Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org
Shaxsga yo`naltirilgan ta'lim. Bu ta'lim o`z mohiyatiga ko`ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to`laqonli rivojlanishlarini ko`zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog`liq o`q`ish maq`sadlaridan kelib chiq`gan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta'lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmog`i lozim: jaryonning mantiq`iyligi, uning barcha bo`g`inlarini o`zaro bog`langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo`naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va inten-sivlashtirish, o`q`uv jaryonida uning barcha q`obiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo`naltirilgan ta'limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o`q`uv jarayoni ishtirokchilarning psixologik birligi va o`zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z-o`zini faollashtirishi va o`z-o`zini ko`rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o`rtasidagi sub'ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maq`sad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e'tiborni q`aratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta'lim. Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taq`dim q`ilish orq`ali ta'lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob'ektiv q`arama-q`arshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, Seminar faoliyatga ularni ijodiy tarzda q`o`llashni mustaq`il ijodiy faoliyati ta'minlanadi.
Axborotni taq`dim q`ilishning zamonaviy vositalari va usullarini q`o`llash – yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o`q`uv jarayoniga q`o`llash.
O`q`itishning usullari va texnikasi. Ma'ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar va loyihalar usullarii, Seminar ishlash usuli.
O`q`itishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloq`ot hamkorlik va o`zaro o`rganishga asolangan frontal, kollektiv va guruh.
O`q`itish vositalari o`q`itishning an'anaviy shakllari (darslik, ma'ruza matni) bilan bir q`atorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloq`aga asoslangan bevosita o`zaro munosabatlar.
Teskari aloq`a usullari va vositalari:kuzatish, blits-so`rov, oraliq` va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o`q`itish diagnostikasi.
Boshq`arish usullari va vositalari: o`q`uv mashg`uloti bosq`ichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko`rinishidagi o`q`uv mashg`ulotlarini rejalashtirish, q`o`yilgan maq`sadga erishishda o`q`ituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaq`at auditoriya mashg`ulotlari, balki auditoriyadan tashq`ari mustaq`il ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o`q`uv mashg`ulotida ham butun kurs davomida ham o`q`itishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriq`lari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.