ESTETIK TALABLAR
Fan xonasini jihozlashda foydalanilgan barcha narsalar estetik didli bo‘lishi va bir-birini to‘ldirish lozim.
Fan xonasi hujjatlarining moslik sertifikati va gigiena sertifikati bo‘lgan, Davlat me’yorlariga mos maxsus mebellar komplekti bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
TEXNIKAVIY TALABLAR
Sinfdan foydalanish, texnika xavfsizligiga rioya qilish tartib qoidalari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
Fan xonasida mavjud texnika vositalarining davlat tomonidan chiqarilgn, foydalanish muddati va foydalanish tartib qoidalari ko‘rsatilgan hujjatning nusxasi bo‘lishi shart (asli maktab direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarida saqlanadi )
Fan xonasiga kiruvchi hamma o‘quvchilar va o‘qituvchilar, to‘garak a’zolari ushbu xonada mavjud bo‘lgan texnik asboblar bilan ishlashdan oldin majburiy ravishda texnika xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan tanishgan va bu maxsus jurnalda qayd etilgan bo‘lishi kerak.
Fan o`quv xonasidagi jihozlarni saqlanishga javobgar shaxs haqida ma’lumot bo‘lishi lozim.
Fan xonasining pasporti
1. Fan xonasida o‘qiydigan sinflarning o‘qish vaqti.
2. Mavjud bo‘lgan jihozlarning ro‘yxati.
3. Ko‘rgazma qurollarining ro’yxati.
4. O‘quv qo‘llanmalar va adabiyotlar ro’yxati.
5. Fan xonasidan foydalanish tartib qoidalari.
6. Fan xonasida o‘tiladigan darslar haqida ma’lumot
7. Fan xonasini foydalanish uchun qabul qilib olinganligi va dastlabki holati haqidagi dalolatnoma nusxasi.
Fanga oid DTS talablari va dasturi.
O‘qituvchidan talab qilinadigan ish hujjatlari (dars ishlanma-lari, ish rejalari va hokazo).
Nazorat turlaridan namunalar saqlanadigan maxsus papka.
Maktab olimpiadasiga tayyogarlik ko‘rish to‘g‘risida tavsiyalar.
O’zbekistonda huquqiy davlat barpo etish maqsadida huquqiy tarbiya va ongni shakllantirish masalalariga alohida e`tibor berib kelinmoqda. Mehnat jamoalari, ta`lim maskanlari va har bir shaxs bilan va ko’p qirrali ishlar amalga oshirilmoqda. Respublika qonun chiqaruvchi organi Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan va yurtboshimiz tomonidan imzolangan qonunlar jamiyatimizning barcha sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qilmoqda. Jamiyat oldida turgan dolzarb muammolarni hal etish xalqning huquqiy madaniyatini, savodxonligi va huquqiy tarbiyasini rivojlantirishni taqozo qiladi.
Huquqiy tarbiyali bo’lish uchun shaxs huquqiy bilimlarini ongli ravishda egallashi, yetarli darajada huquqiy saboq egasi bo’lishi kerak. Hozirgacha huquqiy tarbiya, uning metodlari haqidagi masalalar olimlar tomonidan to’laligicha yoritib berilgan emas.
Huquqiy tarbiya shakllari. Huquqiy tarbiya o’z mazmuni va mohiyatiga ko’ra; keng va tor ma`nodagi shakllarga bo’linadi. Keng ma`nodagi tarbiya deganda butun jamoaga, ko’pchilikka ta`sir ko’rsatishga qaratilgan tarbiya. Tor ma`nodagi tarbiya natijasida keng xalq ommasi va shaxs o’z hatti - harakatlari tushunsa, huquq normalariga ongli ravishda rioya etsa maqsadga erishgan bo’lib hisoblanadi.
Huquqiy tarbiya muntazam olib boriladigan aniq maqsadni ko’zlagan va shaxsga ta`sir eta oladigan huquqiy ong, bilim va qonunlarga rioya etish xislatlari yoki fazilatlari to’plamidir. Barcha fuqarolarda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish ishlari huquqni muhofaza qilish organlari va jamoat tomonidan olib boriladigan ishdir. Buning natijasida qonunchilikni mustahkamlash, huquq normalarini hurmat qilish, ularni bilishga erishiladi. Ma`lumki, qonunga rioya qilish uchun eng avvalo uni bilish talab etiladi. Tartib buzuvchilar orasida o’z hatti-harakatlarini noqonuniyligini o’ylamaslik va bunday harakatni jazoga loyiq emas deb tushunish ko’p uchraydi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun ichki tartib qoidalar, qonun normalariga rioya qilmaslik natijasida intizomiy, ma`muriy va hatto jinoiy jazo kelib chiqishini tushuntirilishi shart.
Ilgarigi davrlarda huquqiy tarbiya siyosiy tarbiya bilan bog’liq holda olib borilar edi. Shaxs va jamiyat o’rtasida munosabatlar shaxs faoliyatini hayotiy pozitsiya esa tarbiya jarayonida shakllanadi. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi shaxsni foydali faoliyatga o’rgatishidir. Masalan, yoshlarni biron hunarga, muomalaga, san`atga va yurish-turishga o’rgatish shular jumlasidan.
Huquqiy tarbiya qadimdan davlat bilan birga shakllanganligini ham unutmaslik kerak. Huquqiy tarbiya o’ziga xos xarakterga ega. U vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. Huquqiy tarbiya davlat tomonidan belgilangan tuzilmalardan tashkil topadi va aniq maqsadlarni ko’zda tutadi. Shaxsda mehnatga bo’lgan munosabatni shakllantirishda jamiyat va davlat manfaatlari, davlatning tartib va qonunlarini hurmat qilish ruhi shakllanadi. Axloq normalari bilan huquq normalari bir-biri bilan yaqin turadi.
Huquq darslarida manbalaridan foydalanish tushunchasi. Huquqshunos fanining o’qituvchisi o’zining pedagogik faoliyati davrida davlatning asosiy qonuni, Prezident asarlari va huquq manbalaridan foydalanishni o’zi uchun odat qilib olishi shart, chunki bunday yo’nalishdagi ma`lumot va xabarlar har qanday o’quvchi va tinglovchi diqqatini o’ziga tortadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qonunchilikning asosiy negizi, davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar faoliyatining asosiy maqsadi va yo’nalishini belgilab beradi. U oliy yuridik kuchga ega bo’lib, qolgan har qanday qonun hujjatlari Konstitutsiya normalariga mos bo’lishi, uning talablariga zid kelmasligi shart.
"Huquqshunoslik", "Konstitutsiyaviy huquq", "Inson huquqlari" singari darslar mavzulari o’rgatilganda Konstitutsiyaning eng avvalo muqaddima qismidan foydalanish va ana shu tamoyillarni o’quvchilarga singdirish lozim. Bu yerda o’qituvchi "Milliy davlatchilik haqida" kitobidan qiziqarli suhbat qilishi mumkin. Masalan, kitobda o’zbek milliy davlatchilik tarixi taraqqiyot bosqichlari, o’troq xalq hayoti bilan chambarchas bog’liqligi keng tahlil qilingan. O’zbekiston Milliy davlatchiligi g’oyasi aynan mustaqillik yillarida rivojlantirildi. Bu o’rinda "Temur tuzuklari"ning o’zbek tilida chop etilishi, "Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni" asarining chop etilishi samarali ishlardan hisoblanadi. Dars o’tishda bulardan foydalanish mumkin.
Huquq darslarida yoshlarni faollashtirish yo’llari. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari, ijtimoiy hayotdagi o’rnini bilib olgan har bir o’qituvchi barcha yoshlarni qonunga, me`yoriy hujjatlar talablariga javob bera oladigan shaxs qilib tarbiyalamog’i lozim. Dars va mashg’ulotlar jarayonida har bir o’quvchi kelajakda o’z hayot yo’lini, hayotdagi pozitsiyalarini asta-sekin shakllantirib borishga erishsin. Fuqarolarning turmushdagi faolligi va tashabbuskorlik bilan hayot kechirishi ularning ma`naviy, axloqiy va huquqiy e`tiqodlariga bevosita bog’liqdir. Har bir inson davlat va jamiyat hayotda faol ishtirok etayotgan bo’lsa, huquqiy bilimga to’la ega bo’lsa, u o’zining konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va barcha imkoniyatlaridan ham kundalik hayotida foydalanib boradi. Har bir fuqaro o’z hayotida mustahkam pozitsiyada tursa, jamiyat oldidagi dolzarb muammolarga to’g’ri baho berishga harakat qiladi. Shaxsning huquqiy faolligi ijtimoiy hayotning barcha sohasida namoyon bo’ladi.
Huquqiy faollik. Huquqiy faollikni o’z mazmun mohiyatiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
- mehnat jamoalaridagi;
- ijtimoiy-siyosiy sohalardagi;
- madaniy sohadagi huquqiy faolliklar.
Fuqarolar hayotidagi huquqiy faollik bir necha yo’nalishlarda shakllanishi mumkin. Masalan, o’quvchi yoki talaba barcha fanlardan a`lo baholarga o’qiganligi faol yo’nalishning aniq maqsadi bo’lishi mumkin, lekin u jamoat ishlarida faol qatnashmasligi, huquqiy faol b’lmasligi va hokazolar unga halal beradi. Hayotiy pozitsiyada qat`iy turib o’zgalar va jamiyat manfaatlarini ko’zlab turli tadbirlarda, jamoat ishlarida qatnashib borsa, uning faoliyati foydali faoliyat bo’lib hisoblanadi. Maktablarda, o’quv yurtlarida, mehnat jamoalarida intiluvchan shaxs qanchalik ko’p bo’lsa, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulardan unumli foydalanish imkonityalari ham shunchalik ko’p bo’ladi.
Yoshlarning huquqiy faolligi maqtab va boshqa ta`lim muassasalarida ijtimoiy va huquq fanlarini o’qitish jarayonida shakllanib boradi. Ular o’zlarining hayotiy tajribalarida ayrim o’qituvchi, tarbiyachilar faoliyatini nazorat qilib ko’zatib boradilar. Bunday holatlarda o’qituvchi bolalarning huquqiy pozitsiyalarini to’g’ri va aniq maqsadlarga yo’naltirishi shart.
O’quvchilarning huquqiy faolligini oshirish maqsadida o’qituvchi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida belgilab berilgan siyosiy huquqlar haqida keng ma`lumotlar bermog’i lozim. Buning uchun u 2002 yil "O’zbekiston" nashriyoti tomonidan chop etilgan "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharh", O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishga qaratilgan, huquqiy mavzularda chop etilgan adabiyotlardan, O’zbekiston Respublikasi yangi qonunlaridan foydalanishi lozim.
Huquq darslarida yoshlarni faollashtirish maqsadida xalk davlat hokimiyatining birdan-bir manbai deb Konstitutsiyada ko’rsatilgan qoidani to’la tushuntirib berish maqsadga muvofiqdir. Fuqarolarning bunday ishtiroklari - vakillik demokratiya, bevosita demokratiya orqali amalga oshirib boriladi. Mamlakatning barcha vakillik organlari bevosita demokratiya orqali shakllantiriladi va shu asosda vakillik demokratiyasi vujudga keladi. Vakillik demokratiyasiga saylab qo’yiladigan muassasalar, mahalliy hokimiyat organlari, o’zini-o’zi boshqarish organlari kiritiladi.
Davlat hokimiyatiga o’zlari saylagan vakil orqali, shuningdek, xalq deputatlari Kengashi va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari orqali ishtirok etadilar. Islom Karimovning asarlaridan foydalanib, bu mavzuni keng yoritish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasiga binoan, xalq nomidan saylab qo’yilgan Oliy Majlis va O’zbekiston Prezidenti ish olib boradilar. Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning bevosita va o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqi quyidagicha:
1. Mukammal saylov tizimi;
2. Hurfikrlik.
3. Oshkoralik tamoyili asosida jamoat birlashmalariga uyushish, saylash va saylanish huquqiga ega bo’lish, saylovlarning umumiyligi, tengligi, yashirin ovoz berishi prinsiplarining asosida amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: |