Sana: 5-sinf. Tasviriy san’at Mavzu: Milliy idish tovoqlardan tuzilgan mavzuli natyurmort ishlash. Ta’limiy maqsad



Yüklə 97,8 Kb.
səhifə1/2
tarix11.04.2023
ölçüsü97,8 Kb.
#95994
  1   2
5 sinf tasviriy san\'at 06 Milliy idish tovoqlardan tuzilgan mavzuli[1]



Sana: 5-sinf. Tasviriy san’at
Mavzu: Milliy idish - tovoqlardan tuzilgan mavzuli natyurmort ishlash.
Ta’limiy maqsad:
O`quvchilarni amaliy san’at turlari bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad:
O`quvchilarga milliy hunarmandchiligimiz va o`zbek ustalari, milliy buyumlarimiz haqida ma’lumot berish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O’quvchilarning mustaqil firirlash doirasini kengaytirish. Rasm malakasini oshirish. Natyurmort ishlash malakalarini rivojlantirish, yorug soya, kompanovka talablari asosida ishlash mahoratini shakllantirish.
Dars uslubi:
Og`zaki tushuntirish, klaster amaliy mashg`ulot, guruxlarda ishlash.
Dars jixozi:
Namuna (natyurmort kompozitsiyalari), tasviriy san’atda atamalar kitobi, natura (milliy idishlar) milliy hunarmandchiligimiz haqida rasmlar, tarqatma materiallar.
Darsning rejasi:

  1. Tashkiliy qism. 3 daqiqa

  2. O`tilgan mavzuni aniqlash va yangi mavzuni bayon qilish 10 daqiqa

  3. Guruhlarda ishlash (Amaliy ish vaqtida uy ishlarini tekshirib chiqish). 20 daqiqa

  4. Ijodiy ishlar tahlili. 5 daqiqa

  5. YAngi mavzuni mustaxkamlash. 5 daqiqa

  6. Uyga vazifa berish. 2 daqiqa

Darsning borishi:
1. Tashkiliy kism.
Salomlashish, shior aytish.
CHizib kashf etsang el uchun bir zot.
El dilida tiriksan borsan umrbod. (A. Navoiy)
1. Navbatchining yozma axboroti bilan davomatni aniqlash. Nazoratchilar yordamida o`kuv kurollarini tekshirish va o`quvchilarni darsga tayyorligini aniqlash.
2. Avvalgi mavzuni aniqlash va mustaxkamlash, uy ishlarini nazorat qilish. O`tilgan darsda berilgan uy ishlarini parta oralab tekshirib, eng yaxshi bajarilgan ishlarni, namuna qilib kursatish, baxolash, chizishga kiynalgan o`kqvchilarga kursatmalar berish.
3. YAngi mavzuni bayon qilish. Milliy idish-tovoqlardan tuzilgan natyurmort ishlash. Natyurmort janri xakida kiskacha ma’lumot berib o`tiladi.
«Natyurmort» fransuzcha so`z bo`lib «jonsiz tabiat» degan ma’noni bildiradi va unda kupincha mehnat qurollari, geometrik jismlar, sabzavot va mevalar, gullar, idishlar tasvirlanadi. Natyurmort birinchi namunalari qadimgi Misrda devorga ishlangan freskalarda, ellinizm mazaikalarida uchraydi. XVII asrning boshlarida esa Gollandiyada paydo bulgan.
Bugungi darsda milliy idishlarimizdan tuzilgan natyurmort ishlaymiz. Milliy buyumlarni «amaliy san’at» yunalishida ijod qilayotgan ustalarimiz tayyorlaydilar.
SHu o`rinda o`quvchilar uch guruxga bulinib har biriga qog`oz beriladi va amaliy san’at yo`nalishlari haqidagi o`quvchilar bilimlarini klaster usulidan foydalanib tarmoqlaydilar.
Kaysi gurux xatosiz to`g`ri bajarsa o`sha gurux rag`batlantiriladi.

Yüklə 97,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin