98
uchun eng avval insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo’lishi kerakligini to’la
tasdiqlaydi.
Shaxs va uning psixologiyasiga ta’sir etuvchi
ikkinchi omil ta’lim- tarbiya
ning
ta’siridir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya inson ongini shakllantiradi, uning dunyoqarashi,
e’tiqodi, hayotga bo’lgan munosabatini tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruhiy
taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat tashqi ijtimoiy muhit
bilan, ta’lim-tarbiyaning o’zigagina bog’liq bo’lganda edi, unday paytda biz bir xilda
sun’iy va aynan bir xil ta’lim tarbiya sistemasini tashkil qilib, har tomondan bab-
baravar taraqqiy etgan va deyarli bir xil shaxsiy xususiyatlarga ega kishilarni
yetishtirib chiqarar edik. Vaholanki, bunday bo’lishi mumkin emas. Shuni aytib
o’tish kerakki, bola shaxsining tarkib topishiga ta’lim tarbiyaning ta’siri deganda,
albatta, birinchi navbatda tarbiya muassasalarida, ya’ni bog’cha, maktab, internat,
lisey va kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya tushuniladi Biroq, bundan oilada bolaga
beriladigan ta’lim tarbiya mutlaqo mustasno emas! Oiladagi umumiy ijtimoiy
muhitdan tashqari oilada beriladigan ta’lim-tarbiyaning roli kattadir. Bola tarbiyasi
bilan sistemali shug’ullanadigan va umuman shug’ullanmaydigan oilalardan misollar
keltirish mumkin.
Yuqorida aytib o’tilgan ikkita omildan tashqari
Dostları ilə paylaş: