53
Rossiyada
I.V.Dubrovina
psixologik xizmatning rivojalanishiga juda katta
hissa qo’shgan. Ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyani yoqlagan va bir qancha
psixologik xizmat asarlari muallifidir.
Har bir davlatning ijtimoiy taraqqiyoti o’sha davlat hududida yashovchi
fuqarolarning ijodiy o’sishi va axloqiy potensialiga bog’liq bo’ladi.
Bu sifatlarni
shaklanishi odamlarining maktabgacha ta’lim muassalarida tarbiyalanish va
maktabda o’qish yillariga to’g’ri keladi. Chunki bu yillar inson shaxsi va uning
individual xususiyatlari bo’lmish temperamenti xarakter qobiliyatlari qiziqishlari va
hakozolarning shakllanishi uchun yeng qulay davr hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda ham
ilgariroq ham xalq ta’limi tizimiga qarashli maktabgacha ta’lim muassalari, maktab,
kollej, lesey va h.k.larda ta’lim tarbiya jarayonlarda sezilarli qiyinchilikga duch
kelinar yedi. Ayniqsa keyingi davrlarda bu muammolarda keskin tus olayotganligi sir
yemas.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkini psixolog xizmatiga
muxtojlik bugun yoki kecha paydo bo’lmasdan , ayrim mamlakatlarda allaqachonlar
hayotga tadbiq yetilib yaxshigina rivojlanmoqda.
Jumladan, bu kasb AQShda o’tgan XX asrning 1960 yillarida paydo bo’lib
hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy tarmoq hisoblanadi. AQShda 1980 yillarda
maktab psixologlarining Milliy assosiyasi tuzilgan
yedi. AQShda maktab
psixologining markaziy vazifalarida biri o’quvchilarning aqliy rivojlnish sifatini test
savollari orqali baholash hisoblanadi.
AQShda psixologik xizmat uning kelajagi rivojlanish haqidagi ma’lumotlar
K.R.Reynolds, T.B.Gudkin va boshqalarning 1984 yil Nyu-Yorkda chop etilgan
kitobida yoritilgan
Maktablarda psixolog xizmatini tashkil qilish haqidagi anchagina tajribalar
Sharqiy
Yevropa mamlakatlarida, yani Chexoslovakiya, Vengriya, Yugoslaviya,
Polsha, Balgariyada to’plangan.
Bu mamlakatlarning ko’pchligida tuman va viloyatlarida
markazlashtirilgan
pedogogika-psixologiya yoki maslahat markazlari tashkil etilgan bo’lib, ular xalq
ta’limi muassalariga yordam beradi. Chexoslavakiya va Vengriyada psixologik
54
xizmatning asosiy mazmuni sog’lom shaxsni shakllantirish,
shaxsni rivojlanishdagi
ayrim kamchiliklarga o’z vaqtida e’tibor berib, tuzatib borish, kasb tanlash masasalari
psixodiagnostika, bolani qanday tibdagi maktabga yoki bog’chaga berish kabi
muammolarni hal qilish, kasbga yo’naltirish, psixoterapiyaning turli formalari
(logopediya, psixonevrologiya v.h.k.) usullarini qo’llashdan iborat.
Bu mamlakatlarda psixologik konsultasiyalar
orqali ota-onalarga amaliy
yordam ham beriladi, ya’ni boladagi o’qishga qiziqmaslik, maktabdan qo’rqish,
o’g’irlik yolg’onchilik, bolani uydan yoki maktabdan qochib ketishi bola xulqidagi
tasodifiy o’zgarishlar, nutqning buzilishi so’zlashda duduqlanish, bolaning ota-onasi
ustidan
shikoyati, doimiy bosh og’rig’i uyqusizlik, sababsiz tez toliqish v.h.k.lar
sababi ilmiy jihatdan tushuntirib beriladi va ota-onalarda bolalari uchun
hadiksirashlarini yo’qotishga harakat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: