O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor __________________ R. To‘rayev “ ____” ____________ 2023- yil
O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI fani SILLABUSI (Sirtqi ta’lim shakli 4- kurs) Bilim sohasi 100000 – Ta’lim Ta’lim sohasi 140000 – Ta’lim Ta’lim yo‘nalishi 5140600 – Geografiya
Termiz-2023 Sillabus TerDU ilmiy Kengashi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘quv dasturi (2023-yil”___”______”) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021 yil 16-iyuldagi 311-son buyrug‘ining 1-ilovasi “O‘zbekiston Davlat Standarti O‘zbekiston uzluksiz ta’limining Davlat Ta’lim Standartlari Oliy ta’limning Davlat Ta’lim Standarti Asosiy qoidalar” mundarijasining 5-§ “Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar” 10.2.4. “O‘quv dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ta’lim jarayoniga joriy etish qo‘yidagi tartibda amalga oshiriladi:” bandi va shu bandning 2-xatboshi talabiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
J.Bo‘riyev
-
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani sillabusi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining 2023-yil “____”-____________dagi “___”-son yig‘ilishida muhokama qilingan va fakultet Kengashiga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: __________ DSc, dots. A. Eshmuminov O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani sillabusi O‘zbek filologiyasi fakulteti Kengashining 2023-yil “___”____________dagi “___”-son yig‘ilishida muhokama qilingan va universitet o‘quv-uslubiy Kengashiga tavsiya qilingan.
Fakultet dekani: __________ _____ O. Shofiyev
Fanning sillabusi Termiz davlat universitetining o‘quv-uslubiy Kengashining 2023 yil “___”____________dagi “___”-son yig‘ilishi bayoni bilan tasdiqlangan va o‘quv jarayoniga foydalanishga tavsiya etilgan.
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: ____________ A. Ibragimov
Fan/modul kodi O‘TSQB121
O‘quv yili 2023-2024
Semestr VII
ECTS - Kreditlar 3
Fan/modul turi Majburiy
Ta’lim tili O‘zbek
Haftadagi dars soatlari 2
1.
Fanning nomi
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI
10
80
90
2
I.FANNING MAZMUNI Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarning o‘zbek tilida soha bo‘yicha nutqiy kompetentligini oshirish; mutaxassislikka oid og‘zaki va yozma nutqida sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalarga soha bo‘yicha egallagan bilimlarni yozma va og‘zaki ravishda o‘zbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish; sohada qo‘lanadigan terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qo‘llaniladigan hujjatlarning rasmiylashtirilishini ta’minlash, nutq uslublari, xususan, sohada ilmiy va rasmiy uslub imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish. Talabalarning o‘zbek tilidan yozma nutqini takomillashtirish va savodxonligini oshirish.
Fanning vazifasi - mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishishni ta’minlash; egallanayotgan soha bo‘yicha nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalarni o‘zbek tilining yozma va og‘zaki nutqi me’yor va qoidalari asosida mukammal o‘zlashtirishga va ularga nisbatan shaxsiy munosabatni o‘zbek tili adabiy normalariga muvofiq holda ifodalashga erishishni ta’minlashdan iborat.
II. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlar
№
Mavzular
Soat
1
“O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi” fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
2
2
Til va yozuv masalalari
2
3
O‘zbek tilining leksik qatlamlari.
2
4
Til va terminologiya.
2
5
Terminlarning yasalishi.
2
Jami
10
Izoh: Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
1-mavzu: “O‘zbek tilini sohada qo‘lanilishi” fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Tilning boshqa fanlar bilan aloqasi. Til va tafakkur. Til va ma’naniyat. “Davlat tili” tushunchasi. O‘zbek tili va davlat qonunlari.
2-mavzu: Til va yozuv masalalari Yozuv haqida umumiy tushuncha. O‘zbek yozuvlari tarixi. O‘zbek yozuvlarining rivojlanish bosqichlari. Grafika. Orfografiya.
3-mavzu: O‘zbek tilining leksik qatlamlari. So‘z - leksikologiyaning o‘rganish obyekti sifatida. So‘zlardagi birma’nolilik va ko‘pma’nolilik. Ijtimoiy leksika. Sohaviy leksika.
4-mavzu: Til va terminologiya. O‘zbek terminologiyasining taraqqiyot bosqichlari. Tilning lug‘at tarkibi. O‘zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug‘atlar. Akademik, ommabop va o‘quv lug‘atlari. Sohaviy lug‘atlarda terminlar. Tezaurus haqida ma’lumot.
5-mavzu: Terminlarning yasalishi Sohaviy terminlarning morfologik, sintaktik, semantik usul bilan yasalishi.
III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlar multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
IV. MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL ISHLAR “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fannini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va O‘zbek tilining nazariy masalalarini tahlil qilishda muayyan ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kefedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida mustaqil ishlar bajaradilar. Bunda ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganish hamda internet saytlaridan foydalanib, referatlar, ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydilar, amaliy mashgulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
Termiz davlat universitetida kredin-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnoma talablari asosida tashkil etiladi. Bu jarayon o‘qituvchi rahbarligida talaba mustaqil ta’limi va talaba mustaqil ishi turlari topshiriqlaridan iborat.
-seminar mashgulotlariga tayorgarlik ko‘rish;
- matn bilan ishlash;
- glossariy tuzish;
-taqdimot yaratish;
-seminar mashgulotini loyihalashtirish.
Mustaqil ta’lim va mustaqil ish topshiriqlari nazariy o‘qishning 15 haftasida belgilangan muddatlarda kontakt soatlarda va HEMIS OTM tersu.uz platformasida taqdim etilishi lozim.