Statistik metodlar
Psixologlarning matematik metodlarga yondoshuvi va matematiklarning
psixologik bilimlarga bo’lgan qiziqishlari psixologik muammolarning yechimini
matematik yo’llar bilan topish ancha yillar oldin ishlatilgan. Bir necha marotaba
psixologiyani normal eksperimental fan sifatida talqin qilish holati bo’lgan.
Psixologiyani ishlab chiqqan olimlar o’zlarida fizika o’xshash o’lchovlarni bo’lishi
xohlashgan. 1882 yilda I.F.Gerbart Londondagi qirollik akademiyasida «Psixologiya
fanida matematik metodlarni qo’llashning zarurati» mavzusida ma’ruza bilan chiqdi.
Bu ma’ruzada umumiy metodologik holatlardan tashqari, matematik metodlarni
psixologiyadagi zarurati haqida ham so’z yuritilgan, muallif tomonidan Men
konsepsiyasining matematik modellari tavsiya qilingan. Gerbartning shogirdi
75
M.F.Drobish 1850 yilda «Matematik psixologiyaning o’rganish asoslari» nomli
kitobini nashr qildirdi.
Birinchi matematik psixologiyalar psixofizika sohasida ishlatilgan (G.Fexner,
V.Vundt, F.Galton) bu materiallarda o’lchovlar orasidagi qo’zg’aluvchilar o’rtasidagi
farqlar (obyektiv stimullar), o’zgaruvchan reaksiyalarning farqlarini o’rgangan
(subyektiv sezgilar), psiometrikada ham matematik statistika qo’llanilgan (F.Galton,
K.Pirson, Ch.Spirmen, L.Terstoun), bunda psixodiagnostik ko’rsatkichlarni tahlil
usuli orqali o’rganilgan, testlarni faktorli tahlil orqali tuzishni o’rganishgan.
Psixologiyada birinchi tadqiqotchi sifatida F.Galtonni sanab o’tishimiz mumkin
(1914). U birinchi bo’lib biologiya va psixologiyada statistik tahlilni ishlatgan.
Psixologiyaga test va savolnomalarni tahlilini kiritgan (test so’zini ham),
tadqiqotning egizak usulini yaratgan. U tomonidan sensor reaksiyalarni o’lchash
asbobi yaratilgan. 1888 yilda Galton tomonidan London akademiyasida
«Korrelyasiya va uni o’lchash, antrometrik ko’rsatkichning avzalliklari» mavzusida
ma’ruza qildi.
Galtonning g’oyasini uning shogirdi K.Pirson davom ettirdi u o’zgaruvchanlik
o’rtasidagi o’zaro aloqalarni formula yordamida ko’rsatib berdi (korrelyasiya
koeffisiyenti)
14
. Pirsonning diqqat e’tibori diskret va to’xtamaydigan muammolar
tahliliga qaratildi, bular psixologlar uchun dolzarb muammolardan biri hisoblanilgan.
Pirson o’zining g’oyalari va yutuqlarini «Evolyusiya nazariyasiga matematik ta’sir»
nomli kitobida keltirib o’tgan. G. Fexner tomonidan psixofizika qonuni
psixologiyaning hamma sohalarida qo’llanila boshlandi. XIX asrning oxirida
V.Vundt sezgilarning uch o’lchamli modeli ustida ish olib bordi.
Ma’lumotlar olishning tajriba metodlari kuzatish va o’zini kuzatish
(introspektsiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik
tashhislash metodlari (testlar, anketalar, so’rovnomalar, sotsiometriya, suhbat,
intervyu), faoliyat mahsuli tahlili (xrono-metriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va
bajarilgan ishlarni baholash va boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o’z
14
Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 4
76
ichiga oladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat
(materialni guruhlarga ajratish, tahlil) metodlari kiradi. Izohlash metodlariga turli
xildagi irsiy (materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar
va boshqalarni ajratib ko’rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha
xususiyatlarining tuzilishlari o’rtasidagi aloqani o’rnatish) metodlar kiradi.
Yendi esa psixologik tadqiqotning asosiy metodlarini birmuncha to’liqroq
holatda ko’rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |