4.6. Sektorli diagrammalar.
Sektorli diagramma bo‘laklarga ajratilgan doiradan iborat bo‘lib, ularning kattaligi tasvirlanuvchi sonlarga mos keladi. Bunday diagrammalar yordamida murakkab hodisalarning tarkibiy qismlarga taqsimlanishi, ya’ni ularning strukturasi tasvirlanadi. Ular quyidagi tartibda tuziladi. Doira chizilib, uni o‘rganilayotgan to‘plamning umumiy yig‘indi soni (100%) deb qabul qilinadi. Keyin esa tarkibiy qism sonlariga proporsional holda doira sektorlarga bo‘linadi. Buning uchun sektorlarning markaziy burchaklari topilib, transportir yordamida ular doirada belgilanadi. Agar butun va bo‘lak sonlar absolut miqdorda ifodalangan bo‘lsa, markaziy burchaklarni aniqlash uchun 3600 ni umumiy butun songa bo‘lib, masshtab belgilanadi va uni ketma-ket bo‘lak sonlarga ko‘paytiriladi. Agarda hodisaning tuzilishi tuzilmaviy nisbiy miqdorlar bilan ifodalangan bo‘lsa (umumiy to‘plam 100% deb olinib, uning ayrim qismlari jamiga nisbatan foizda hisoblangan), u holda masshtab 3,60 ga teng (3600: 100%) bo‘lib, ayrim qismlarning salmog‘i (% da hisoblangan) unga ko‘paytiriladi.
Sektorli diagrammalar qiyosiy jihatdan jozibali bo‘lishi uchun doiralarni bir-biridan teng olislikda joylash, ularning markazlarini bir to‘g‘ri chiziqda ifodalash va shu chiziqdan yo‘nalgan holda tarmoqlarning (qismlarning) jiddiy ketma-ketligini ta’minlab, tegishli markaziy burchaklarni belgilash hamda sektorlarni har xil ranglarga bo‘yash yoki shtrixlash lozim.
4.7. Kvadrat va doira shakldagi diagrammalar
Bu diagrammalar yassi diagrammalar turkumiga kiradi va qator kvadrat yoki doiralardan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z maydoni bilan tasvirlanuvchi hodisa miqdorini ifodalaydi. Bunday diagrammalar dinamika qatorlarini tasvirlash va bir vaqt (davr) ga tegishli miqdorlarni solishtirish maqsadida tuziladi. Kvadrat shaklli diagrammalarni tuzish uchun tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqariladi va so‘ngra tomonlari olingan natijalarga proporsional qilib kvadratlar chiziladi. Doira shaklli diagrammalar ham shu tartibda tuziladi. Ammo bu holda radiuslari tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqarish natijasida olingan miqdorlarga proporsional bo‘lgan doiralar chiziladi. Quyidagi ma’lumotlarni kvadrat va doirali diagramma shaklida tasvirlaylik.
4.5-jadval
Dostları ilə paylaş: |