“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev


Laboratoriya eksperimenti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109
Laboratoriya eksperimenti 
sun’iy shroitlarda maxsus asboblarni qo’llagan 
holda ta’sir etuvchi omillarning qat’iy nazorati yordamida amalga oshiriladi. 
Masalan, inson tafakkuri xususiyatlarini o’rganish. Sinaluvchiga ajratilgan vaqt 
ichida yechishi lozim bo’lgan aqliy vazifalar qatori taklif etiladi. Har bir vazifani 
bajarish ma’lum ballar miqdori bilan baholanadi, ballar yig’indisi esa aqliy 
rivojlanish darajasining ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi.
Tabiiy eksperiment 
– sinaluvchiga sezilarsiz tarzda uning faoliyati yoki 
muloqotiga kiritilgan psixologik eksperiment, u tabiiy sharoitlarda tadqiqotchining 
aralashuvisiz o’tkaziladi. Tabiiy eksperimentni hayotning o’zi qo’yadi, 
eksperimentviy vaziyat esa tadqiqotchining faol ishtirokisiz yuzaga keladi. Masalan, 
odam to’satdan kasal bo’lib qoldi, bunda kasallik uning psixikasi va hulq-atvoriga 
nisbatan biror-bir ta’sirga ega bo’lishi ma’lum. Qanday qilib? Bu savolga 
eksperimentdan javob topish mumkin, eksperiment davomida bemor psixolog 
tomonidan kuzatiladi va u bemorning kasalikkacha va kasallikdan so’nggi holatlarini 
qiyoslaydi.
Shakllantiruvchi (ta’limiy) eksperiment 
– psixik jarayon, shaxs holati yoki 
sifatini tadqiq etish va shakllantirish metodi. Masalan, bolalarda ma’lum sinf 
masalalarini yecha olish qobiliyatini shakllantirish. Sinaluvchilar tegishli masalalar 
bilan tanishtirilib, ularni yechish tartibi tushuntiriladi. So’ngra ularga zarur malaka va 
ko’nikmalarni orttirishga ko’mak beriladi. Eksperiment yakunida olingan natijalar 
baholanadi.


71 
Dala eksperimenti 
o’z xususiyati bilan laboratoriyadagi bilan o’xshashdir, 
faqat u insonning real hayotidagi voqyelikda o’tkazilishi bilan farq qiladi. Masalan, 
oliy o’quv yurtida ta’limning yangi dasturini kiritish bo’yicha eksperiment olib 
boriladi, buning ustiga, dastur o’quv jarayoniga real tartibda kiritiladi. 
Tadqiqotchilarni eksperiment natijasida talabalar bilimining yaxshilanashi yoki 
ularning avvalgidek saqlanib qolishi qiziqtiradi. Buning uchun ular eksperimentgacha 
va eksperimentdan so’ng talabalar bilimini tekshiruvdan o’tkazadilar va 
eksperimentning samaradorligi yuzasidan xulosa yasaydilar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin