69
haqidagi farazlarning shakllanishi, uchinchi bosqich – o’zgaruvchilarni mustaqil va
mustaqil bo’lmagan turlariga ajratish hisoblanadi. Eksperimentdagi o’zgaruvchilarni
ajratish – obyektni dastlabki nazariy tahlil qilish natijasi. Tadqiqotchining ta’siri
yo’naltirilganlari nazoratdagilar va mustaqil o’zgaruvchilar deb ataladi. Shundan
so’ng eksperimentning metodik qismi boshlanadi. Tadqiqotning maqsadi aniqlanib,
dasturi tayyorlangandan so’ng esa ikki guruh – eksperiment va nazorat guruhlari
tuziladi.
Nizom bo’yicha eksperimentga qo’yiladigan muhim talablardan psixologlar
quyidagilarni sanab o’tadilar: tadqiqot farazlariga ko’ra aniq yo’nalganlik; tadqiqot
obyektini yuqori darajada bilish va to’liq ta’riflash; eksperiment muolajalarini olib
borishni qat’iy nazorat qilish, ularning aniqligini ta’minlash; qayta ishlab chiqish,
takrorlash imkoniyati; ijtimoiy obyektga mos keluvchi metodlar, kuzatish va o’lchash
vositalarining mavjudligi.
Eksperiment tadqiqotlarini olib borishda quyidagilarni bilish lozim.
Dostları ilə paylaş: