Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


Darsdan tashqari vaqtda huquq sohasidagi tadbirlar namunasidan misol



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə72/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

Darsdan tashqari vaqtda huquq sohasidagi tadbirlar namunasidan misol
Ta`lim muassasida har yili ishlab chiqilgan va rektor buyrug`i bilan tasdiqlangan nizom asosida 8-dekabr Konsititutsiya kuni keng nishonlanadi. Bu erda mazkur bayram tantanalari nizomi ishlab chiqilib, tasdiqlangan tadbir asosida o`tkaziladi. Tadbirlar 8-dekabrgacha guruhlarda, bosqichlarda, fakul`tetlarda, yotoqxonalarda va institut miqyosida bo`lib o`tadi. Tadbirlardagi vazifalar fakul`tet jamoalariga bo`lib beriladi, bundan maqsad – barchani ushbu Bosh Qomusimiz Konstitusiya bilan takror yana bir bor tanishtirilib o‘z tanlagan yo‘limizni xalqqa etkazishdir.
Darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda: tanlovlar, klublar, badiiy havaskorlik, uchrashuvlar, bahslar, sport musobaqalari, davra suhbatlari, treninglar va h.k., usullari: ishontirish, namuna ko‘rsatish, o‘rganish, mashq qildirish, rag‘batlantirish, illatlarga salbiy munosabat bildirish, munozaralar, kuzatish, trening, jamoaviy ijodiy faoliyat, “mafkuraviy vaziyat”, harakatli, taqlidli, rolli o‘yinlar va h.k.lardan samarali foydalanish lozim.
O‘qituvchi o‘quvchilarni sinfdan tashqari buladigan professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy-amaliy konferensiyalarida qatnashishlarini tashkil etishi yanada maqsadga muofiq bo‘ladi.
O‘qituvchi o‘quvchi-talabalarni saylovlarda qatnashishini tashkil qilib o‘quvchi-talabalarga, Saylov huquqi butun dunyoda e’tirof etilgan eng muhim konstitutsiyaviy-siyosiy huquqlardan biri bo‘lib, fuqarolarga davlat hokimiyati organlariga o‘z vakillarini yuborish imkoniyatini beradi. Fuqarolarning o‘z saylov huquqlarini hech to‘sqinliksiz amalga oshirishlari ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokining eng muhim kafolatlaridan biri ekanligini tushintirib berishi lozim.
O‘qituvchi o‘quvchi-talabalarni Turli respublika va xalqaro anjumanlarda: ilmiy - amaliy, nazariy konferensiyalarda, seminarlarda ma’ruzalar bilan qatnashish larini ham tashkil etishi mumkin, bu ham sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar sirasiga kiradi albatta.
Sinfdan tashqari ishlarda yoshlarni kitob mutola qilishga da’vat etish, ularning kitoblardan foydalanib o‘z ustida ishlash imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy joylar, osori atiqalar, yodgorliklar, ziyoratgohlar bilan tanishib, ularni o‘rganishga o‘quvchi-talabalar jalb etish zarur. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Muzeylarga o‘quvchi-talabalarning tashrifini uyushtirib borish an’anaga aylanishi kerak.
Tarixiy joylarga sayohat o‘ziga xos ma’naviy-ma’rifiy ish uslubi bo‘lib, o‘quvchilarga o‘rganilayotgan ob’ektni bevosita ko‘rish, kuzatish va ular to‘g‘risida mukammal, to‘liq ma’lumotlar olish imkonini beradi. Bu dars afzalligining yana bir tomoni bo‘lib, o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risida ilgarigi mavjud bilimlarini to‘ldirish uchun qiyoslash, tahlil qilish sharoitini yaratadi.
O‘quvchi-talabalar huquq faniga bevosita taaluqli bo‘lgan davlat idoralari, hususan : Oliy majlisga, Senatga, Vazirlar mahkamasiga, SHahar va Tuman Hokimiyatlariga Ekskursiyalar tashkil etishi va ekskursiya jarayonida O‘quvchi-talabalarga davlat organlari ularning faoliyati haqida tushunchalar berib borishi, Jumladan:
davlat organi — muayyan davlat — hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan, davlat tomonidan uning aniq, vazifa va funksiyalarini bajarishga safarbar etilgan hamda davlat belgilagan tartib asosida faoliyat ko‘rsatadigan fuqaro (shaxs) yoki fuqarolarning jamoasi (tu-zilmasi)dir.

Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin