Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org
9- Mavzu: Huquq xonasining o’qituvchi tamonidan ilmiy-metodik jihozlanish talablari.
REJA: 1. Huquq xonasining jihozlanish qoidalari. 2. Huquq darslarida huquqiy ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirish 3. Huquq 3. Huquq manbalaridan foydalanish. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash imkonini yaratdi.
Bunda ta’lim sifati va samaradorligini tubdan o`zgartirish asosiy maqsad sifatida qo`yildi. Zamonaviy ta’limga xizmat qiladigan o`qitish metodikasi va uning tamoyillari ishlab chiqildi.
O`quvchilarning fan asoslarini egallashga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, qiziqishlarini ortirish va ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash, inson, jamiyat va atrof muhitning o`zaro munosabatlarini uyg`unlashtirish, ta’lim oluvchilarda ongli intizom, insoniy qadr-qimmat tuyg`usi, yuksak, huquqiy madaniyat va ma’naviy hamda ijodiy fikrlashni tarkib toptirish maqsadida o`qitish jarayoniga yangicha, zamonaviy talablar asosida yondashilmoqda.
Huquq o`quv xonalarini zamonaviy talablar asosida jixozlash, ta’lim tarbiya ishlarida katta effekt bo‘lishini ta’minlashga qaratilishi kerak. Jahon talablariga javob beradigan Huquq o`quv xonalarida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatini yuksaltiradigan jihozlar talab qilinadi. Pult bilan boshqariladigan texnik o‘qitish usullari katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Pult bilan boshqariladigan texnika vositasi agar u o‘qituvchi stolida o‘rnatilsa ham vaqt tejaladi ham tarix fanida o`rgatilayotgan mavzu haqida ko`proq ma’lumotlar berish imkoniyatini yaratib beradi.
O`quv xonalari bazasi uchta asosiy elementlar bilan shakllanatiriladi:
1) maxsus va qurulmalar bilan jihozlash;
2) zarur apparatura va;
3) o‘quv qo‘llanmalari fondi.
O`quv xonasi texnik vositalar 16mm kinoproektor, grafaproektor, diaproektor, magnitafon, televizorlar kiradi.
Kutubxona - huquq o`quv xonasidagi zaruriy komponentdir. Bunda darsdan tashqari o‘qishlar uchun mos ravishda ilmiy – ommabop, badiiy - kriminal kitoblar yig‘ilgan bo‘ladi. Ayniqsa, adabiyotlarning ahamiyatlilik darajasi yuqori. Tarix o`quv xonasi kutubxonasida har xil gazetalar, mahalliy gazetalarning yangi sonlari bo‘lishi kerak.