Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə15/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

Didaktik tahlil - ta’lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonunlar va qoidalarning darsda qanchalik to‘g‘ri hamda mukammal bajarilganligini tahlil qilish demakdir.
Didaktika – pedagogika bo‘limi bo‘lib, ma’lumot va ta’lim-tarbiya berish nazariyasini bayon qiladi; bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va e’tiqodlarni shakllantirish qonuniyatlarini ochib beradi, ma’lumot hajmi va mazmuniy strukturasini belgilaydi, ta’lim metodlarini va tashkiliy shakllarini, o‘quv jarayonining o‘quvchi-talabalarga ko‘rsatadigan tarbiyalovchi ta’sirini takomillashtiradi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» esa – “o‘rganuvchi” mahnosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolar)ni o‘rganuvchi fan.
Didaktik jarayon (yoki talabaning o‘quv –bilish faoliyati)ni loyihalash hisoblanadi.
Didaktik jarayonning komponentlari: motivatsiya (M), talabaning o‘quv – bilish faoliyati (O‘F) va uni pedagog tomondan boshqarish (B). Uning shartli formulasi: Dj=M+UF+B.


Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, Ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli;
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati;
Ta’lim qoidalari:
  • Ta’limning ilmiy bo‘lish qoidasi.


  • Ta’limning tizimi va izchillik bo‘lishi qoidasi.


  • Ta’limning tarbiyalovchilik xarakteri.


  • Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog‘liq bo‘lishi qoidasi.


  • Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.


  • Ta’limda kursatmalilik qoidasi.


  • Ta’lim jarayonida xar qaysi o‘quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish qoidasi.


  • Ta’limda ilmiy bilim va kunikma, malakalarni puxta, mustaxkam o‘zlashtirish qoidasi.


  • Ta’limning o‘quvchiga mos bo‘lishi qoidasi.


  • Ta’lim va tarbiyaning birligi qoidasi.





Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin