Mustaqil ta’lim talabalarning o’qish jarayonidagi asosiy vazifalariodan biri hisoblanadi va u rejali xarakter kasb etadi. Mustaqil ta’lim mavzusi talabalar mustaqil o’rganadigan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlardan beriladi. Mustaqil ta’lim talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, mavzularni tushunish qobiliyatini maksimal darajada rivojlantirishga va umumiy dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
Mustaqil ta’limda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga oid farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, xalqaro iqtisodiyotning hozirgi holati, bozor mexanizmi, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish qonun va qonuniyatlarini chuqur o’rganish zarur.
Fanning ma’ruza va amaliy mashg’ulotlari asosan talabalar bilan bahs-munozara va savol-javob hamda misol-masalalar yechish tartibida olib boriladi. Bunday darslarning samarali o’tkazilishi uchun talabalar dars mavzulari bo’yicha ko’proq mustaqil tayyorgarlik ko’rishlari kerak. Mashg’ulotlarda talabalarga testlar beriladi va ayrim mavzular bo’yicha misollar yechiladi. Fanni chuqurroq o’rganish uchun har bir talabaga mustaqil ish (referat) yozish va amaliy ma’ruzalar tayyorlash uchun topshiriqlar beriladi.
Mustaqil ta’lim davomida talabalar mustaqil ravishda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishlari kerak. Bunda talabalarga asosan statistikaga oid xorijiy mamlakatlarda chop etiladigan adabiyotlar, o’quv qo’llanmalar, darsliklardan va oylik nashrlardan foydalanish maslahat beriladi.
“Statistika” fanidan mustaqil ta’lim sifatida o’rganiladigan quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Mustaqil ish mavzulari: Statistik kuzatish jarayonining asosiy kategoriyalari.
Ma’lumotlarni jamlash usullari.
Ma’lumotlarni sifat jihatdan guruhlash.
Ma’lumotlarni miqdoriy guruhlash.
Guruhlash oralig’i.
Guruhlash belgisi.
Garmonik o’rtacha miqdorlar va ularning qo’llanilishi.
Geometrik o’rtacha miqdorlar va ularning qo’llanilishi.
Kvadratik o’rtacha miqdorlar va ularning qo’llanilishi.
Xronologik o’rtacha miqdorlar va ularning qo’llanilishi.
Oraliq usullarda arifmetik o’rtacha miqdorlarni hisoblash.
Reja bajarilishi nisbiy miqdorlar.
Iqtisodiy o’sish sur’ati.
Qo’shimcha iqtisodiy o’sish sur’ati.
Variatsion kenglik.
O’rtacha kvadrat tafovut.
O’rtacha kvadratik tafovut.
Variatsiya koeffisiyenti.
Xorijiy investisiyalarni jalb etish mexanizmi va asosiy yo’nalishlari.
Oddiy qatorlarda variatsiya ko’rsatkichlarini hisoblash.