O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi


Jismoniy va jismoniy plandagi ehtiyojlar



Yüklə 141,9 Kb.
səhifə2/3
tarix18.01.2023
ölçüsü141,9 Kb.
#79539
1   2   3
Masharipova Shaxruza.

Jismoniy va jismoniy plandagi ehtiyojlar. Ular odam organizmi strukturasiga shunchalik kuchli singib borganki, uni hayoti davomida kunlik qondirilishini talab qiladi. Bular harakatlanishga, tungi uyquga, ovqatlanishga, ichishga va boshqalarga bo ‘lgan ehtiyojlardir.

  • Jamiyat va yakka ehtiyojlar. Jamiyat ehtiyojlari katta odamlar guruhi umuman mamalkat aholisiga xosdir. Ular o‘zini qondirilishi uchun o‘ziga xos sharoitlarni talab qiladi. Ularni ko‘pchiligini bir odam amalga oshiraolmaydi, ular faqat jamiyat faoliyati, davlat yoki mahalliy hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Harbiy xavfsizlikka, jamiyat tartibini saqlash, ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan ehtiyojlar jamiyat ehtiyojlari hisoblanadi.

  • Yakka ehtiyojlar shaxsiy, shuningdek o‘z kombinatsiyasiga ko‘ra, aniq odamlarga xos bo‘lgan iste’mol xususiyatlarni aks ettiradi. Ularni anchagina qismini individ mustaqil ravishda yoki xizmatlar sohasiga murojaat qilish orqali amalga oshiradi.

  • Ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar. Ular turli tuman bo‘lib, ko‘pgina hollarda o‘ta muhim hisoblanadi va odamlarni butun ongli hayotida yo‘ldosh bo‘ladi. Ularni xususiyati shundaki, tug‘ma etiyojlardan farqli o‘laroq, ko‘pgina hollarda madaniy muhit ta’sirida shakllanadi va shaxsni ijtimioy statusi, ma’lumot darajasi va umumiy rivojlanishi bilan bog‘liq.

  • SHuning bilan birga ijtimioy madaniy ehtiyojlarni ma’lum qismi, masalan fiziologik ehtiyojlar kabi o‘ta zarur emas. Bir qism ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar ko‘pgina hollarda boshqalarga taqlid qilish yoki ijtimioy muhitni maqsadli yo‘naltirilganligi ta’siri sababli paydo bo‘ladi. Xususan ko‘p hollarda odam ijtimoiy informatsiya, moda va reklama ta’siriga moyil.

  • Servis faoliyati keng spektrdagi birlamchidan (jismoniy, fiziologik) tortib eng murakkab (bilish, ma’naviy rivojlanish) insoniy ehtiyojlarga hozir javob bo‘ladi.

  • 2012-2016 yillarda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturini qabul qilindi.

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi "2012-2016 yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to'g'risida" qarori doirasida yaqin besh yil mobaynida barcha xizmatlarning

    solishtirma og'irligi YAIM dagi ulushini 55% ga yetkazish belgilab olindi. Hujjatda qayd etilganidek, xizmat ko'rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2005 yildagi 38,7 foizdan 2011 yilda 50,5 foizga o'sgan. Buning natijasida avvalambor kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda 1,1 mln. yangi ish joylari yaratildi. Axborot- kommunikatsiya, bank, sug'urta, lizing, sayyohlik-ekskursiya va boshqa zamonaviy yuqori texnologik va bozor iqtisodiyotiga mos xizmat turlari ildam sur'atlar bilan rivojlanishiga e'tibor qaratildi.
    Yangi dastur 2016 yilgacha mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida xizmat ko'rsatish sohasining ulushni bosqichma - bosqich oshirilishini nazarda tutadigan 2012-2016 yillarda O'zbekiston Respublikasi bo'yicha xizmat ko'rsatish sohasining asosiy turlarini rivojlantirishning maqsadli parametrlarini o'z ichiga qamrab oladi. Xizmat ko'rsatish sohasi respublikada 13 ta asosiy turlar bo'yicha taqsimlanadi. Ular: aloqa va axborotlashtirish, kompyuterni dasturlashtirish, moliya (bank, sug'urta xizmatlari va moliyaviy lizing) transport, qurilish, texnologik uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash bo'yicha, qishloq xo'jalik texnikalari, savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, ta'lim va sog'liqni saqlash, turistlik, maishiy va boshqa xizmat turlari kiritilgan.
    Yaqin kelajakda kompyuterni dasturlashtirish, shuningdek savdo hamda umumiy ovqatlanish xizmatlari bo'yicha eng yuqori o'sish sur'ati 2,4 barobar ortishi kutilmoqda. Sog'liqni saqlash, turistlik, maishiy va texnologik uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash bo'yicha xizmatlar sohasida o'sish 2,3 barobar bo'lishi prognoz qilinmoqda. Dastur shuningdek O'zAAA ko'rsatuvchi yangi xizmatlar turlarini prognozlashtirilgan rivojlantirish parametrlarini ham qamrab oladi. Ular qatoriga kommunikatsiya (kompyuter va abonentlik terminallarini ta'mirlash), interaktiv televidenie, videotelefoniya, kompyuter texnikasini, mobil telefonlarni va boshqalarni ta'mirlash sohasidagi korxonalarda texnik xizmat servislari kiradi.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida 2006­2010 yillarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2006 yil 17 apreldagi qarorida belgilangan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda solig'i hamda yagona soliq to'lovi bo'yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2017 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi. Shu munosabat bilan yangi xizmatlar ro'yxati tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra ko'rsatilgan soliq imtiyozlari ta'sir qiladi.
    2012 yilning II choragidan boshlab qishloqjoylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal maishiy texnika ta'mirlash bo'yicha ustalar va boshqalar) qat'iy belgilangan soliq to'lashdan 3 yil muddatga ozod etiladi. Qarorga muvofiq "Mikrokreditbank" OATB mablag'lari hisobidan 2012-2016 yillarda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirishga yo'naltiriladigan imtiyozli kreditlar 189,9 mlrd. so'm deb belgilandi. Ajratiladigan imtiyozli kredit resurslari xizmat ko'rsatish sohasining yangi obyektlarini barpo etishga, shuningdek xizmat ko'rsatishga ixtisoslashtirilgan amaldagi tadbirkorlik sub'ektlarini texnik va texnologik jihozlashga (qayta jihozlashga) maqsadli tarzda yo'naltiriladi.
    Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2012 yilning I choragida iqtisodiy faoliyatning barcha turlari bo'yicha bozor xizmatlarining umumiy hajmi 10,8 trln. so'mni tashkli etgan bo'lib, bu o'tgan yildagi davrga qaraganda 12,5 % o'sishga ega bo'lgan. Mazkur sohaning bozor islohoti tahlili transport sektoridagi xizmatlarning eng yuqori joylashuvini ko'rsatmoqda. Joriy yilning I choragida uning solishtirma og'irligi umumiy hajmda 29,5% ni tashkil etdi. Ekspertlar buni davlatimiz Prezidentining 2010 yil 21 dekabr sansidagi "2011-2015 yillarda infratuzilma, transport va kommunikasiyalar qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish dasturi to'g'risida " gi qarorining O'zbekiston transport tizimini rivojlantirishga qo'shimcha impuls deya baholamoqdalar. Transport infratuzilmasiga kiritilishi rejalashtirilgan ($6,9 mlrd.) qo'yilmaning 48,9% - avtotransport infratuzilmasini, 22,9% - temir yo'l infratuzilmasini va 9,4 % - aviasion transportni modernizatsiyalashga sarflanishi prognozlashtirilgan.
    Hukumat qarori doirasida avtomobil va temir yo'llari, ko'priklar modernizatsiyalanmoqda, avtotransport vositalari parklari, temir yo'l lokomotivlari va vagonlar parklari yangilanmoqda, yangi o'rta va uzoq masofaga parvoz etuvchi yo'lovchi kemalar o'zlashtirilmoqda. I chorakda 19,5% ulushga ega transport, shuningdek savdo va umumiy oqatlanish xizmatlariga O'zbekistonda ko'rsatilgan bozor xizmatlarining qariyb yarimi to'g'ri keldi. 2012 yilning I choragida chakana tovar aylanmasi hajmini 11% oshirilishi oziq - ovqat mahsulotlari, kundalik extiyoj mollariga bo'lgan talabning ortishi bilan izohlanadi.
    Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yilda respublikada 98,4 ta chakana savdo ob'ekti hiobdan o'tgan. Supermarket, do'kon va savdo pavilonlarining soni 32 dan 35 ortgan. Chakana savdo obyekti va umumiy oqatlanish sohasiga 65 mingdan ortiq korxona va tashkilotlar jalb etilgan. Ekspertlarning qayd etishicha mamlakatda chakana savdo hajmining ortib borishining yana bir omili sifatida plastik kartalar orqali to'lovlarni amalga oshirish tizimi dinamik sur'atlari bilan rivojlanishi bilan izohlamoqdalar.
    Bandlikning dinamik rivojlanishi saqlanib qolgan soha - aloqa va axborotlashtorish xizmatidir. I chorakda ko'rsatilgan bozor xizmatlaridagi umumiy hajmining 6,8% ni tashkil etdi. O'sish esa 2011 yildagi muvofiq davrga nisbatan 33,2% ni tashkil etgan.
    Aholiga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatish va yurtdoshlarimizning turmushi darajasini yaxshilash yuzasidan mamlakatimizda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
    . Jumladan, xalqimiz farovonligini yuksaltirish maqsadida 2009 yil - “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, deb e’lon qilinib, qishloqlarimiz infratuzilmasini tubdan yaxshilash, zamonaviy uy-joylar barpo etish, qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan alohida davlat dasturi tasdiqlandi. Ana shunday ulkan o‘zgarishlarning tashabbuskori bo‘lgan Prezidentimiz Islom Karimovning 2012yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida ushbu sohani rivojlantirishga yana bir bor e’tibor qaratilib, 2013yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish ko‘lamini yanada kengaytirish alohida o‘rin tutishi zarurligi alohida ta’kidlandi.
    Qabul qilingan Davlat dasturi asosan quyidagilarga yo‘naltirilgan:

    • qishloq aholi punktlarining arxitekturaviy rejalashtirilishini tashkil etish, qishloqda turar-joy va ijtimoiy soha ob’ektlari barpo etilishini loyihalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish;

    • qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish asosida qishloqdagi turmush sifatini oshirish;

    • mamlakatimizning o‘zida qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish, yig‘ma konstruksiyalar va mahalliy materiallardan foydalangan holda, qishloqda ob’ektlar qurilishining industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etish va boshqalar.

    "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturiga muvofiq qishloq qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifat jihatidan yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishida uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida 2009 yil 30 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1083-sonli qarori bilan “Qishloq qurilish bank”i tashkil etildi.
    Namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurilishiga oid normativ-huquqiy hujjatlar quyidagilar hisoblanadi:

    • “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi PQ-1046-sonli qarori;

    • «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi PQ-1083-sonli qarori;

    • «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankining faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 martdagi 90-sonli qarori;

    • «Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 3 avgustdagi PQ-1167-sonli qarori;

    • «Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 maydagi 148-son qarori;

    • «Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish chora-tadbirlari

    to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 26 oktyabrdagi 280-sonli qarori;

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini ko‘p martalik transh bo‘yicha moliyalashtirish dasturini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora- tadbirlar to‘g‘risida" gi 2012 yil 11 yanvardagi PQ-1683-sonli qarori;

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 14 yanvardagi “2012 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1687-sonli qarori;

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 oktyabrdagi “2013 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda uy-joylar qurilishi bo‘yicha dasturni tayyorlash choralari” to‘g‘risidagi 291-sonli qarori;

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 4 yanvardagi “2013 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha individual uy-joy qurilishi bo‘yicha dastur to‘g‘risida”gi PQ-1902-sonli qarori.

    Mamlakatimizdagi "Qishloq qurilish invest“ injiniring kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 3 avgustdagi PQ-1167-sonli qaroriga muvofiq qishloq joylarda uy-joy qurilishini tashkil etish bo‘yicha yagona buyurtmachi tashkilot hisoblanadi.
    "Qishloqqurilishloyiha" MCHJ esa qishloq aholi punktlarini arxitekturaviy jihatdan rejalashtirishni tashkil etish va qishloq qurilishini loyihalashtirish tizimini tubdan yaxshilash, shu asosda qishloq qiyofasini tubdan o‘zgartirish maqsadida tashkil qilingan korxona hisoblanadi.
    O‘zbekistonda namunaviy uy-joy qurilishini tashkil qilishning namunaviy loyihasi "Qishloqqurilishloyiha" loyiha instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan uy-joy loyihasi bo‘lib, zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini yurtimiz mintaqalarining tabiiy iqlim sharoitlarini va joylarning relefini, ijtimoiy demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlanadi.
    Namunaviy uy-joy qurilishi fuqarolarga kredit berish yo‘li bilan iste’molchilarga sotiladi va fuqarolarga kredit ajratish shartlari quyidagicha:

    • muroj aat qilgan kunida 18 yo shga to ‘ lgan;

    • kreditga layoqatli qishloq fuqarolariga;

    • namunaviy loyiha bo‘yicha uy-joy qiymatining 25 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich badalini to‘plaganlaridan so‘ng;

    • eng kam ish haqining 1000 barobarigacha (shuningdek, uy-joy smeta qiymatining 75 foizigacha);

    • imtiyozli foiz stavkasi bilan;

    • asosiyqarzniqaytarishbo‘yichabiryilmuddatgaimtiyozlidavrbilan;

    • 15 yil muddatgacha kredit ajratiladi.

    Aholi tomonidan kredit olish esa quyidagicha belgilangan:

    1. Qishloq qurilish injiniring kompaniyasining tegishli filialiga murojaat qilib, namunaviy loyihani tanlaydi va dastlabki shartnomani tuzadi.

    2. Loyiha qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi mablag‘ni omonatga qo‘yib, kredit olish uchun tegishli hujjatlarni bankka taqdim etadi.

    3. Bank tomonidan dastlabki badal qo‘yilgani va kredit ajratishga ijobiy xulosa berilganidan so‘ng QQI IK xududiy filiali bilan uy-joy qurilishi uchun asosiy shartnoma imzolanadi.

    4. QQI IK bilan tuzilgan shartnoma asosida qurilish bosqichma-bosqich moliyalashtiriladi. Bunda avval 25 foiz avans to‘lovlari, ular moliyalashtirilganidan so‘ng kredit, keyin yakuniy to‘lov amalga oshiriladi.

    5. Ob’ekt davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va uy-joy egasiga topshiriladi.


    Yüklə 141,9 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin