Talaba bajaradi. 1.Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar yo‘ldoshlarni yozib qo‘shadilar.
2.Ularni asosiy so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiradilar.
3.Bu yo‘ldoshlarda kichik yo‘ldoshlar bo‘lishi mumkin.
4.Yozuvni ajiratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugaguncha davom ettirishlari mumkin.
Klaster tuzishga savollar to‘plami. 1.O‘zgarmas toklarning organizmga ta'siri qanday?
2.Impulsli toklarning organizmga ta'siri qanday?
3.Fizioterapevtik muolajalarni qo‘llash usullari.
4.Galvanizatsiyada qo‘llaniladigan klassik usullar.
5.Elektroforezning afzalliklari nimada?
6.Elektr uyqu muolajasini o‘tkazish metodikasi.
7.Diadinamoterapiyada qo‘llaniladigan fizik omillarning turlari va qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?
К
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar: “Miyaga hujum” “Miyaga hujum”bu metodika kishiing o‘z nuqtai nazarini isbotlash,himoya qilish himoya qilinayotgan nuqtai nazarini to‘g‘riligiga ishontirishga o‘rgatadi.
O‘qituvchi doska oldida turib, Masalan, “Elektroforez afzaliga” Talabalar ularni sanab o‘tadi:
1.
2.
3.
4.
5.
O‘qituvchi topshiriqni tahlili qilishda har bir talaba qatnashadigan bo‘lishini kuzatib boradi, bunda javoblarning birontasi ham izoxlab o‘tilmaydi va o‘rinsiz deb rad etilmaydi. Guruxda variantlar qolmagandan so‘ng muhokamaga kirishiladi. “Og‘riqni qoldirish qanday bo‘ladi? Suyakni bitishi qanday bo‘ladi deb uylaysiz?” kabi savollar bilan o‘qituvchi talabalar bilan birgalikda barcha variantlarni faol muhokama qiladi. Noto‘g‘ri variantlarni tanqidga oladi. Bilimni mustaxkamlash uchun to‘g‘ri javoblar yozib olinadi.
To‘g‘ri javoblar:
1.Dori moddalari terining yuza qismiga uning butunligini buzmagan holda yuboriladi.
2.Dori moddalari oshqozon-ichak yo‘li shilliq pardalariga ta'sir qilmaydi.
3.Dori moddalari teri ostida “depo” hosil qilib, ta'sir kuchini uzaytiradi.
4.Patologik o‘chog‘larda dori moddalarining ko‘p miqdorda yig‘ilishi mahalliy ta'sirni kuchaytiradi.
5.Dori moddalari organizmga ion holida yoki shaklida kiradi, bu esa uning farmakologik aktivligini oshiradi.
6.Bir vaqtning o‘zida organizmga har xil qutblardan ikki xil dori moddasining suyuqliklari yuborilishi mumkin.
7.Dori moddalari bilan zaharlanishda organizmdan dori moddalarini chiqarishda keng foydalanish mumkin.