O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “PEDAGOGIKA” FAKULTETI “Texnologik ta'lim” yo‘nalishi 221-guruh (sirtqi) talabasi Masharipova Shaxruzaning “Mutaxasislik faniga kirish” fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Servis xizmati yo’nalishi taqvimiy mavzular. Topshirdi: __________ Masharipova Shaxruza Qabul qildi: __________ Toirov Hamza Mavzu: Servis xizmati yo’nalishi taqvimiy mavzular. Reja:
Servis faoliyati tushunchasi.
Servis faoliyatini xo‘jalik amaliyotidagi o‘rni
Servis faoliyati ehtiyoj sifatida
Mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish va servis sohasi rivojlanishiga mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda xizmatlar bozori xizmatlarning yangi istiqbolli turlari - turizm, bank-moliya, sug‘urta, axborot-kommunikatsiya va boshqa xizmatlarni rivojlantirish hisobidan takomillashib bormoqda. Oilalarni murakkab maishiy texnika, kompyuter va shaxsiy avtotransport bilan ta’minlashni keskin oshirish ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tobora ko‘payishiga imkon yaratdi.SHu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mazkur yo‘nalishga taalluqli qonun va kodekslari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator farmonlari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Mamlakatimizda turizm sohasiga katta e’tibor berilib, ko‘plab ommaviy axborot vositalarida ham turizm to‘g‘risida ko‘rsatuv va materiallar berilayotganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 mayda qabul qilingan "2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” gi qarori ushbu sohani yanada rivojlantirish va kuchli turtki bo‘ldi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2012yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida 2012-yilda xizmat ko‘rsatish sohasi ham yuqori sur’atlar rivojlani va ushbu yilda aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 15 foizga o‘sgani, sohaning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi esa bugungi kunda 52 foizdan ziyodni tashkil etgani ta’kidlab o‘tildli.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, turizm taraqqiyoti uchun faqatgina jozibador maskanlarning mavjud bo‘lishining o‘zi etarli emas. Mahalliy turistik infratuzilmani ham etarli rivojlantirish lozim, ya’ni hududda ichki turizmning ham o‘rni katta bo‘lib, undan daromad olish, mahalliy aholi talablarini qondirib, unga xizmat ko‘rsatish, aholining saviyasini oshirish, odamlarni ish o‘rinlari bilan ta’minlash imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Davlat miqyosida amalga oshirayotgan chora-tadbirlar tufayli O‘zbekiston yil sayin turizm o‘lkasiga aylanmoqda. Bu, o‘z navbatida, xalqaro aloqalarni rivojlantirish, xalqimizning boshqa millatlar bilan hamkorligini kuchaytirish imkonini bermoqda. O‘zaro hamkorlikning kuchayishi esa mamlakatimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hamda turistik xizmat eksportining o‘sishiga xizmat qiladi.
Servis faoliyati iqtisodiy faoliyati turi bo‘lib, bozor munosabatlari doriasida va ishchilarni malakaviy tayyorgarligi asosida jamiyat ne’matlarini yaratishga, xizmatlar ko‘rsatishga, servis mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan. Servis faoliyati ixtisoslashgan xizmat ko‘rsatish strukturalari, ya’ni uni sub’ektlari tomonidan generatsiya (ishlab chiqariladi, sotiladi) qilinadi. Bu sub’ektlar jamiyat ehtiyojlari masshtab va xususiyatini baholagan holda hamma hohlovchilarga o‘z xizmatlarini taklif etish va ularni qondirishga intilishadi. Sub’ektlar sifatida aniq tadbirkorlar yoki servis tashkilotlari jamoalari bo‘lishlari mumkin. Bunday tashkilotlar ro‘yxatini keltiramiz
firmalar, jumladan ixtisoslashganlar uchun, sayyohlik, mehmonxona, davolash firmalari;
korxonalar, jumladan ixtisoslashganlar transport, aviatsiya, ta’mirlash, savdo;
muassasalar (huquqni muhofaza qilish, madaniy muassasalar va boshqalar) - militsiya bo‘linmalari, kinoteatrlar, teatrlar, muzey, kutubxonalar;
tashkilotlar - prokat, bank, omborxona, sug‘urta, muhofaza, san’at sohasidagi va boshqalar.
Servis faoliyati sub’ektlarini faoliyati to‘liq yoki qisman bozor almashinuvi tomoyillariga asoslangan, shuningdek huquqiy va adminstrativ-tashkiliy xarakterdagi ko‘rsatmalarga buysindirilgan. Xizmatlar sohasidagi biznes ko‘pgina hollarda kommersiya (tijorat) asosida amalga oshirilib yuqori mehnat unumdorligiga, past tannarh va xizmat raqobatbardoshligiga erishish maqsad qilib qo‘yiladi. Ayni shu vaqtda ko‘pgina davlat tashkilotlari aholiga aralash asosda (qisman tijorat asosida; qisman jamiyat ne’matlarini bepul taqsimlash mexanizmi asosida) xizmat ko‘rsat adi. Umuman olganda servis faoliyati keng jamiyat va shaxsiy ehtiyojlarni qondirilishini ta’minlaydi va zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni samarali rivojlantiradi.
Xizmat ko‘rsatishdagi mehnat qator bozorga xos bo‘lmagan elementlarga boy.
Xizmat ko‘rsatishdagi mehnat foydali qazilmalar qazib olish yoki sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish mehnatidan farq qiladi. Keyingi holatda ishchi fizikaviy materiallarni qayta o‘zgartiradi yoki bioresurslar bilan ishlaydi. Tabiiy xom- ashyolarni qazib olishda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishda, sanoat tovarini yaratishda odam ancha energiya sarflaydi, bu sarfni esa oson hisoblash va mehnatga to‘lov sifatida qoplash mumkin. Bu jarayonda ishchi boshlang‘ich materialni o‘zgartirib oxirida tovar sifatiga ega bo‘lgan yangi xom-ashyo yoki mahsulot (yarim tayyor mahsulot, hosil, mashina, maishiy predmetlar yoki kiyim-bosh) oladi. Olingan mahsulot shakl, og‘irlik, hajm va boshqalarga ega bo‘lib, uni narh sifatlarini aniqlashni osonlashtiradi.
Xizmat sohasidagi mehnat ko‘p hollarda boshqacha tavsifga ega. Bu erda ishchi eng avvalo odam, uni ehtiyojlari va hohishlari bilan ish ko‘radi. Xizmatlar o‘rab turgan dunyoda, odamni qiyofasida yoki uni ongida ma’lum o‘zgarishlarni sodir etsada, ammo bu o‘zgarishlar yaqqol seziluvchan predmet - moddiy xarakterga ega bo‘lmaydi. Xizmat ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari harakat qilyotgan vaziyat, ularni birgalikdagi tirishishlarisiz amalga oshmaydi.
Servis xizmatchisi xizmatni amalga oshira turib, aniq narsalarni o‘ta nozik xususiyatlari, ijtimoiy aloqalar, odamlarni psixologiyasi va ongi bilan ish ko‘radi. Xizmatlar ishlab chiqarishdagi harakatlar xarakteri ob’ektiv sifati(strukturasi)ga ko‘ra murakkab bo‘lib, bu esa uni natijalarini baholashni qiyinlashtiradi.
SHunga qaramasdan xizmat bilan bog‘liq mehnat o‘zini bozor narxiga ega.
Servis faoliyatini ko‘rsatkichlari milliy statistikani, to‘laqonli komponentni deb tan olingan.
Servis faoliyatiga o‘ziga xos xususiyatlar bag‘ishlovchi xizmatlar belgilari:
xizmat ko‘rsatish jarayoni shunday faoliyatki, unda ishlab chiqaruvchi va iste’molchini sheriklik o‘zaro ta’siri xos; ushbu faoliyat natijasi sifatida xizmat iste’molchisi uchun muhim bo‘lgan foyda, ne’mat yaratiladi va shu sababli u xizmat ishlab chiqaruvchisi mehnatini bozor narxlarida to‘laydi;
ko‘rsatiladigan xizmatlar sezilmaydigan, nomoddiy xarakterga ega, ammo xizmatlarni amalga oshirish uchun material resurslar, moddalar, texnika, maxsus jihozlar zarur bo‘ladi;
xizmatlar ular ko‘rsatilgunga qadar mavjud bo‘lmaydi, ularni saqlash va taxlab qo‘yish mumkin emas. Xizmatlarni ishlab chiqish jarayoni ularni iste’mol qilinishi bilan bir vaqtda kechadi;
iste’molchi ko‘p hollarda xizmat ko‘rsatish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi. Ammo qator xizmatlarni ishlab chiqish iste’molchini ishtirokisiz boshlanishi mumkin, iste’molchi esa xizmat ko‘rsatishni ma’lum bosqichida paydo bo‘lishi mumkin. Iste’molchi xizmat ko‘rsatish jarayonida albatta, paydo bo‘lishi kerak, chunki u siz xizmat yakuniy tavsifiga ega bo‘lmaydi;
xizmat iste’molchisi uni mulkdori bo‘la olmaydi. Ammo bu xizmat ko‘rsatilayotgan narsalarga tegishli emas (ta’mirlangan dazmol, tikilgan kiyim);
xizmat ko‘rsatish faoliyatdir, shuning uchun iste’molchi tomonidan to‘lanmay turib baholanishi mumkin emas;
aniq xizmat o‘zini iste’mol qiymatiga ma’lum vaqt davomida aynan shu yo‘nalishga ega bo‘ladi, bu esa uni bozorda almashinishi imkoniyatini chegaralaydi.
Bu xususiyatlar xizmatlar va servis faoliyatini ishlab chiqaruvchidan mahorat, hayotiy tajriba, tashabbuskorlikni, odamlar bilan ishlay olishni talab etuvchi iqtisodiy faollik bo‘lishini ta’minlaydi.
SHu bilan birga turli xizmatlar bir-biriga nisbatan o‘zaro to‘ldiruvchilik xarakterida bo‘lishadi, busiz servis faoliyati amalga oshmaydi. Misol uchun, metropolitendagi transport xizmatlari doimiy ravishda elektr toki berilishi bilan (energetiklar xizmati), informatsion xizmatlar, stansiya va o‘tish yo‘llaridagi tozalikni saqlash xizmatlari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, savdo xizmatlarini mavjud bo‘lishi bilan kechadi.
Servis sub’ektlari o‘zaro ta’sir etishib va bir-birlarini faolligini to‘ldirib servis mahsulotini yaratishadi. Servis mahsuloti aniq xizmatga nisbatan ancha murakkab va hajmli hodisalar. Ushbu mahsulot quyidagi komponetlarni harakati yig‘indisi sifatida qaraladi:
ushbu xizmat turini ishlab chiqarishga aloqador barcha servis faoliyati sub’ektlari mehnati (aniq servis korxonalari va qo‘shni korxonalar);
mahsulot yaratishga jalb etilgan yordamchi mexanizmlar, texnologik jihozlarni
ishi;
xizmatda foydalaniladigan material moddalar, predmetlar va tovarlar.
Qator servis mahsulotlari ishlab chiqarishda tabiiy resurslar (sayyohlikda, sanatoriyada) qo‘lda barpo etilgan ob’ektlar (ekskursion xizmat ko‘rsatishda) foydalaniladi va ularsiz odamlarni o‘ziga xos talablarini qondirish mumkin emas.
Servis mahsulotni yaratishda xizmatga sezilmaydigan komponentlarni (iste’molchiga nisbatan firmada yaratilgan umumiy muhit, aniq ishchilarni kayfiyati, xizmat ko‘rsatish xonasidagi shinamlik) ahamiyati katta bo‘lib, aniq korxonani servis mahsulotini shakllantiradi.
Umuman servis mahsuloti servis faoliyatini kompleksli tabiatini, shuningdek uni turli yo‘nalishlari va turlarini o‘zaro to‘ldiruvchanlik xarakterini aks ettiradi.
Turli servis mahsulotlari nafaqat tashkilot va firma darjasida, balki tarmoq, region, milliy amaliyot darajasida ham ishlab chiqarilishi mumkin. Masalan, milliy turistik mahsulotni yaratilishi.
6.2. Servis faoliyatini xo‘jalik amaliyotidagi o‘rni Sobiq ittifoq davrida xo‘jalik iqtisodiy amaliyoti ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga bo‘linar edi. Oxirgisini doirasida xizmatlar sohasi (yoki xizmat ko‘rsatish sohasi) ajratilar edi.
Sobiq ittifoq iqtisodini xizmat ko‘rsatish sohasi, chegaralari aniq bo‘lgan bir butun tarmoq sifatida, davlat tomonidan nazorat qilingan va aholiga ma’lum xizmatlarni ko‘rsatish bilan band bo‘lgan davlat korxonalari va tashkilotlarini o‘z ichiga qamrab olgan. Ushbu korxonalar va tashkilotlar qatoriga asosan aholiga maishiy va shaxsiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lganlari tegishli edi (turar joy, kommunal idoralar, maishiy te’xnika va shaxsiy transportni ta’mirlash tashkilotlari, sartaroshxonalar va boshqalar). Ushbu soha ne’matlarni jamiyat qayta taqsimlash prinsiplari asosida faoliyat yuritar edi, ya’ni ko‘pgina xizmatlar iste’molchilar uchun pulsiz edi, ammo xizmatlarni qisman to‘lash amaliyoti ham mavjud edi.
O‘sha vaqtda jamiyat xizmat ko‘rsatishlini meditsina va sanitar sog‘lomlashtirish tashkilotlari, ta’lim tizimi, madaniyat tashkilotlari va boshqalar xizmatlar sohasiga tegishli emas edi.
Zamonaviy amaliyotda xizmatlar sohasi (yoki “servis sohasi”) xizmatlar iste’molchilari va servis tashkilotichilarini kontaktli ro‘y beradigan iqtisodiy va ijtimoiy o‘zaro ta’sirlarni keng oblasti sifatida namoyon bo‘ladi.
Demak, xizmatlar sohasi servis faoliyatini amalga oshirishning keng maydoni hisoblanadi.
Bugungi kunda xo‘jalikni sohalarga bo‘lishni ba’zi prinsiplari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ular milliy iqtisodni rivojlanishini kuzatish imkonini beradi. Bu tarmoqlar strukturasi quyidagi birliklarni o‘ziga qamrab oladi:
birlamchi tarmoqlar: qazib olish, sanoat va qishloq xo‘jaligi;
ikkilamchi sohalar - ishlov beruvchi sanoat;
uy-joy qurilishi, transport, savdo, huquqni himoyalash, ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatish;
boshqaruv, fan va fan xizmatlari.
Xo‘jalikni geoterritorial joylashuvi doirasida ko‘rib chiqilishida qishloq xo‘jaligi va sanoatdan tashqari yana ikkita infrastruktura bo‘g‘inlari ajratiladi:
ishlab chiqarish infrastrukturasi, ya’ni ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarni faoliyatini ta’minlovchi xo‘jalik ob’ektlarini majmuasi (trasnport, aloqa, energiya ta’minoti, material-texnik ta’minoti va savdosi, kapital qurilish va boshqalar):
ijtimoiy infrastruktura, ya’ni odamlarni jamiyat va yakka ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan xo‘jalik ob’ektlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar majmuasi. Bunga mehnat resurslari, aholi, odamlarni hayot darajasi va ularga xizmat ko‘rsatish (uy xo‘jaligi, savdo va boshqalar tegishli.
Xo‘jalik amaliyotini bo‘linishining ikkala variantlari zamonaviy xizmatlar sohasini chegaralari haqida ma’lumot bermaydi.
Servis sohasining u yoki bu davlat umumxo‘jalik mexanizmidagi o‘rnini yanada aniqroq belgilashida davlat statistik hisobida ishlatiladigan yondoshuv ishlatiladi.
Milliy hisoblar tizimiga ko‘ra:
birlamchi sektorga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarilishi, baliq ovlash, ovchilik, o‘rmonchilik tegishli. Bu erda ishchilar biotabiiy resurslar bilan o‘zaro ta’sirga kirishib jamiyat uchun zarur bo‘lgan bioxom-ashyo, o‘simlik materiallari va mahsulotlarini etkazib berishadi;
ikkilamchi sektorga industrial tarmoqlar tegishli, ya’ni qazib oluvchi, sanoat, shuningdek qurilish industriyasi, elektr, suv va gaz resurslarini ishlab chiqarish va jo‘natish. Bunda ishchilar qator tabiiy boyliklarni ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlar uchun tayyorlash va o‘zgartirish bilan ish ko‘rishadi, sanoat ishlab chiqarilishida ishtirok etib, mexanizmlar, kundalik talab tovarlarini yaratishadi, oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishadi, turli texnik inshootlar, sanoat komplekslari qurishadi va boshqalar;
uchlamchi sektor - xizmatlar sohasi. Bu erda ishchilar odamlar va ishlab chiqarish kollektivlari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishadi, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan o‘ziga xos ehtiyojlarni qondirishga mo‘ljal olishadi. Bu holda uchlamchi sektorga quyidagilar tegishli: transport va aloqa, savdo, davlat ma’muriyati, ta’lim, huquqni himoyalash, muxandislik maslahat xizmatlari, aholiga ko‘rsatiladigan maishiy xizmatlar va boshqalar.
Servis faoliyatini ba’zi segmentlarini xarakteri noma’lum bo‘lib, ularni ham uchlamchi, ham ikkilamchi sektorga tegishli deb topish mumkin. Masalan, transport, qurilish, elektr va suv ta’minoti, aloqa kabi infrastruktura bo‘g‘inlarini tasniflash murakkab muammo bo‘lib, ular ham ishlab chiqarishda, ham ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda bir xil muhim ahamiyatga ega.
Oxirgi yillarda xizmat ko‘rsatish amaliyoti uchlamchi sektorni kengayishi, uni deferensiatsiyalanishi, unda yangi segmentlar paydo bo‘layotganligidan dalolat bermoqda. Bu sektorni kengayishi natijasida 4 va 5 sektorlar ajratilmoqda.
To‘rtlamchi sektor - ilmiy-tadqiqot, informatsion, telekommunikatsion xizmatlar.
Beshlamchi sektor - yuqori intellektual ijodiy mehnat bilan bog‘liq.
SHunday qilib, iqtisodi rivojlangan zamonaviy jamiyat iqtisodiy amaliyotidagi servis faoliyati qator yirik yo‘nalishlar, segment va guruhlarga bo‘linadi va ulardagi mehnat o‘z xarakteri va boshqa sifatlariga ko‘ra sezilarli farqlanadi. Masalan, bank, pochta, uy-joydan foydalanish, tibbiyot tashkilotlari yoki dafn marosimlarini o‘tkazish kontoralari ishchilari mehnati bir-biridan shunchalik farqlanadiki, ular faoliyatini yaxlit kasb, mehnat, ijtimoiy yoki ma’naviy-psixologik sifatlardan kelib chiqqan holda o‘zaro taqqoslash juda qiyin. Ammo yuqorida sanab o‘tilgan har bir mehnat turlarini farqli xususiyati shundaki, u fuqarolar va mehnat jamoalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq, ya’ni avvalo jamiyat, guruh va yakka ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan.
YUqorida aytib o‘tilganlar, servis faoliyatini sinflar, yo‘nalishlar, turlar bo‘yicha bo‘lish murakkabligidan dalolat beradi. Quyida servis faoliyatini yanada aniqroq va mantiqan jiddiy tasniflash sxemasini keltiramiz. Ammo ushbu tasniflash varianti ham hamma turli-tuman servis mashg‘ulotlarini qarab olaolmaydi:
ishlab chiqarish servisi (texnikani ta’mirlash xizmatlari, yuqori texnologiyalar asosidagi xizmatlar, jumladan sotuv oldi va sotuvdan keyingi xizmatlar ham);
jamiyatni qurish sohasi servisi (himoyalash, jamiyat tartibini saqlash, milliy moliya tizimini rivojlantirish va boshqa xizmatlar);
ijtimoiy-madaniy servis (jamiyat ahamiyatidagi va shaxslar uchun zaruriy darajalarda bo‘lishi mumkin). Bularga maktabgacha tarbiya, sayyohlik, badiiy-estetik va boshqa xizmatlar tegishli;
intellektual servis (ta’lim sohasidagi yuridik, moliyaviy, informatsio n servis va boshqalar);
tovar va xizmatlarni aylanishi sohasidagi servis (savdo, umumiy ovqatlanish, kommunikatsion va transport xizmatlari, omborxona xo‘jaligi xizmati va boshqalar);
xo‘jalik-maishiy servis (shahar xo‘jaligi, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, jumladan fuqarolarni yakka ehtiyojlarini qondirish xizmatlari).
Servisni ishlab chiqarish bilan yaqinlashtiradigan qator xususiyatlar mavjud:
servis faoliyati sub’ektlarini iste’molchilarga nisbatan amalga oshiriladigan mehnat va foydali intilishlari ularni tovar ishlab chiqarish darajasidagi xizmat ishlab chiqaruvchilarga aylantiradi;
xizmat ishlab chiqaruvchilarni foydali intilishlari servis iste’molchilariga qaratilgan bo‘lib, ularga ma’lum ne’mat, foyda, qulaylik beradi. Bunda ishlab chiqarilgan xizmatlar iste’mol qiymatiga ega bo‘lib, u jamiyat mehnatiga teng. Bu holda xizmatlar tovar sifatida namoyon bo‘lib, servis faoliyatini muhim elementi hisoblanadi;
zamonaviy jamiyatdagi servis faoliyatini turli turlari va yo‘nalishlari sanoat ishlab chiqarilishini natijalari bilan juda yaqin birlashadi. CHunonchi, servis faoliyati sub’ektlari quyidagilarni iste’molchilarga etkazishadi (sotishadi), so‘ngra esa ko‘p hollarda ularni ta’mirlashadi va ularga xizmat ko‘rsatishadi:
maishiy texnika, shaxsiy transport vositalari;
kiyim-kechak, interer predmetlari;
sanoat mollari;
o‘qitish va shaxsni rivojlantirish uchun foydalaniladigan tovarlar (kitoblar, kompyuterlar);
ko‘ngil ochish va dam olish uchun tovarlar (kompakt-disklar, musiqa sintezatorlari, o‘yin avtomatlari) va boshqalar.
SHuning bilan birgalikda ikkilamchi sektor ishlab chiqarilishini (qurish ishlari, elektr-, suv va gaz ta’minoti) yakuniy bosqichi, shuningdek oziq-ovqat, engil sanoat, avtomobilsozlik va boshqalarda yaratiladigan tovarlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmatlar sohasi bilan bog‘langan.
Servisni sanoat bilan bog‘liqligi, yuqorida sanab o‘tilgan tovarlarni sotish, ularga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bilan chegeralanib qolmasdan, xizmat sohasidagi mehnat ham ko‘p hollarda texnik moslamalar va avtomatlar majmuasi vositasida amalga oshiriladi. Oxirgi o‘n yilliklarda xizmatlar sohasi tadbirkorlari servis ishlab chiqarilishi ishchilari mehnatini tashkil etishida, shuningdek servis korxolnasini boshqaruvida sanoat ishlab chiqarilishini mehnat elementlari va menedjmentini joriy etish borasida ko‘pgina ishlar qilishdi.
YUqorida ta’kidlanganlarni hammasi sanoat ishlab chiqarilishi va xizmatlar o‘rtasida yaqin aloqalarni shakllantiradi va srevis korxonalaridagi mehnat va xizmat ko‘rsatishni ko‘pgina hollarda industrial ishlab chiqarish tipida tashkil etilishiga olib keladi. Bunday industrial ishlab chiqarilishi yirik sanoat komplekslari doirasida amalga oshiriladi va ulardagi mehnat yuqori texnikaviy qurollanganlik darajasi bilan farqlanib turadi. Bu esa mehnat unumdorligini bir necha marotaba oshirish va ommaviy talablarni qondirish imkonini beruvchi katta hajmdagi ishlab chiqariladigan mahsulot olinishiga imkon yaratadi.
Aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq industrial ishlab chiqarishlar misollari sifatida shaxsiy kottedjlarni va ko‘p xonali uylarni ommaviy qurilishi, yo‘lovchilarni havo, temir yo‘l, avtotransportda tashishni va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bu barcha xizmatlar turlari sanoat ishlab chiqarilishi bilan taqqoslanishi mumkin bo‘lgan muhim parametrlarni: texnik-texnologik tavsiflar, material va yoqilg‘ini sarfi, moliyaviy harajatlar va boshqalarni o‘zida mujassam etgan.
Shunday qilib, zamonaviy servis faoliyati shaxsiy xarakterga ega bo‘lmoqda va iste’molchilarni yakka va guruh ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan. Bularni hammasi rivojlangan davlatlarda servis xizmatini ishlab chiqarish haqida yoki ularda servis industriyasi mavjud ekanligi haqida gapirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda “tashish industriyasi”, “sayyohlik industriyasi”, “ko‘ngil ochish industriyasi”, “ta’lim olish industriyasi” haqida haqli gapirish mumkin. Bu ko‘rsatilgan servis faoliyati yo‘nalishlari texnika va mehnatni sanoat ishlab chiqarilishi tipi bo‘yicha tashkil etishga tayangan holda qisqa muddat ichida minglab va millionlab iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishga qodir.
6.3. Servis faoliyati ehtiyoj sifatida. Odamlarni ehtiyojlari, umuman olganda, ehtiyoj deyilganda biror-bir narsaga bo‘lgan zarurlik tushuniladi. Ushbu zarurlik, darkorlik o‘zini qondirilishini talab qilib odamlar tomonidan anglab etiladi.
Ehtiyoj xo‘jalik amaliyotida qator tushunchalarni keltirib chiqardi. Ularni o‘rtasida eng asosiysi “iste’molchi” tushunchasi bo‘lib, tovar, xizmat, servis mahsulotini sotib olgan oxirgi iste’molchini, ya’ni u yoki bu kiyimni kiyib yuradigan, aniq narsalardan foydalanuvchi, oziq-ovqatda ma’lum mahsulotlarni ishlatuvchi odamni anglatadi.
Servis faoliyatini iste’molni oxirgi bosqichi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishi uni material ishlab chiqarishdan ancha farqlab turadi. Material ishlab chiqarish uchun bunday bog‘liqlik unchalik darajada xos emas, chunki ko‘pgina sanoat tarmoqlari texnologik jarayonlarni yoki ishlab chiqarish vositalarini yaratish jarayonini dastlabki bosqichlarida jalb qilingan bo‘lishadi. Buni aksi sifatida servis faoliyatini sub’ektlari mijoz, buyurtmachi bilan yuzma-yuz uchrashadi va shu orqali iste’molni yakuniy jarayonlarida ishlashadi.
Shuning uchun iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni ancha noiqtisodiy- ijtimoiy, psixologik, ma’naviy boshlanishga ega bo‘lib, bu esa servis faoliyatini “narsalardan uzoqlashish” sifatida tavsiflashga imkon beradi. Xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilinishi ko‘pgina hollarda xizmat ko‘rsatuvchi va mijoz o‘rtasidagi bevosita kontaktlar yo‘li bilan kechadi. Ular o‘rtasidagi kontaktlar vaqt davomida uzilgan bo‘lsa ham, xizmat natijalari iste’molchi tomonidan qabul qilingan holda xizmat bajarilgan hisoblanadi.
Jamiyatda insoniy ehtiyojlarni mavjud bo‘lishi, shuningdek uni transformatsiyasi ikkita muhim omillar bilan belgilanadi:
Odamni biotabiiy kelib chiqishini qayta ta’minlash zarurligi. Ushbu omilni ta’sirida odamlarga birlamchi ehtiyojlar xos bo‘lib, ular o‘rtasida odam uchun dolzarb bo‘lgan tug‘ma va o‘zgarmas kabilari anchagina. Birlamchi ehtiyojlarga yashash muhiti xavfsizligini ta’minlash, ovqatlanish, ichish, dam olish, avlodni davom ettirish va boshqalar taaluqli.
Odamni ijtimoiy va ma’naviy-madaniy sifatlarini rivojlantirish muhimligi. Ushbu omil katta hajmdagi ikklamchi, shuningdek ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltiradi.
Bu ehtiyojlar odamlarni o‘zini ijtimoiy munosabatlar sub’ektlari sifatida tiklashga intilishlari va dunyoni o‘rganishni, o‘zini ma’naviy mohiyatini rivojlantirishni, dam olishni hohlovchi fuqarolar bilan bog‘liq. O‘z mohiyatiga ko‘ra, shakllanish mexanizmlariga ko‘ra, bu ehtiyojlar ancha egiluvchan va dinamik hisoblanadi. Odam hayoti davomida ular ham intensiv, chuqur rivojlanishi, ham degradatsiya qilinishi, so‘nishi mumkin.
Yuqoridagi tavsiflar ehtiyojlarni o‘z genezisi va sifati bo‘yicha turli tuman bo‘lishi mumkinligini taqozo etadi.