Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


GLOSSARIY Abstrakt tushuncha



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə87/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

GLOSSARIY
Abstrakt tushuncha — narsa va hodisalarning mavhum belgi, xususiyat, sifat va o’zaro munosabatlarini aks ettiradigan tushunchalar.
Adaptiv mashg’ulot — o’quvchining tashqi muhitga, jamoaga, mehnat vazifalarini bajara olishga moslashuvini ta’minlashga qaratilgan mashg’ulot.
«AJIL» {amaliyotda jamoaviy ijodiy ishlar) jamoaviyIJODIY ishni tashkil qilish, tayyorlash va o‘tkazish uslublarini o‘rganishda ijodiy faoliyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Algoritm — pedagogik texnologiya tarkibiy bo’laklari (modullari) o’zaro joylashuvining hamda pedagogik texnologiya jarayonlarini amalga oshirish ketma-ketligining avvaldan belgilangan tartibini (qoidasini) bildiradi.
Algoritmlash — pedagogik texnologiya tarkibiy bo’laklari (modullari)ning o’zaro joylashuvini hamda pedagogik texnologiya jarayonlarini amalga oshirish ketma-ketligi tartibi (qoidasi)ni belgilash jarayoni.
Atama — tabiiy tildagi so’z yoki so’z birikmalari (real yoki abstrakt narsalarni ifodalovchi).Atamaning u yoki bu kontekstdagi ma’nosi to’g’risidagi masala doim muhokama qilinadi, chunki odatdagi til ko’p ma’noli. Odatdagi til ko’p ma’noli bo’lgani sababli, atamaning har bir holatdagi qo’llanishi ma’nosi muhokama qilib boriladi.Bir fan yoki ilmiy nazariyada atamalar bitta ma’noda ishlatiladi.Atamalar nazariy, empirik turlarga ajratiladi.Nazariy atamalar tajriba bilan asoslangan, empirik atama esa tajriba orqali tasdiqlangan xulosalarga tegishli bo’ladi.
Avtoritar pedagogika (avtoritar pedagogik texnologiya) — ta’lim-tarbiya jarayoniga rahbarlikda o’qituvchining obro’siga asoslanish, unga o’quvchilarning ko’r-ko’rona, so’zsiz itoat etishlari. Bunda o’quvchilarning erkin va mustaqil fikrlashlari, shunday harakatlar qilishlari cheklangan bo’ladi.
Avtoritet — shaxsning boshqalar e’tirof qilgan obro’si, fazilati, boshqalarga nisbatan ta’siri va ular tomonidan qadrlanishi. Avtoritet chin yoki soxta bo’ladi.

Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin