Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha prorektor, Professor Teshaev O. R


Teri kasalliklarining umumiy belgilari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə2/6
tarix03.04.2017
ölçüsü0,55 Mb.
#13304
1   2   3   4   5   6

Teri kasalliklarining umumiy belgilari


Dermatologiya – terining tuzilishi, vazifalarini me’yorida va patologiyada o’rganibgina qolmay, teri kasalliklarini organizmdagi turli patologik holatlardagi uzaro bog’liqligini, turli kasalliklarning sababi va patogeneziini o’rganib ularni tashhis qo’yishni bilish , davolash, profilaktika tadbirlari uslubini ishlab chiqadi.

Teri va ko’rinuvchi shilliq qavatlar - doimo o’suvchi , differenstiyalanuvchi va regenrastiyalanuvchi to’qimalardan iborat. Bu jarayonlarning buzilishi u yoki bu dermatozlarni rivjlanishiga olib keladi. Bunday holda adaptatsion-kompensator mexanizmlar teri shilliq qavatlarning me’yoriy funkstiyalarini ta’minlab bera olmaydi. Obligat zararlovchilar (konstentrastiyali kislotalar, ishqorlar, nur energiyasining katta dozalari, yuqori xarorat) bundan mustasno. Tashki muxitning doimiy ta’siridan tashqari teri doimo butun organizmning yoki uning ayrim bir tizim kasalliklari natijasidan endogen omillari bilan ta’sirlanib turadi. Bu esa o’z navbatida dermatozlarning etiologiya va patogenezi turli xil ekanligidan dalolat beradi.

Shu sababli teri kasalliklar bilan xastalangan bemorga faqatgina terini zararlanishiga qarab baho berish noto’g’ridir. Dermatozlarga tashhis qo’yishda organizmning umumiy holati , ichki a’zo va tizimlarni holati hamda bemorni ijtimoiy xoli, kasbi, zararli odatlarini inobatga olish kerak.

Teri kasalligi bo’lgan bemorlarni tekshirish boshqa kasalliklarni tekshirishdan prinstipial ajralmaydi, faqatgina maxsus tekshiruvlar Bilan tuldiriladi, masalan teridagi jarayonni to’liq bayon etish. Shu bilan birga maxsus tashhislash uslublari qo’llaniladi.



Dermatozlarni tashhisiy baholashga sindromal yondoshish.
Dermatozlarni tashhislashda bemorlarni mukammal surab-surishtirish, teri qoplamlari va ko’rinadigan shilliq qavatlarni ko’zdan kechirish va tekshiruvni o’z ichiga oladi. Bemor shikoyati va kasallik rivojlanish xususiyatlarini aniqlash birlamchi o’rin egallaydi.

Teridagi toshma va qichishishlar bemorlarning asosiy shikoyatlaridir. Teridagi patologik o’zgarishlarni turli variantlarda uchrashi va sub’ektiv xislarning xarakteri bir qator sindromlarni farqlashga imkon beradi. Shu sindromlarga asosan ko’pincha uchraydigan dermatozlarni klassifikastiyalash qulay. 3 ta sindrom mavjud:



  1. Teridagi toshma qichima bilan

  2. Teridagi toshma qichimasiz

  3. Ajralmalar sindromi.

Bemor shikoyatlarini sindromal baholash dermatozlarni tashhislashning birinchi bosqichi bo’lib hisoblanadi.

Teri toshmalarining kliniko-morfologik xususiyatlarini yoki sub’ektiv xislarning (qichima) detallashtirishni baholash ikkinchi bosqichdir.

Bu vazifalar teri va shilliq qavatlarni umumiy va maxsus terini tekshirish usullari – paypaslash, diaskopiya, skarifikastiya, dermagrafizmni aniqlash kabi mukammal tekshiruvlar natijasida yechimini topadi.
Terini ko’zdan kechirish, toshmalarning morfologik elementlarini aniqlash

Barcha teri qoplamalarining umumiy ko’rigi kunduzi yaxshi yorug’lik tushuvchi iliq xonada o’tkaziladi. Terining rangi, turgori, elastikligi, xarorat va ter ajralishining simmetrikligi, tirnoq va sochlarning holati baholanadi. Og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining ko’rigi tiniq yo’naltirilgan elektr nuri yordamida olib boriladi.

Toshma elementlariga alohida ahamiyat beriladi.

Dermatologiyaning fan sifatida shakllanishi terida yuzaga keluvchi barcha toshmalarni yagona morfologik klassifikastiyasi, ya’ni dermatologik alifbo kiritilgandan so’ng mumkin bo’ldi.

Barcha teri kasalliklari umumiy organizmning kasalligidir. Shunga ko’ra kasallik belgilari faqat teridagina bo’lib qolmay, turli xildagi umumiy belgilar bilan bir qatorda ichki organlarni asab va boshqa a’zolarni faoliyatini buzilishi bilan birgalikda kechadi. Shunga qarab sub’ektiv va ob’ektiv belgilarni ajratamiz.

Sub’ektiv belgilar bemorlarni shikoyati: og’riq, qichinish, tortishib qolish, paresteziya – sezuvchanlikni kamayishi, badan uvishishi, isitmasi, yomon uxlash, asabni buzilishi.

Ob’ektiv o’zgarishlar esa terida toshmalar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bu toshmalar yallig’lanib va yallig’lanmasdan o’tadi.

Teri toshmasi morfologik elementlar deb ataladigan ayrim elementlardan iborat bo’ladi. Bular birlamchi va ikkilamchi elementlarga bo’linadi. Birlamchi – bu qanday bo’lmasin, biror ekzo yoki endogen ta’sirotga javoban birinchi bo’lib, kelib chiqqan reaksiyaga aytiladi. Ikkilamchi element birlamchi elementlarning evolyustiyasi natijasida paydo bo’ladi. Ikkilamchi elementlarning xarakteriga qarab ko’pincha birlamchi elementning qanday bo’lgani hakida bilish mumkin. Birlamchi elementning 8 xili bor: dog’, tuguncha, do’mbokcha, tugun-infiltrativ elementlar, pufakcha, pufak, yiringli modda, qavarchiq (bo’rtmacha) – ekssudativ.

Xar bir elementning klinik morfologik xususiyatlarini, uning terining kaysi qavatida joylashganini, element evolyustiyasi xarakteri va buning oqibatini bilish zarur.

Birlamchi infiltrativ toshma elementlari


Dog’ (macula) – terining rangi o’zgarib qolgan joyda paydo bo’ladigan toshma. Yallig’lanadigan va yallig’lanmaydigan bo’ladi.

Yallig’lanadigan dog’lar derma so’rg’ichli qavatidagi yuza tomirlarning vaqtincha kengayishi natijasida paydo bo’ladi. Ular pushti, qizil ba’zan ko’kimtir tusli bo’lib, bosib ko’rilganda yo’qolib ketadi.



Rozeola – kattaligi yasmiqdan tortib 15-20 t tangaga boradi.

Eritema – kattaligi kaft bilan baravar va undan kattarok.

Yallig’lanadigan dog’lar ko’pincha asoratsiz yo’qolib ketadi, urnida vaqtincha po’sti kuchib qoladi yoki pigment to’planib turadigan kichikroq joy qoladi. Gush, moxov, dermatit, zaxm kasalliklarida shunday dog’lar ko’riladi.

Yallig’lanmaydigan dog’lar tugma yoki orttirilgan xollar, pes, teleangioektaziyalar (yurak-qon tomir kasalligida, jigar xastaligida).

Pigmentli dog’lar epidermisning bazal qavatida melanin pigmenti ko’p hosil bo’lishi tufayli paydo bo’ladi. Pigment ortikcha kup bulsada, bu xol giperpigmentastiya dog’lar deyiladi (xollar, sepkil, xloazma), yetishmasa depigmentlangan dog’lar (albinizm, pes). Kup pigment to’plangan joyda pigment kamayib qolgan joylarni dog’larni leykoderma deb ataladi.

Gemorragik dog’lar qon tomirlar yorilganda paydo bo’ladi. Bosib ko’rilganda ular yo’qolib ketmaydi va shu bilan yallig’lanadigan dog’lardan farq qiladi. Bu dog’larga petexiyalar (kattaligi nuqtadek); purpura – tirnoqdek dog’lar; ekximozlar – noto’g’ri shakldagi yirik dog’lar.

Tuguncha (papula) teri sathidan ko’tarilib turadigan bo’shliqsiz element. Papula malpigiy qavatining kalinlashuvi tufayli epidermisdan kelib chiqadi (akantoz) – epidermal papula.

Dermal papula esa yuza tomirlar turi atrofida hujayra infiltrati paydo bo’lishi natijasida dermaga yuzaga keladi. Bundan tashqari epidermo-dermal papulalar uchraydi. Rangi misdek qizil, pushti, kukish qizil bo’lishi mumkin. Katta kichikligi bo’yicha:



  1. miliar – to’g’nag’ich boshidek

  2. lentikulyar – yasmiqdek

  3. nummulyar – 15-20 tiyinli tangadek

Yirik papulalar pilakchalar deb ataladi. Papulalar barxam topganida infiltrati so’rilib ketadi. O’rnida vaqtincha pigmentastiya yoki depigmentastiya qoladi, keyin yo’qolib ketadi, chandiq hosil bo’lmaydi.

Do’mbokcha (tuberculum) – bo’shliqsiz, o’tkir yallig’lanishga aloqasi yo’q, teri yuzasidan ko’tarilib turadi. Dermaning retikulyar qatlamida hujayra infiltrati to’planib qolishi tufayli kelib chiqadi. Rangi kukish aralash sargish yoki kungir qizil. Kattaligi yasimkdek. Shakli yarimsharsimon. Do’mbokcha infiltratida monostitlar, epitelioid va gigant hujayralar, ya’ni do’mbokcha granulyoma bo’lib hisoblanadi. Keyinchalik do’mbokcha nekrozga uchraydi, keyin yara hosil bo’ladi (qo’ngir qizil qoraqurt po’st bilan qoplanib turadi). Po’st tushib ketganidan keyin chandiq qoladi yoki quruq nekroz va atrofiya. Do’mbokcha zaxm, sil, moxov va boshqa kasalliklarda kuzatiladi.

Do’mbokchani papuladan farqi: terida chuqur joylashadi. Papula yara qoldirmaydi, chandiq qolmaydi. Do’mbokcha esa nekroz, yara, chandiq qoldiradi.

Tugun (nodus) – teri damidan ko’tarilib turadigan, bo’shliqsiz, infiltrativ element. Do’mbokchadan farqi: katta bo’lishi va chuqur teri ostidagi yog’ kletchatkasida yotadi. Kattaligi olchadan yong’oqgacha va kattarok. Tugun bu granulyomadir, chunki infiltrati limfostitlar, epitelioid va gigant hujayralar to’plamidan tashkil topgan. Tugunning qattiq yumshoqligi har xil bo’ladi. Keyinchalik tugun yorilib, ichidan ekssudat chiqadi – u elipsimon, qon aralash va yiringli bo’lishi mumkin. Yorilgandan keyin o’rnida yara yamoq yoki chandiq qoladi. Tugun zaxmda, teri silida, moxovda va Borovskiy kasalligida kuzatiladi. Bemorda tugun va do’mbokcha bu kasallikning surunkali tus olganligi ko’rsatiladi.

Birlamchi ekssudativ toshma elementlari – pufakcha, pufak, pustula (modda) va qavarchiq.

Pufakcha (vesicula) – o’tkir yallig’lanish xarakteriga ega, kovakli element, ichi seroz suyuqlik bilan to’la. Pufakcha epidermis hujayralari orasida joylashadi yoki derma bilan chegaradosh joyda. Teri satxidan ko’tarilib turadi. Pufakcha yo tangacha bilan qoplanib, surilib ketadi, yoki yorilib eroziya qoraqo’tir po’st bilan qoplanadi va iz qoldirmasdan tushib ketadi. Yallig’lanib qizarib turgan joyda hosil bo’lgan bir gruppa pufakcha gerpes deb ataladi. Pufakchalar ekzema, dermatit, pufakchali temiratki chilla yara va boshqalarda kuzatiladi.

Pufak (bulla) – ichi kovak ekssudatli element. Joylashishi:


  1. shox qatlam tagida – subkorneal

  2. tikansimon qavat bag’rida – intradermal

  3. epidermis bilan derma orasida – subepidermal tarzda

Pufak ichida suyuqlik tiniq yoki loyqaroq, otar leykostit, mikroflora, eritrostit o’tsa gemmoragik, ya’ni qon aralash bo’lishi mumkin.

Pufak yorilib erroziyaga aylanadi va iz qoldirmasdan bitib ketadi yoki pufak ichidagi suyuqlik ko’rib, qoraqo’tir po’st qoladi, keyin tushib ketadi.

Pustula modda kovakli element, teri yuzasidan ko’tarilib turadi, ichida yiring. Pustula tabiatan o’tkir yallig’lanishga alokador. Kattaligi tugnagich boshidan olgandek, yarimsharsimon, yassi, konussimon shaklida. Yuza pastula epidermisda joylashgan, impetito. Chuqur pustula dermada yoki teri osti yog’ kletchatkasida joylashgan. Pustulalar soch follikulaga nisbatan qay tariqa joylashishiga qarab:


  1. follikulyar – etiologiyasiga qarab stafilokokk (soch follikuli bilan bog’langan).

  2. Nofollikulyar – streptokokk.

Pustula – ko’rib – po’st – eroziya – yiringli pust bilan qoplangan, chandiq qolmaydi. Chuqur pustulalar – yara – qoraqo’tir po’st – chandiq.

Qavarchiq (urtica) – bo’shliqsiz teri ustidan ko’tarilib turadi. Doim o’tkir yallig’lanish bilan kechadi. Dermaning so’rg’ichli qavatida serozli shish paydo bo’lishi natijasida vujudga keladi. Rangi cheti pushtisimon qizil gardishi bor. Kattaligi no’xotdan tortib katta odamning kaftidek. Qavarchiq iz qoldirmaydi bir necha soat mobaynida yo’qolib ketadi.

Ikkilamchi morfologik elementlar. Ular birlamchi toshmalarni asoratlaridir.


  1. ikkilamchi dog’ – terida birlamchi toshmadan keyin qoladigan dog’. Kattaligi birlamchi toshmalar hajmida. Rangi oq, pushti, qizg’ish tusda. Birlamchi dog’ tuguncha, pufakcha, pufak, yiringcha, ikkilamchi dog’ qoldiradi, ular 1-2 xaftadan keyin yo’qolib ketadi. Ikkilamchi dog’lar pigmenti miqdoriga qarab giperxromik, axromik bo’ladi.

  2. Tangachalar (squama) – cheshuyka bu shoxsimon qavatning ko’chib tushadigan hujayralari. Ular mayda, kepakka o’xshash va yirik, kirib ko’rilsa, og’riqsiz va oson ko’chadi – psoriazda, qiyin ko’chadi – qizil volchankada. Dog’lar, papula ba’zan do’mbokcha va boshqa elementlar tangachalar bilan qoplangan. Kipiklanish xodisasi asosida parakeratoz va giperperatoz.

  3. Qoraqo’tir po’st – qatqaloq (crusta) u birlamchi pufakcha, pufak, yiringcha va chuqur yaralar kabi toshmalar tarkibidagi tiniq yoki yiringli suyuqlikning kirishi natijasida paydo bo’ladi.

  4. Eroziya – pufakcha yoki yuza pustula erilganidan keyin hosil bo’ladi.

  5. Yara (ulcus) – birlamchi toshmalar tugun, do’mbokcha, o’smalar chuqur yarachalar asorati. Derma yoki gipodermada hosil bo’ladigan chuqur nuqson.

  6. Yoriqlar (fissura) – terining chiziqli nuqsoni, teri o’z elastikasini yo’qotganidan yoki o’tkir infiltrativ yallig’lanish paytlarida yuzaga keladi.

  7. Chandiq rubest (cicatrix) – terining chuqur nuqsonli joylarining tugun, do’mbokcha, chuqur pustula tartibsiz ravishda qo’shimcha to’qimalar bilan bitishi.

  8. Lixenifikastiya – terining qalinlashuvi. Bunda teridagi chiziqlar aniq bilinib, kuruk gadir budur bo’lib kuzga tashlanadi. Teri giperpigmetlanadi. Surunkali yallig’lanish bilan o’tadigan kasalliklarda neyrodermit, surunkali ekzema va boshqa.

  9. Vegetastiyalar bu xodisa papulalar, yaraning tubidagi ko’pincha teri burmalaridagi so’rg’ichlar va epidermisning o’sib ketishi.

  10. Ekskoriastiyalar – bu elementtlar terining qichima kasalligida, terining xadeb qashlayverish natijasida paydo bo’ladigan chiziq-chiziq chakalanishi.


element


Teri satxidan ko’tariladigan teri satxidan ko’tarilmaydigan

Бўшлиqсиз

пролифератив

Бўшлиqли


экссудатив



пятно

тугунча


йирингча

пуфакчаазырек

дўмбоqчабугорок

тугун

qавариq

пуфак

0,5смгача

Узоq ваqт саqланиб, изсиз йўqолади



0,5 то 1 смгача

Узоq ваqт саqланиб, яраланади, чандиqланади



1 см ва катта,

Терини чуqур qаватларида, Узоq ваqт саqланиб, яраланади, чандиqланади




1 смгача ва катта, тез ва изсиз йўqолади.

Катталиги ва эксудат характери билан фарq qилади.

0,5 то 1 смгача

Бўшлиg’ида йирингли экссудат,

яраланади, чандиqланади Тери ортиg’лари билан боg’лиq бўлиши мумкин.

Псориаз

Кизил ясси темиратки, Иккиламчи захм



Лейшманиоз

Мохов


Терисили

Учламчи захм



Эшакеми

пиодермиялар

Экзема

Учуq


Дерматит

Пўрсилдоq яра

Буллез

токсикодермия



Яллиg’ланишли

Яллиg’ланишсиз

бирламчи

депигментация

гиперпигмент

Витилиго


Иккиламчи захм(лейкодерма)

сепкил


Томирли

Босиб кўрилганда йўqолади



Босиб кўрилганда йўqолмайди

геморрагия



Пуштиранг темиратки

Токсикодермия

Иккиламчи захм

Инф эритема



Аллергические

васкулитлар




DERMATOZLARNI TASHHISLASHDA SINDROMLAR




SINDROMLAR




dermatozLAR

NING NOMI

1


TOSHMALI TERI QICHISHI




Bitlash

Qo’tir

Dermatitlar

Toksikodermiya

Neyrodermatozlar

Ekzema

Eshakemi

2

Toshmasiz teri qichishi

Eritematoz va pigmentli dermatozlar

Seboreya

Alopestiya

Fotodermatitlar

Dermatofitiyalar

Vitiligo

Melanoma

Xloazma

2 rozeolez zaxm

Papulez dermatozlar

Psoriaz

2 papulez zaxm

Qizil yassi temiratki

So’gallar

Pustulez dermatozlar

Xusunbuzar

Piodermiyalar

Psevdofurunkulez

2 pustulez zaxm

Do’mboqchali va tugunli dermatozlar

Moxov

Teri leyshmaniozi

Teri raki

3 lamchi zaxm

Vezikulez i bullez dermatozlar

Po’rsildoq yara

Uchuq

Eroziv-yarali dermatozlar

1lamchi zaxm

Genitalnыy gerpes

OITS

3


AJRALMALAR

SINDROMI




Bakterial vaginoz

Balanopostit

O’tkir so’zak

Trixomoniaz

Kandidoz

xlamidioz

Toshmali teri qichishishi yoki toshmasiz kechadigan teri qichishishi bilan og’rigan bemorlarda subektiv sezgilardan terida achishish, terini tortishishi, ba’zan yallig’lanish o’choqlarida og’riq, xar xil intensivlikdagi sanchish xissi seziladi.

Qichishishning xarakteri alohida e’tiborga molek bo’lib, kasallikning asosiy simptomi, yoxud toshmani yo’ldoshi bo’lishi mumkin. Qichishning o’ziga xosligini aniqlash muhim ahamiyatga ega( doyimiy, davriy, qiynovchi, tungi, toshma bilan birga seziladigan, teggandagi, vaqti vaqti bilan)

Toshmasiz, tarqoq teri qichishishi. (pruritus cutaneus)
Tarqalgan teri qichishishi, og’riqdan kuprok bemorlarga aziyat etkazib, birinchidan bemor hayotining sifatini buzadi. Bemor kechalari uxlamaydi, asabi buzilib, yakin kishilari orasidagi uzaro munosabati keskinlashadi, doimiy charchash ishlashiga xalal beradi. qichishishga chidash, ko’pincha og’riqka chidashdan ko’ra kiyinrok bo’ladi. Bolalar bulsa yaxshi rivojlanmasdan tengdoshlardan orkada kolib ketadilar. Og’riqni analgetiklar yordamida qoldirish mumkin, ammo qichimaga karshi samarali vosita yuk. Shuning uchun kup xollarda shifokorlar bu xil be’morlar oldida ojizlar. Ikkinchidan, teri qichishishi albatta teri kasallik yoki sistem, ichki a’zolar kasalligi borligini ko’rsatadi. Bu qichishish sababini topish uchun, xar bir kasallikni bittadan ko’rib chiqib, asosiy sabab bo’lgan kasallikni topilishi lozim.
Tarqoq teri qichishishi bilan murojaat kilgan bemorni tekshirish rejasi:

Birinchi tashrif.



  1. Kasallikning batafasil anamnezi.

qichishishdan avval toshmalar toshganligi.

qichishish sababli uyqu buzildimi? (qichishish darajasini baholang)



  1. Umumiy holat: ozish, charchash, xarorat ko’tarilishi.

  2. Yakin oradagi psixo-emostional o’zgarishlar bo’lganligi.

  3. Terini tarqoq qichishishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan dorilarni kabul kilganligi.

  4. Terini diqqat bilan ko’zdan kechirib, allergodermatozlar, parazitar (qo’tir, bitlash, va boshqa) kasalliklarga, kserodermiyaga xos belgilarni izlash. (kiyimlaridan, kiyim biti va sirkasini izlash)

  5. Jismoniy tekshiruvlar, bari limfa tugunlarini palpastiya kilish.

  6. Dermografizmni aniqlash.

Takroriy tashrif.

Agarda simptomatik davo engillik bermagan bulsa quyidagi muolajaalar kilinadi:


  1. Dermatolog maslaxati.

  2. Kukrak kafasi rentgenogrammasi.

  3. Ichki a’zolarni tekshirish.

  4. Laborator tekshirishlar: E.Ch.T (SOE), konda kand miqdori (naxorda), buyrak faoliyatini ko’rsatgichlarini, jigar faoliyatini biokimyoviy ko’rsatgichlari, virusli gepatitlar serodiagnostikasi, kalkonsimon bez faoliyatini tekshirish, axlatni gelmint va ularni tuxumlariga tekshirish.

  5. Agarda tashhis noanikligicha kolsa to’liq onkologik va ayollarda ginekologik tekshiruvlar o’tkazish zarur.



Tarqoq teri qichishi (differenstial diagnostikasida) sababi bo’lishi mumkin kasalliklar: №4


  1. Endokrin kasalliklar va metabolik o’zgarishlar

  • Tireotoksikoz

  • kandli diabet

  • Gipotireoz

  • Surunkali buyrak etishmovchiligi




  1. ¨mon fe’lli usmalar

  • Limfomalar, leykozlar

  • Mieloma kasalligi

  • Boshqa yomon fe’lli usmalar




  1. Parazitlar

  • qo’tir (doimo uziga xos toshma toshaver-

masligi mumkin)

  • Kiyim bitlari

  • Ankilostomidozlar

  • Stress

  • Doimiy

  • Psixogen teri qichishishi (depressiya, xavotirli o’zgarishlar)

  • Nevrotik ekskoriastiyalar

Dori va narkotik vositalarga nisbatan allergiya

  • Aspirin

  • Dekstran

  • Kadein

  • Morfin

  • neqatoroz, uninarioz)

  • Onxosterkoz

  • Askaridoz




  1. Jigar kasalliklari

  • Ut yullari, abstrukstiyasi

  • Birlamchi biliar stirroz

  • Jigar hujayralari ichidagi xolestaz (xomiladorlikda)




  1. kon kasalliklari

  • Eritremiya

  • Temir tankisligi anemiyasi

  • Leykoz




  1. Ruxiy o’zgarishlar

O’tib ketuvchi

  • Polimiksin V

  • Skopolamin

  • Tubakurarin xlorid

  • Etanol

Turli xil

  • Kserodermiya

  • kariyalar teri qichishishi (kseroz)

  • Xomiladorlar teri qichishishi dermatozi

  • Shisha-tolasi bilan kontakt

  • Teri kasalliklari




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin