“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev


yilda Estoniyada psixologik xizmat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109
1975 yilda Estoniyada psixologik xizmat
ashkil yetildi. 
Uning rahbari X.I.Liymes, Yu.L.Serd bo’lib tarbiyasi qiyin o’smirlar uchun ish olib 
bordilar. 


53 
Rossiyada 
I.V.Dubrovina
psixologik xizmatning rivojalanishiga juda katta 
hissa qo’shgan. Ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyani yoqlagan va bir qancha 
psixologik xizmat asarlari muallifidir. 
Har bir davlatning ijtimoiy taraqqiyoti o’sha davlat hududida yashovchi 
fuqarolarning ijodiy o’sishi va axloqiy potensialiga bog’liq bo’ladi. Bu sifatlarni 
shaklanishi odamlarining maktabgacha ta’lim muassalarida tarbiyalanish va 
maktabda o’qish yillariga to’g’ri keladi. Chunki bu yillar inson shaxsi va uning 
individual xususiyatlari bo’lmish temperamenti xarakter qobiliyatlari qiziqishlari va 
hakozolarning shakllanishi uchun yeng qulay davr hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ham 
ilgariroq ham xalq ta’limi tizimiga qarashli maktabgacha ta’lim muassalari, maktab, 
kollej, lesey va h.k.larda ta’lim tarbiya jarayonlarda sezilarli qiyinchilikga duch 
kelinar yedi. Ayniqsa keyingi davrlarda bu muammolarda keskin tus olayotganligi sir 
yemas. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkini psixolog xizmatiga 
muxtojlik bugun yoki kecha paydo bo’lmasdan , ayrim mamlakatlarda allaqachonlar 
hayotga tadbiq yetilib yaxshigina rivojlanmoqda.
Jumladan, bu kasb AQShda o’tgan XX asrning 1960 yillarida paydo bo’lib 
hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy tarmoq hisoblanadi. AQShda 1980 yillarda 
maktab psixologlarining Milliy assosiyasi tuzilgan
yedi. AQShda maktab 
psixologining markaziy vazifalarida biri o’quvchilarning aqliy rivojlnish sifatini test 
savollari orqali baholash hisoblanadi.
AQShda psixologik xizmat uning kelajagi rivojlanish haqidagi ma’lumotlar 
K.R.Reynolds, T.B.Gudkin va boshqalarning 1984 yil Nyu-Yorkda chop etilgan 
kitobida yoritilgan
Maktablarda psixolog xizmatini tashkil qilish haqidagi anchagina tajribalar 
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, yani Chexoslovakiya, Vengriya, Yugoslaviya, 
Polsha, Balgariyada to’plangan.
Bu mamlakatlarning ko’pchligida tuman va viloyatlarida markazlashtirilgan 
pedogogika-psixologiya yoki maslahat markazlari tashkil etilgan bo’lib, ular xalq 
ta’limi muassalariga yordam beradi. Chexoslavakiya va Vengriyada psixologik 


54 
xizmatning asosiy mazmuni sog’lom shaxsni shakllantirish, shaxsni rivojlanishdagi 
ayrim kamchiliklarga o’z vaqtida e’tibor berib, tuzatib borish, kasb tanlash masasalari 
psixodiagnostika, bolani qanday tibdagi maktabga yoki bog’chaga berish kabi 
muammolarni hal qilish, kasbga yo’naltirish, psixoterapiyaning turli formalari 
(logopediya, psixonevrologiya v.h.k.) usullarini qo’llashdan iborat.
Bu mamlakatlarda psixologik konsultasiyalar orqali ota-onalarga amaliy 
yordam ham beriladi, ya’ni boladagi o’qishga qiziqmaslik, maktabdan qo’rqish, 
o’g’irlik yolg’onchilik, bolani uydan yoki maktabdan qochib ketishi bola xulqidagi 
tasodifiy o’zgarishlar, nutqning buzilishi so’zlashda duduqlanish, bolaning ota-onasi 
ustidan shikoyati, doimiy bosh og’rig’i uyqusizlik, sababsiz tez toliqish v.h.k.lar 
sababi ilmiy jihatdan tushuntirib beriladi va ota-onalarda bolalari uchun 
hadiksirashlarini yo’qotishga harakat qilinadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin