“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev


-1965-yillarda psixologiya masalalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109
1950-1965-yillarda psixologiya masalalari. 
Psixik jarayonlarning fiziologik asoslari haqidagi masala 
1950-yillarda psixologiya fanining rivojlanishida I.P. Pavlovning fiziologiya 
sohasida olib borgan ilmiy tekshirishlariga katta ye’tibor berildi. Chunki psixik 
jarayon va xususiyatalarni ilmiy jihatdan o’rganish, uning fiziologik mexanizmini 
o’rganishni taqozo qilar yedi. Bu o’rinda I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati, uning 
xususiyat va qonuniyatlari haqidagi ta’limoti muhim ahamiyatga yega yedi. Lekin bu 
davrda Pavlov ta’limotini ba’zi flziolog va psixologlar mexanistik ta’limot deb 
hisoblar yedilar. Haqiqatdan ham Pavlovning ba’zi shogirdlari va izdoshlari 
mexanistik qarashlarga berilib, psixik hodisalarni fiziologik hodisalardan iborat deb, 
psixologiyani oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga tenglashtirib qo’ydilar. Bunday 
qarashlar izlanishlari olamshumul ahamiyatga yega bo’lgan psixologlar tomonidan 
tanqid qilindi va qoralandi. 


60 
I.P. Pavlov psixik hodisalarning, jarayon va xususiyat laming nerv-fiziologik 
mexanizmi oliy nerv faoliyati bilan bog’liqligini asoslab berdi. 
O’sha vaqtlarda butunittifoq Fanlar Akademiyasi va Tibbiyot (medisina) Fanlar 
Akademiyasi sessiyalarida Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotini 
psixologiyaga tatbiq yetish masalasi ilgari surildi va uni psixologik hodisalarni ilmiy 
jihatdan tushunishdagi ahamiyati yoritib berildi. 
Ayniqsa, 
Pavlovning 
bosh 
miya 
po’stida yangi muvaqqat nerv 
bog’lanishlarining hosil bo’lishi haqidagi ta’limoti, qo’zg’alish va tormozlanish 
qonuniyatlari haqidagi ta’limoti psixologiya uchun juda samarali bo’ldi. Pavlovning 
inson bosh miyasi po’sti faoliyatidagi ikki signal sistemasi haqidagi ta’limoti ham 
qimmatlidir. Bu ta’limot inson ongining tafakkur va nutq singari yuksak shakllarining 
nerv fiziologik mexanizmlarini aniqlash imkoniyatini beradi. I.P. Pavlovning oliy 
nerv faoliyatining tiplari haqidagi ta’Iimoti tempenamentning nerv-fiziologik 
asoslarini, uning muhit va tarbiya ta’siri tufayli o’zgaruvchanligini aniqlash imkoni-
yatini berdi. 
Psixologiyaning metodlari haqidagi masala, xususan o’z-o’zini kuzatish metodi 
haqidagi masala, psixologiyada metodning obektivligini qanday tushunmoq kerakligi 
haqidagi masala juda ham keskin qo’yildi. Metodning obektivligini faqat tashqi 
kuzatish, tashqi yeksperiment debgina tushunmaslik kerak, aksincha bu yana 
bixeviorizm va refleksoiogiyaga olib keladi. 
Ikki Akademiyaning Pavlov fiziologiyasiga bag’ishlangan sessiyasidan keyin 
har xil psixik hodisalarning nerv-fiziologik mexanizmlarini o’rganish bo’yicha 
ko’plab maxsus tadqiqotlar o’tkazildi. Bu ishlar Moskva va Leningrad 
akademiyasining psixologiya institutida, Pedagogika Fanlari akademiyasining 
psixologiya institutida, shuningdek, boshqa shahariardagi oliy o’quv yurtlarining 
ba’zi bir kafedralarida va laboratoriyalarida o’tkazildi. Psixologiyani Pavlovning oliy 
nerv faoliyati haqidagi ta’limoti asosida qayta tashkil qilish V.A. Artemov, T.P. 
Yegorov, A.V. Zaporojes, P.I. Ivanovlarning psixologiyadan o’quv qo’llanmalarida 
ham o’z aksini topgan. Mana shularga binoan o’rta va oliy o’quv yurtlarida 
psixologiyani o’qitish ishlari ham qayta tashkil qilina boshladi. 


61 
1962-yili Fanlar Akademiyasining huzurida oliy nerv faoliyati va 
psixologiyaning falsafiy masalalari bo’yicha Butun Ittifoq kengashi o’tkazildi, Bu 
kengashda I.P. Pavlov ta’limoti psixik jarayonlarning nerv-fiziologik asosi yekanligi 
yana bir marta asosli ravishda tasdiqlandi va uning tadqiqotlari yuksak darajada 
tashkil topgan materiyaning — miyaning mahsuli bo’lgan psixika haqidagi ta’minotni 
tasdiqladi. 
Keyingi yillarda fiziologlar tomonidan inson psixikasidagi ayrim hodisalarni 
tushuntirish uchun katta ahamiyatga yega bo’lgan ishlar qilindi. Masalan, akad. P.K. 
Anoxin 1932-yildayoq boshlagan teskari afferentasiya (teskari bog’lanish) ning 
ahamiyatini aniqladi. 
Reflektor jarayonlar organizmning faqat javob harakati bilangina tugallanib 
qolmas yekan. Organizmning har bir javob harakati miya po’stiga markazga 
intiluvchi teskari (afferent) impuls yuborib turadi, bu impuis javob harakatning 
natijasidan miya po’stiga signal berib turar yekan. Shu refleksning strukturasi yoy 
shaklida yemas, balki halqa shaklida yekan, deb hisoblashga asos beradi. Demak, 
refleksning teskari bog’lanishni amalga oshiradigan yana 4-qismi (orqaga 
qaytaruvchi krani) ham bor yekan. Teskari afferentasiya haqidagi bu ta’limot 
«oldindan aks yettirish» (javob harakatni maqsadga muvofiq qilishni bilish) deb 
atalgan hodisaga bog’langan tekshirishlar o’tkazishga imkoniyat berdi. Anoxinning 
shu tadqiqoti maqsadga muvofiq yo’naltirilgan xatti-harakatiarning fiziologik asosini 
ochib beradi. 
Bir qancha psixik hodisalarni tushuntirish uchun Bernshteynning organizmning 
biologik faolligi masalasi sohasidagi tekshirishlari muhim ahamiyatga yegadir. Bu 
tekshirishlarning ma’lumotlariga qaraganda organizm muhitga moslashmaydi, balki 
shu muhitda paydo bo’lgan to’siqlarni bartaraf qilishga «tirishadi» maqsadga 
yerishmoq uchun kurashadi. 
A.R. Nuriyaning bosh miya po’stida psixik funksiyalarning lokalizasiyalashuvi 
haqidagi ishlari psixik faoliyatning fiziologik asoslarini tekshirishga qo’shilgan 
qimmatli hissadir. 


62 
Shaxs 
va 
ongning 
ba’zi funksiyalari masalalari. Psixologlarining 
tekshirishlarida shaxs va shaxsning yoshga qarab rivojlanishi masalalari katta o’rin 
yegallaydi. 1956-yili (mayiyun) Leningradda shaxs psixologiyasi bo’yicha Butun 
Ittifoq kengashi o’tkazildi. Dokladlarda kishi shaxsini tarbiyalash va shakllantirish 
masalalariga muhim ye’tibor berildi. 
Hozirgi vaqtda shaxs tushunchasini aniqlashga, uning yeng muhim belgilarini: 
ijtimoiyligi, ongliligi, o’z-o’zini anglashni tahlil qilishga bag’ishlangan qimmatbaho 
asarlar oz yemas. Shaxsning yehtiyojlariga xos xususiyatlariga, uning ongli va ijodiy 
faolligiga, yangi jamiyat qurish davrida uning maslak, ideallari, dunyoqarashi va 
ye’tiqodlarining yo’nalishiga katta ye’tibor berilmoqda. 
Shaxsning turli yoshda qanday rivojlanishi, uning individual xususiyatlari, 
xarakteri, qobiliyatlari hamda qiziqishlari masalasi inson psixikasi va ongi 
taraqqiyotiga old umumiy muammoning muhim tarkibiy qismidir. 
Psixologlar ongning individual taraqqiyotini shaxs sifatida o’sayotgan 
odamning barcha tomonlaridagi, barcha psixik jarayonlaridagi sifat jihatdan 
o’zgarishdir, deb qaraydi. Bu o’zgarish — o’sish organizmning rivojlanish 
qonuniyatlari va kishilarning turmush sharoitlari tufayli, ijtimoiy muhit hamda ta’lim-
tarbiya ta’sirida ro’y beradi. Ijtimoiy muhit, ta’lim va tarbiyaning ta’siri har bir 
insonning rivojlanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Biroq shu narsani ta’kidlamoq 
kerakki, bu rivojlanish rivojlanayotgan subekt o’zi hayot jarayonida faol ishtirok 
yetgan taqdirdagina ahamiyatga yega bo’ladi. 
Keyingi yillar mobaynida psixologiya va pedagogikada «Ta’lim va aqliy 
rivojlanish» muammosi, ayniqsa, faollashdi. Bu masalaning hal yetilishi 
maktablardagi ta’lim jarayonida o’tkazilayotgan yeksperimentlarga asoslanmoqda. 
Rivojlanishning o’zini qanday tushunishdan qat’i nazar, tadqiqotchilarning 
hammasi ta’limning hal qiluvchi roli sharoitida ta’lim va tarbiyaning bir-biri bilan 
bog’lanligini ye’tirof yetadilar. 
Psihologlar alohida psixjk funksiyalar va jarayonlani io’rganish sohasida, 
xususan, sezgi, idrok, xotira, tafakkur sohasida ko’p ishlar qildilar. Ye.G. Ananev, 
A.V. Zaporojes, N.A. Leontev va boshqalar olib boradigan sezgi va idrok sohasidagi 


63 
tekshirishlar asosan bu jarayonlarning reseptiv tomonlariga qaratilgan. Tekshirishlar 
shuni ko’rsatdiki, ko’ruv, yeshituv, teri sezgilari, shuningdek, sezgi va idrokning 
boshqa turlari faqat markazga intiluvchi jarayonning, faqat refleks boshlang’ich 
zvenosininggina mahsuli yemas. Ular markazdan qochuvchi jarayonlarni ham, 
subektning faolligini aks yettiradigan qidiruv, sinov reaksiyalarini ham qamrab oladi. 
Bularning barchasi alohida, perseptiv harakatlar bo’lib, ular ichki psixik jarayonlar 
bilan birga, tashqi, birinchi navbatda, ozmi-ko’pmi yorqin ifodalangan harakat 
komponentlarini ham o’ziga qamrab oladi. 
Xotira sohasida xotiraning mahsuldorligi yesda olib qolish faoliyatining 
nimaga qaratilganiga bog’liq yekanligi masalasi keng o’rganilgan. Yaxshi yesda 
qoldirishda qaytadan tiklash (yesga tushirish) va boshqa psixik jarayonlarning roli 
aniqlangan. A. A. Smirnov va P. I. Zinchenkoning asarlarida yesda qoldirish maxsus 
xildagi ichki psixik faoliyat sifatida aniqlangan. Bu faoliyatning strukturasi ochilgan, 
turli yesda olib qolish usullarining xarakteristika, uning tarkibiga kiruvchi bar xil 
mnemonik harakatlarning alohida zvenolarning xarakteristikasi berilgan. Yesda 
qoldirish jarayonida ishtirok yetadigan tafakkur jarayonlariga alohida ye’tibor 
berilgan. 
Keyinchalik psixologiya sohasidagi ilmiy ishlar faollashtirildi. 1956-yildan 
boshlab «Voprosы psixologii» jurnalining chiqa boshlashi buning guvohidir. 
Psixologiya masalalari sohasidagi ko’p materiallar, shuningdek, «Semya i shkola», 
«Doshkolnoye vospitaniye», «Nachalnaya shkola», «Psixologicheskiy jurnal», 
«Voprosы psixologii» jurnallarida va boshqa davriy matbuotda bosilib chiqib turdi. 
Ilmiy ishlarning faollashtirilganligi, shubhasiz, 1957-yiI Psixologlar Jamiyatini 
tuzishga yordam berdi. Shu yillar mobaynida bizning oliy o’quv yurtlarimiz 
psixologiyadan zaruriy o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlandi. 
Bu qobiliyatiarga kiruvchi yesda olib qolish qobiliyatiarida ayrim zvenolarning 
xarakteristikasi berilgan. Yesda olib qolishda qatnashuvchi fikrlash jarayonlariga 
alohida e’tibor berilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin