabligi va noodatiyligidan kelib chiqdi. Psixologiyaning 
ko’pchilik masalalarini tajriba tahlili va tabiiy-ilmiy metodlar yordamida hal etishga 
qiyinchilik bilan erishiladi. Ko’p hollarda ular falsafiy-idrok orqali ko’rish bilan hal 
etiladi.
Hayotning shaxsiy mazmuni va maqsadi, dunyoqarash, siyosiy ishtiyoq va 
ahloqiy qadriyatlar kabi zamonaviy inson psixologiyasining ko’pchilik muammolari 
ijtimoiy psixologiya uchun ham, falsafa uchun ham umumiy muammolar bo’lib 
hisoblanadi. Psixologiyaning o’zida shu vaqtgacha laboratoriya-tajriba usuli bilan hal 
etib bo’lmaydigan, lekin hal etilishi zarur bo’lgan masalalar ko’pchilikni tashkil 
etadi.
Bunday muamolar bilan to’qnashganda psixologlar falsafaga murojaat qilib, 
o’zlari mustaqil holda xulosa chiqarishga yoki faylasuflar taklif etgan xulosalardan 
foydalanishga majbur bo’ladilar. Xuddi shunday, an’anaviy falsafiy-psixologik 
muammolar qatoriga inson ongining mohiyati va kelib chiqishi, inson tafakkurining 
yuqori shakllarining tabiati, jamiyatning shaxsga va shaxsning jamiyatga ta’siri 
(dunyoqarash nuqtai nazaridan), psixologiyaning metodologik muammolarini kiritish 
mumkin.
Yaqin yillardan beri fanda faylasuflarning ishtirokisiz psixologlarning mustaqil 
o’zlari hal eta olmaydigan mas’uliyatlilik, vijdon, hayot mazmuni, ma’naviyat kabi 
insonning murakkab falsafiy-psixologik muammolari ko’proq muhokama etila 
boshladi. Faylasuflarning o’zlari ham bu muammolarni psixologlar bilan hamkorlik 


86 
qilmasdan, psixologiya fanida yetarli darajada o’rganilgan tirik shaxsni hisobga 
olmasdan turib, chuqur tushunib yetishlari mumkin emas. Yana shunday muammolar 
mavjudki, ularni hal etishda psixologlar va faylasuflarning hamkorligi samaradorliroq 
bo’lib, sezilarli darajada aniq natijalar berdi. Bu, avvalo, epistemologiya – atrof-
olamning inson tomonidan o’rganilishi haqidagi va bunday bilish metodlarini 
umumiy ko’rinishini belgilovchi fan muammolaridir. Mashhur shveytsariyalik 
psixolog Jan Piaje tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro epistemologik markaz 
(Shveysariya, Jeneva sh.)da olib borilgan ko’p yillik tadqiqotlar inson intellekti 
tabiati va bolalarda uning rivojlanishi haqida ko’plab ma’lumotlar olishga imkon 
yaratdi. Bu markazda ushbu muammo ustida faylasuflar, mantiqshunoslar va 
psixologlar samarali ish olib bormoqdalar.
Sosiologiya va psixologiya jamiyat va shaxs, ijtimoiy guruhlar va guruhlararo 
munosabatlar bilan bog’liq muammolarni ishlab chiqishda ko’pchilik umumiy 
qiziqishlarga ega bo’ladilar. Sotsiologiya ijtimoiy psixologiyadan shaxs va 
insonlararo munosabatlarni o’rganish metodlarini o’zlashtiradi. O’z navbatida, 
psixologlar birlamchi ilmiy ma’lumotlarni to’plashning an’anaviy ijtimoiy usullari: 
anketa to’ldirish va so’rovnomadan keng foydalanadilar.
Asosan sotsiologlar tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy ta’lim berish 
kontseptsiyasi ijtimoiy va yosh psixologiyasida ham qabul qilingan. Bunga qarama-
qarshi psixologlar tomonidan taklif etilgan shaxs va kichik guruhlar nazariyalari 
ijtimoiy tadqiqotlarda o’z aksini topmoqda.
Sosiologlar va psixologlar birgalikda ish olib borishi muhim bo’lgan va bu ikki 
fan vakillarining ishtirokisiz hal etilmaydigan ko’pgina muammolar mavjud. Bu 
muammolar qatoriga odamlar o’rtasidagi munosabatlar, milliy psixologiya, iqtisodiy, 
huquqiy, davlatlararo munosabatlar psixologiyasi va boshqalar kiradi. Shuningdek, 
bu qatorga ijtimoiylashtirish va ijtimoiy ko’rsatmalar, ularni shakllantirish va tubdan 
o’zgartirish muammolarini ham kiritish mumkin.
Ijtimoiylashtirish mexanizmlari, ya’ni, insonning madaniyat bilan qo’shilib, 
boshqa odamlar tomonidan to’plangan tajribadan bahramand bo’lish usullari alohida 
e’tiborga loyiq. O’zida zarur tajribani jamlagan insonni ijtimoiylashtirishning asosiy 


87 
manbalari sifatida ijtimoiy uyushmalar (partiyalar, sinflar va boshqalar), oila, maktab, 
ta’lim tizimi, adabiyot va san’at, matbuot, radio, teledasturlar katta ahamiyatga ega.
Ijtimoiylashtirishning qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi zamonaviy 
tasavvurlar asosidagi ijtimoiy ta’lim nazariyasiga ko’ra, insonning hulq-atvori uning 
turli ijtimoiy vaziyatlarda turli odamlar bilan muloqoti, o’zaro ta’sirlashuvi va 
hamkorlikdagi faoliyati, shuningdek, boshqa odamlarni kuzatish, ularga taqlid qilish, 
hayotiy misollarda ta’lim va tarbiya topish natijasi bo’lib hisoblanadi.
Xususiy bo’lsada, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin