“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev


  4-MAVZU: PSIXOLOG KASBIY FAOLIYATI VA PSIXOLOGIYA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109
 


64 
4-MAVZU: PSIXOLOG KASBIY FAOLIYATI VA PSIXOLOGIYA 
METODLARI
Reja: 
1.
Psixologiyani obyektiv va subyektiv metodlarini tahlili 
2.
Kuzatish metodi. Suhbat-intervyu 
3.
Eksperiment metodi. 
4.
Psixodiagnostik metodlar. Proyektiv metodikalar tavsifi 
5.
Statistik metodlar 
 
1. Psixologiyani obyektiv va subyektiv metodlarini tahlili 
Har bir fanda aniq, ishonchli uslublar mavjud bo’lishi kerakdir. Bu fanning 
asosi bo’lib xizmat qiladi. Birinchi usul sifatida o’z o’zini kuzutish usulini 
kiritishimiz mumkin. o’z o’zini kuzatish usuli psixologiya fanini boshqa fanlardan 
ajratgan usullardan biri hisoblanadi. Psixologik tahlil vaqtida uchta asosiy usul 
foydalanilgan bu tizimli tahlil, eksperimental genetik, eksperimental patologik usul 
deb nomlanadi. Tizimli tahlil usuli quyidagicha amalga oshiriladi: psixolog 
sinaluvchining oldiga mavjud bo’lgan muammoni qo’yadi, sinaluvchi esa shuni 
yechishi kerak bo’ladi. Bunda psixolog nafaqat yakuniy natijani qayd qiladi, balki 
butun tadqiqot davomida o’zini qanday tutganligini tahlil qiladi, buning yoniga 
eksperimental genetik usulni kiritishimiz mumkin, bu bolalarni tahlil qilayotgan 
vaqtda katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki yuqori psixik jarayonlar uzoq muddatli 
rivojlanishning maxsulidir. Shuning uchun ham psixolog uchuchn bu jarayon qanday 
kechganligini kuzatish juda muhimdir. Eksperimental-genetik usul rus olimlari 
tomonidan keng qo’llanilgan. Keyingi usul shaxs patololgiyasini aniqlashda 
ishlatilgan. Bundan tashqari psixologik testlar usuli mavjud.
Psixologiyaning o’zining metodlari mavjud. Ilmiy tadqiqot usuli orqali 
ma’lumotlar olinadi, ilmiy nazariyalar ishlab chiqiladi va ular tekshiriladi. Har 
qanday fanning rivojlanishi uning metodlarining ishonchliligiga tayanadi.
Psixologiya fanida ikkita asosiy usulni ajratishimiz mumkin. Obyektiv va 
subyektiv metodlar. 


65 
Subyektiv metodlar tekshiriluvchilarning o’zini baholashiga va o’ziga hisobat 
berishiga tayanadi. Subyektiv usullarga quyidagilar kiritiladi: kuzatish, o’z o’zini 
kuzatish, so’rov
8

Kuzatish usuli psixologiya fanidagi eng qadimiy usullardan biri hisoblanadi, u 
sodda usullardan biridir. Bu usul insonlarning rejali kuzutishi asosida amalga 
oshiriladi, bunda sinaluvchilarning hayotiga aralashmasdan amalga oshiriladi. 
Psixologiyada kuzatish hamma jihatlarini qog’ozga qayd qilish orqali amalga 
oshiriladi. Kuzatish usulidan hamma insonlar foydalanishi mumkin. Biroq ilmiy 
kuzatish oddiy kuzatishdan farqlanadi. Ilmiy kuzatish tizimli tarzda amalga oshiriladi. 
Kuzatish turli xil ko’rinishlarda amalga oshiriladi. Qo’shilib kuzatish bunda psixolog 
voqyealar ishtirokchisiga aylanadi. Keyingi usul o’zini o’zi kuzatish hisoblanadi. 
O’zini o’zi kuzatish maxsus usul bo’lib hisoblanib, faqat psixologiya fanida 
qo’llaniladi. Bu yutuqlar bilan bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, o’z 
hissiyotlarini kuzatish qiyin. Ikkinchidan, o’zini o’zi kuzatishda subyektiv fikrdan 
qochish mumkin emas. Uchinchidan, o’zimizning hissiyotlarimizni ko’rsatib berish 
qiyindir. O’zini o’zi kuzatish psixolog uchun juda muhimdir. O’zini kuzatish usuli 
eksperiment bilan birgalikda qo’llaniladi. Bunda eksperimental o’zini kuzatish deb 
nomlanadi. Har bir fan aniq ma’lumotlarga asoslanadi. Obyektiv voqyelikning 
bunday hodisalarini to’plab, solishtirib, guruhlarga ajratib va umumlashtirib, fan 
yaratilishi kabi eng muhim zaruriyatni, aynan, irodamiz va ongimizdan mustaqil 
ravishda mavjud olamning obyektiv qonunlarini ochib beradi. Bu ma’lumotlarga ega 
bo’lish usullari ilmiy-tadqiqot metodlari yoki bilim, nazariya, ta’limot deb ataladi. 
Shunday qilib, metod – ilmiy-tadqiqot yo’nalishi yoki biror-bir reallikni bilish usuli. 
Ilmiy metod o’z tuzilishiga ko’ra, yondoshuvlar va muolajalar yig’indisidan iborat. 
Ilmiy tadqiqotlarning metodlari yordamida olimlar keyinchalik ilmiy nazariyalar 
tuzish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ishonchli ma’lumotlar oladilar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin