“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev


Psixodiagnostik metodlar. Proyektiv metodikalar tavsifi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109
Psixodiagnostik metodlar. Proyektiv metodikalar tavsifi 
Shu bilan birga, tajriba metodining salbiy tomoni uni qo’llashdagi maxsus 
yaratilgan sharoitlar o’rganilayotgan psixik holatning tabiiy kechishini izdan 
chiqarishi mumkinligidan iborat (tajriba sharoitlari hayajon, qo’rquv, o’zining ijobiy 
tomonlarini ko’rsatishga intilishni keltirib chiqarishi mumkin), bu esa o’z navbatida 
olingan ma’lumotlarning buzib ko’rsatilishiga olib keladi.
Keyingi yillarda 
psixologik tashhislash metodlari, test sinovlari 
keng 
ko’lamda olib borilmoqda.
Psixologiyaning obyektiv metodlariga, shuningdek, psixologik tashhislash, 
aniq shaxs, odamlar guruhi, u yoki bu psixik vazifaning holatlari, xususiyatlarini 
baholash yoki aniqlash maqsadida qo’llaniladigan test sinovlari ham kiradi.
Test 
deb, bir xil shaklda tuzilgan, qisqa, vaqt bo’yicha chegaralangan, miqdoriy 
kattalik bilan ifodalangan individual tafovutlarni o’rnatish uchun mo’ljallangan 
psixologik tashhislash sinoviga aytiladi. Testlar yordamida odamlarni o’zaro bir-biri 
bilan solishtirgan holda o’rganish, ular psixologiyasi va hulq-atvoriga baho berish 
mumkin. Test sinaluvchining o’zini tutishini belgilovchi qat’iy qoida bo’yicha 
sinaluvchilar bajarishi zarur bo’lgan vazifalar to’rlamidan iborat. Testlarning 
12
Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 6


73 
bajarilishi javoblarning to’g’riligi mezoni bo’yicha baholanadi. To’g’ri bajarilgan 
vazifalar uchun ballar belgilab qo’yilgan. Testning rag’bat materiali barcha 
sinaluvchilar tomonidan bir xilda qabul qilinishi kerak
13
.
Testlarga berilgan javoblarni ishlab chiqishning ma’nosi shundan iboratki, 
olingan ma’lumotlar kalit yordamida baholashning ma’lum ko’rsatkichlari, masalan, 
shaxsning xususiyatlari bilan solishtiriladi. Aniqlashning so’nggi natijalari test 
ko’rsatkichlarida o’z ifodasini topadi. Ularning tashhislashdagi ahamiyati, odatda, 
ko’p sonli sinaluvchilarda statistik hisoblash yo’li bilan olingan ko’rsatkichlar bilan 
qiyoslash orqali aniqlanadi.
Testlar bir necha mezonlarga ko’ra tasniflanadi. Maqsadga ko’ra, tanlash, 
ajratish, tasniflash teslariga bo’linadi. Mazmuniga ko’ra,: a) umumiy qobiliyatlar 
uchun (intellektual va kreativ); b) maxsus qobiliyatlar: shaxs testlari, yutuqlarga 
erishish testlari, mezonli-yo’naltirilgan testlarga ajratiladi. Shakliga ko’ra testlar 
individual va guruhli bo’lib, quyidagi turlarga bo’linadi:
- verbal va noverbal (taqdim etilgan vazifalarning shakliga ko’ra);
- blankli testlar («qalam va qog’ozli») – sinaluvchiga taqdim etilish shakliga 
ko’ra;
- asbobli testlar (maxsus asboblar yordamida);
- kompyuter testlari.
Texnika usullari nuqtai nazaridan testlar to’rt turga bo’linadi: 1) 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin