“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor prof. A. Soleev


Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə19/79
tarix13.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#113057
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79
“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor prof. A. Soleev

Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar statistik ma’lumotlarni ko‘rimli qilib tasvirlashning eng oddiy usulidir. Ular har xil ko‘rsatkichlarni taqqoslash, murakkab hodisalarning tuzilishi va ularning zamonda (vaqtda) o‘zgarishini tasvirlash uchun xizmat qiladi. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalarda statistik ma’lumotlar vertikal yoki gorizontal joylashtirilgan to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida tasvirlanadi. Bunday diagrammalarni tuzish tartibi bilan quyidagi misolda tanishib chiqaylik.
4.3.1-jadval
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismlarining yillik o‘sish sur’atlari (oldingi yilga nisbatan % da)


Yillar

1992

1993

1994

4995

1996

1997

1998

1999

YaIM

-11,1

-2,8

-5,2

-0,9

1,7

5,2

4,4

4,4

Sanoat

-6,7

3,6

0,9

0,2

6,3

6,5

5,8

6,1

Qishloq xo‘jaligi

-6,4

1,5

-7,4

2,3

-6,5

5,8

4,0

5,9

Manba: O‘zbekistonning iqtisodiy yo‘nalishlari. 1998 va 1999 yil IV chorak, 38-bet.
Bu ma’lumotlarni grafikda tasvirlash uchun masshtab belgilaymiz. Aytaylik, masshtab qilib 1 sm:2% ga olsak, u holda ma’lumotlar shkalada quyidagi nuqtalar bilan ifodalanadi(sm):





1992

1993

1994

1995

1996

1997

1998

1999

YaIM


-11,1

-2,8

-5,2

-0,9

1,7

5,2

4,4

4,4

Sanoat

-6,7

3,6

0,9

0,2

6,3

6,5

5,8

6,1

Qishloq xo‘jaligi

-6,4

1,5

-7,4

2,3

-6,5

5,8

4,0

5,9

Koordinat sistemasini chizib, vertikal o‘qqa masshtab bo‘yicha shkalaga asoslanib o‘sish sur’atlarini, gorizontal o‘qqa esa mahsulot turlari bilan yillarni joylashtiramiz. Har qaysi yil uchun to‘rttadan kengligi 0.5 sm va bo‘yi yuqoridagi jadval ma’lumotlariga teng qilib gorizontal o‘qda ustunlar chizamiz(4.6-grafik).




4.6-grafik. O‘zbekistonda 1992-1999 yillarda yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismlari – sanoat va qishloq ho‘jalik mahsulotining yillik qo‘shimcha o‘sish sur’ati (oldingi yilga nisbatan foiz hisobida)

Turli mamlakatlarni tasvirlovchi ustunlar bir-biridan ajralib turishi uchun ularni har xil ranglarga bo‘yash kerak. Ustunlarni bir-biridan ochib tuzish ham mumkin. Bu holda ularning oralig‘i teng bo‘lishi lozim. Ularga tegishli ma’lumotlarni yozib qo‘yish tavsiya etiladi. Ustunlarning kengligi hamma obyektlar va yillar uchun bir me’yorda bo‘lishi shart. Ustun shaklli diagrammada murakkab hodisalarning strukturasini tasvirlash mumkin(4.7-grafik).

4.7-grafik. O‘zbekiston tashqi savdosida 1998-1999 yillarda MDH va xorijiy mamlakatlarning salmog‘i (yakunga nisbatan foiz hisobida)
Tasmasimon diagramma ham ustun diagrammaga o‘xshab tuziladi. Bu holda ustunlar yotqizilgan holda tasvirlanadi. Tasmasimon diagrammalar orqali aholining yosh-jinsiy tuzilishini piramida shaklida tasvirlash mumkin. Quyida O‘zbekiston aholisining jinsiy-yosh tarkibi 1991-1997 yillar uchun piramida shaklida tasvirlangan.




1997 1991


4.7a-grafik. 1991-1997 yillarda O‘zbekiston aholisining jinsiy-yosh tarkibi piramidasi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin