Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə70/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

"TANQIDIY FIKRLASH"
VAZIFASI. Demokratik jamiyatda har bir fuqaro o‘z oldida turgan muammolarni oqilona echish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. SHu boisdan o‘quvchilarni darslarda ko‘proq bahsli tortishuvlarga sabab bo‘ladigan muammolar echimini topishga jalb etish lozim. Bahsli savollarni echish jarayonida o‘quvchilarda tinglash, muloqat olib borish, turyaicha fikrlarni taqqoslash, boshqa kishi taqdiriga befark qaramaslik kabi xislatlar shakllana boradi, masalalarni echish va tegishli hukm chiqarish, analitik fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, ma’lum ketma-ketlikda tafakkur yurgizish, to‘g‘ri echimlarni topish malakalari o‘zlashtiriladi.
O‘TKAZISH USULI.
Munozarali savollarni analitik-sintetik tahlil qilish va ob’ektiv fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun talaygina metodika mavjud. Ro‘y berayotgan vokelikni tanqidiy fikrlash asosida baxolash quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin:
1. O‘kuvchining o‘z fikrini erkin ifodalashi.
O‘quvchiga echimini topish uchun taklif etilgan muammo bo‘yicha o‘z o‘rnini aniqlab olishi uchun imkon beriladi.
  • O‘z fikrini oydinlashtirish.


O‘quvchilarning bildirgan fikrlarini yanada aniqlashtirish maqsadida ularga ko‘shimcha tarzda kuyidagi savollar beriladi: Bu bilan nima demokchisan? O‘z fikringni tushuntira olasanmi? Bu nima degani?


3. O‘kuvchilarning fikrlarini asoslanganligini tekshirish.
Bu erda kuyidagicha savollarning berilishi o‘rinlidir: Nima uchun sen aynan shunday deb o‘ylaysan? Fikringni tasdiqlovchi kanday asoslar bor? Nima uchun senda shunday ta’surot tugildi? qanday argumentlarni bildirgan fikring foydasiga keltirasan? Sening fikringni nima isbotlaydi? va hokazo.
4. Boshqalar fikrini o‘rganish.
Inson o‘z fikrining ojizligini xar doim ham tan olavermaydi va suhbatdoshining fikriga hurmat va extirom bilan qaravermaydi. Ayniqsa bu holatni ko‘proq o‘smirlarda kuzatish mumkin. SHubhasiz, ko‘p hollarda buning aksini ham ko‘rish mumkin. SHu bilan birgaliqda qator murakkab muammolarning echimini topishda o‘zgalar fikrini eshitish va tinglash ko‘nikmasi juda asqotadi. Bu ko‘nikmani o‘quvchilarda shakllantirishni xoxlasangiz, marhamat, kuyidagi savollar bilan murojaat qiling: O‘z fikringizga muqobil bo‘lgan xolatni bayon qila olasizmi? Bu hakda boshqalar nima deyishi mumkin? Tanqidga uchrashingiz mumkinmi?
5. O‘z holatini va o‘zgalar fikrini tahlil etish.
Bu haqda nafaqat o‘smirlar, balki kattalar ham ko‘pincha o‘ylashmaydilar. O‘quvchi xususiy fikri bilan to‘g‘ri kelmaydigan fikrlarni xam o‘zaro taqkoslash, ilmiy asoslangan holatni aniklash uchun fikrlar qarama-qarshiligini tahlil etishi kerak.
SHu maqsad uchun kuyidagi savollar asqotishi mumkin: O‘z fikringiz ojizligi nymada? karshi tomonning dalil-isboti nima uchun kuchli yoki nima uchun kuchsiz? kanday fikrlar sizning mavqeingizni mustahkamlaydi yoki uni kuchsizlantiradi?
O‘rganilayotgan muammo bo‘yicha har ikkala fikrlarning mantiqiy oqibatlarini o‘rganish uchun savollar: agar sizning g‘oyangiz qabul qilinsa, nimalar ro‘y berishi mumkin? Bu jamiyatga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Uning natijasi kelajakda foyda beradimi?
6. Muammo bo‘yicha echim qabul qilish.
Bu "tanqidiy fikrlash" metodining so‘ngi bosqichi hisoblanib, o‘quvchilar tomonidan bildirilgan turlicha fikrlar kaytadan baholanadi va mutanosiblik anikdanadi. Buning uchun qaysi natija eng kulay va ishonchli? Kimning chiqishi maqsadga muvofiq bo‘ldi? Siz bahsga kanday nuqta qo‘ygan bo‘lardingiz? va hokazo.
Huquqni juda yaxshi bilish mumkin biroq uni o`qitishni har qanday tajribali yurist ham eplolmaydi. O`qitish ham o`ziga xos fanki, uning o`z qonunlari, usullari va yo`llari mavjud. Har bir davlatda o`zining turli xil sharoitlarida (yaratilgan) huquq o`qitish an`analari shakllangan.

Yevropacha huquq o`qitish metodikasi tarixiga nazar solsak , u ko`p jihatdan ma`ruzaga asoslangan . O`quv jarayoning jonlanishi esa tomonlarning o`qituvchi va talabaning faoliyatini oshirishga bog`liq.


O`qitish metodikasi ma`lum maqsadga asoslanib tanlanadi. Xorijiy mamlakatlarning oliy o`quv yurtlarida o`qitish metodikasi ma`lum maqsadlar asosida ajratiladi, jumladan AQSHda huquq o`qitish talabalarning ommaviy yangiliklarni (bilishi) o`rganishi maqsadida yo`naltirilgan. Bu esa AQSH huquqiy oliygohining 90%bitiruvchi talabalari amalyotchi huquqshunos bo`lib ishlaydi. Yevropa mamlakatlarida shu bilan birga MDHda huquqshunoslarning ko`pchiligi davlat organlari tizimida, biznes (savdo-sotiq ) va boshqa faoliyat bilan band. Dunyoning boshqa mamlakatlarida ham ahvol shunday, masalan Yaponiyada bitiruvchilarning 20%, Avstraliyada 50% amaliyotchi yurist bo`ladi. Hozirgi kunda Mustaqil davlatlar hamdo`stligi mamlakatlarning olib o`quv yurtlarida o`qitishning interfaol usullaridan dars davomida kengroq foydalanishga qiziqish ortgan. Tan olish joizki , yevropacha huquq o`qitish usuli huquqshunoslikning har bir yo`nalishida o`ziga xos o`xshashlikka ega AQSHda huquq o`qitish yo`nalishi bilan (mutaxasisligi bilan ) farqlanadi. 1871 yili (1-marotaba) Garvort Universiteti huquq maktabi dekani Kristofer Kalumb Longdel tomonidan huquq o`qitishda Suqrot metodikasi (usuli ) kiritildi. Aflotun (Platon) ma`lumotlaridan, ishlaridan malumki, Suqrot ma`ruza o`qimagan, talabalarni mustaqil xulosalar chiqarishda undab, ularga savollar bilan murojaat qilgan. Suqrot metodikasi-talabalarning katta auditoriyalarda va guruhli mashg`ulotlarda foydalanilgan. XX-asr boshlariga kelib bu metod AQSH universitetlarining yuridik fakultetlariga qo`llanila boshlandi. Uning ko`pgina elementlarini Rossiya o`quvchilari ham huquqning turli tarmoqlarida o`qitish jarayonida unumli foydalana boshladilar.
Suqrot metodikasi darsda nafaqat o`qituvchining puxta tayyorgarligini balki talabalarning ham tayyorgarligini nazarda tutadi. Har bir talaba mashg`ulotga qadar o`tilishi lozim bo`lgan mavzuni mustaqil ravishda o`rganib chiqadi. Bu material taxminan 70-100 betga yaqin. Ma`ruzachida auditoriya rejasi mavjud bo`lib unda har qaysi talaba qayerda o`tirganini o`zi belgilab qoyadi. Ma`ruza boshidan-oyoq dialog tarzida ( tuziladi) olib boriladi. Ma`ruzachi suhbat davomida goh “xoxish bildirgan” talabaga goh istagan bir talabaga savollar bilan murojaat qilinadi. Bu usul anchagina mehnat talab va ta’sirchan usul bo`lib hisoblanadi. O`qituvchi talabalar bilan huquqiy holatlarni va prezidentlarni muhokama qilayotganda oldindan puxta tayyor bo`lishi kerak. Faqat ma`lum manbaga ega bo`lib qolmay, u munozaraga sabab bo`ladigan hamma jihatlarga tayyor bo`lishi shart.
Kichik auditoriyalarda ham bu usul qo`llaniladi. Suqrot metodikasi “bir o`q bilan bir necha quyonni uradi” desa bo`ladi.
-------birinchidan, talabalar mustaqil ishlashga ko`nikadilar, hech kimning yordamisiz savollarga javob topishiga to`g`ri keladi, fikr yuritishga undaydi.
------ ikkinchidan, talabalar huquq normalarini o`zlashtiradi, huquqiy jarayonlarining u yoki-bu tomonlaridagi o`zgarishlarni ko`rib chiqishga o`rganadi.
------ uchinchidan auditoriya oldida chiqish qilib, har bir huquqshunos uchun zarur bo`lgan erkin nutq madaniyati o`sadi. Suqrot metodikasi imkon darajasida MDH mamlakatlarida qo’llash mumkin. Ba`zan hatto o`sha ananaviy ma`ruza usullaridan ham voz kechib bo`lmaydi, hatto talabalar ma`ruzachidan mavzuni tushintirishni, hatto kengroq ma`ruza konspektini shakllantirishni kutadilar. Huquq sohasida yetarlicha sifatli adabiyotlar nashr etiladigan Rossiyada talabalarga kerakli adabiyotlarni tavsiya etib shu asosida erkin savol javob, amaliy ishlarga e`tiborini kuchaytirsa bo`ladi. Ananaviy ma`ruza matnini saqlagan holda suqrot metodikasining elementlaridan foydalanish mumkin. Masalan,fuqarolik huquqlari kursida mavjud mamlakatdagi Konstitutsiyaviy sud qarorlarini muhokama qilish mumkin, savol-javob tarzida.
Bazan o`qitish jarayonida o`qituvchi o`zi bilmagan holda suqrot metodikasidan foydalanadi.
Muammoli metod yuridik oliygohlarda amaliy mashg`ulotni eslatadi. Jumboqlar tuzish bilan farqlanadi.
Ko`pgina rus huquqshunoslari (o`qituvchi) amaliy mashg`ulotlarini shu sxema asosida ko`radi. Farqi shundaki amerikalik(lar) huquqshunoslar,bir vaqtning o`zida jumboqlarning bir necha xil variantini keltiradi, bu esa talabalarga aniqroq xulosa chiqarishga imkoniyat yaratadi. Rossiyada qoida tariqasida fabula berilgan va har qaysi o`qituvchi o`z yo`nalishiga qarab uning tashqi jihatdan ko`rinishini o`zgartirishi mumkin.
Imitatsion o`yinlar (bu Rossiyada ishbilarmon o`yinlar deb mashhur bo`lgan) 1995 yili amerikacha metodika “Sudlov advakaturasi” keng tarqaldi. Savol tug`iladi: AQSH yuridik maktablarida ishbilarmon o`yinlarning mohiyati nimada? Bundan tashqari u talabalarda yangiliklarni shakllantirishga yo`naltirilgan. Yuqorida ta`kidlangan “Sudlov advakaturasi” kursi bu trening, sudda ishlash jarayoni o`rganiladi.(Rossiyada bu tartib faqat bitiruvchi kurslarda o`tiladi).
Ish bir necha etapni o`z ichiga oladi:
---- talabalar ish bilan tanishib chiqadilar.
Ko`p talabali guruhlarda 2-3 ta ishni ko`rib chiqish mumkin. Har bir ishga 8 tadan talaba biriktriladi;
--- talablar 2 guruhga bo`linadi;
Biri savol beruvchi vakil bo`lib, 2-chisi javob beruvchi vakil rolini o`ynaydi (barcha jarayoniy harakatlarni talabalar ma`lum huquqiy vaziyatda amalga oshirishi lozim.);
--- o`qituvchi talabalar bilan birga ishni tahlil qiladi.
--- talalarga guvohlarni so`roq qilish taktikasi va metodikasi haqida mini – ma`ruza o`qiladi.
--- talabalarning jarayoniy harakatlari mustaqil tayyorlaganidan so`ng sinf xonasida so`rov vidiozapisi orqali davom etiriladi.
So`ng o`qituvchi “so`rovni tahlil qiladi. ”Topshiriq yaxshi yomon deyish bilan emas, balki yo`l qo’yilgan xatolarini ko`rsatish bilan baholanadi. Asoslash uchun o`qituvchi so`rovning ma`lum jihatlarini yozib berishi lozim. O`qituvchi yo`l qo`yilgan xatoning sabablari va uni tuzatish yo`llarini maslahat beradi;
---- talabalar “so`rov”vidiozapisini tomosha qilishgan bir vaqda boshqa xonada qolganlar keyingi so`rovni o`tkazishini ko`rib chiqadilar.
Amerika yuridik oliygohlarda “Huquqshunos va mijoz” kursiga ham qiziqishi katta. Unda huquqshunos va uning mijozlari o`zaro munosabatlaridagi huquqiy muammolar ko`rib chiqiladi. O`quv amaliy mashg`ulotlarning yana bir formasi hisoblangan yuridik klinikalar nafaqat Amerika oliy o`quv yurtlariida balki, MDH mamlakatlarida ham keng tarqalgan. Nomining o`zi tabiiy xarakterga ega ekanligini shunda ko`rish mumkinligi, talaba o`qituvchi rahbarligida aniq mijoz bilan ishlaydi. Huquqshunos va tibbiyot xodim kasbida anchagina o`xshashlik mavjud, ko`p hollarda inson hayoti va taqdiri ularning o`z kasbini qay darajada egallaganligiga bog`liq bo`ladi.

Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin