“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109
 
 
 


79 
2. Tibbiyot sohasida psixologik yordam. Ijtimoiy munosabatlar sohasida 
psixolog faoliyati xususiyatlari. 
Shu bilan birga, ma’lum maxsus yoki nazariy faoliyatning u yoki bu turi bilan 
mashg’ul odamlar hulq-atvori va psixologiyasini tadqiq etuvchi fanning maxsus yoki 
amaliy sohalari ham ajratiladi. Psixologiya fanida ilmiy tadqiqotlarning 
integrasiyalashuvi va differensiasiyalash jarayonlari ro’y beradi. Xususan, 
psixologiyaning jadal rivojlanishi uning differentsiatsiyasiga – psixologiya fanlari 
qator sohalarining, shu jumladan, psixologiyani boshqa fanlar bilan bog’lovchi 
fanlararo sohalarning yuzaga kelishiga olib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab, psixik jarayonlarning asosi bo’lgan fiziologiya mexanizmlarini o’rganuvchi 
psixofiziologiya shakllandi. XVIII-XIX asrlarda boshlangan hayvonlar psixik 
faolligini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar ekologiya, otologiya va boshqa fanlar bilan 
uzviy bog’langan zoopsixologiyani yuzaga keltirdi. Psixologiyaning alohida sohasi 
bo’lib psixogigiyena, psixoterapiya va tibbiyot deontologiyasi masalalarini, patop-
sixologiya (qabul qilish, xotira, tafakkur va boshqalar kabi psixik jarayonlarning 
izdan 
chiqish 
qonuniyatlarini 
tadqiq 
etuvchi), 
neyropsixologiya 
(psixik 
jarayonlarning bosh miya ma’lum tuzilmalari bilan aloqasini o’rganuvchi) va 
psixokorreksiyani o’rganuvchi tibbiyot psixologiyasi hisoblanadi.
Psixologiyaning ko’plab sohalari quyidagi mezonlar bo’yicha ajratiladi:
- aniq faoliyat (mehnat psixologiyasi, tibbiyot, pedagogik psixologiya, san’at, 
sport psixologiyasi va shu kabilar)
16
;
yosh psixologiyasi (o’rganish predmeti – psixikaning yosh xususiyatlari), 
mehnat psixologiyasi (issleduyet mehnat jarayonida psixik faoliyat va shaxsni tadqiq 
etib, kasb tanlash, mehnat jamoalarini tashkil etish va boshqalar bo’yicha tavsiyalar 
ishlab chiqadi), boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalash va ularni 
takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan muhandislik psixologiyasi 
(«inson – qurilma» tizimida inson faoliyatini o’rganuvchi mehnat psixologiyasining 
bo’limi); koinot psix-ologiyasi (koinotga parvoz sharoitida psixik faoliyatning 
16
Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 10 


80 
xususiyatlarini o’rganadi), ijtimoiy psixologiya (jamoada inson faoliyati va 
shaxslararo munosabatlarning shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etadi), qiyosiy 
psixologiya (o’rganish predmeti – odam va hayvon psixikasi kelib chiqishi va 
rivojlanishidagi umumiylik va tafovutlar) kabi mustaqil bo’limlarga shakllandilar. 
Psixologiyaning ko’plab sohalari quyidagi mezonlar bo’yicha ajratiladi:
- aniq faoliyat (mehnat psixologiyasi, tibbiyot, pedagogik psixologiya, san’at, 
sport psixologiyasi va shu kabilar);
- rivojlanish (hayvonlar psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, rivojlanish psix-
ologiyasi, bolalar psixologiyasi va shu kabilar);
- ijtimoiy umumiylik (ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, guruh, sinf 
psixologiyasi, etnopsixologiya va h.k.).
Sohalar bo’yicha faoliyat maqsadiga ko’ra tafovut muhim ahamiyat kasb etadi 
(yangi bilimlarga ega bo’lish va ularni qo’llash): asosiy va amaliy fanlar; tadqiq etish 
predmetiga ko’ra – rivojlanish psixologiyasi, ijod, shaxs psixologiyasi va h.k. 
Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi asosida yuzaga kelgan fanlar sifatida 
psixofiziologiya, neyropsixologiya, matematik psixologiya va boshqalarni keltirish 
mumkin. Psixologiyaning amaliyotning turli sohalari bilan murakkab aloqalarining 
rivojlanishini tashkiliy, muhandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, pedagogik 
psixologiya va shu kabilarda kuzatish mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin