“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109
Qiyosiy metod 
(«ko’ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub 
odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko’ra taqqoslashdan iborat. 
Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo’lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va 
ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq 
etiladi va olingan ma’lumotlar o’zaro solishtiriladi
15
.
Longityud metodi 
(«uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq 
vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda 
ta’lim olish vaqti davomida ko’plab marta tekshirish.
Qiyosiy va longityud metodlari o’z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa 
vaqt ichida ko’p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi. 
Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy 
rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod bir-birini 
to’ldiradi.
Majmuiy metod 
– tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, 
masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o’rtasidagi aloqalar 
va bog’liqliklarni o’rnatish imkonini beruvchi o’rganish usuli.
Suhbat metodi 
o’rganilayotgan muammoni qo’shimcha ravishda yoritib berish 
uchun yordamchi vosita bo’lib hisoblanadi. 
Suhbat 
– bu nutq muloqoti orqali 
psixologik axborotga to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita yo’l bilan ega bo’lishni ko’zda 
tutuvchi metod. Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari va motivlari, psixik 
holatlari va boshqalar haqida ma’lumot olishning asosiy usuli bo’lib xizmat qiladi.
15
Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 9


77 
Anketa 
– oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun so’rovnoma 
varag’idan iborat verbal kommunikatsiya asosida birlamchi ijtimoiy-psixologik 
axborot olishda qo’llaniladigan metodik vosita.
Sosiometriya 
– o’zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning 
tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik 
tadqiq etish metodi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, metodni samarali qo’llash uning validligi 
(oldindan belgilab qo’yilgani bo’yicha baholash uchun mos kelishi) va 
ishonchliligiga (takroriy va qayta tadqiq etishda bir xil natijalar olish imkonini 
beruvchi) bog’liqdir.
Ishonchlilik va validlik – bular psixologik tashhisning sifati va yuqori 
samaradorligini aniqlash mumkin bo’lgan mezonlar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin