Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə89/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

Didaktikaning predmeti – ta’lim-tarbiya muassasasi sharoitda muallimning rahbarligi ostida amalga oshadigan o‘quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har xil tipdagi ta’lim-tarbiya muassasalarida u yoki bu darajada beriladigan ta’lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari, o‘qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo‘llari hamda ta’limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi.
Eksklyuziv — g’ayrioddiy, faqat ma’lum bir obyektga taalluqli, o’ziga xos bo’lgan xususiyatlar va boshqa belgilar. Faqat o’ziga berilgan (huquq).
Elektron darslik (ED) - kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan.
Elektron kutubxona- o‘quvchi hamda pedagoglar uchun hujjatlashtirish va xavfsizlikning xususiy tizimi bilan ta’minlangan, to‘liq matnli elektron axborotni resurslar, telekommunikatsiya vositalari asosida jamlash va yetkazish imkoniyatini ta’minlovchi dasturli majmuadir.
Elektron o’quv adabiyotlari -zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan manba hisoblanadi.
Elektron o’quv nashri- ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlar, ko‘nikmalar va mahoratlarni ijodiy va faol egallashlarini ta’minlaydigan ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o‘quv materialga ega bo‘lgan elektron nashr.
Elektron o’quv qo’llanmasi- darslikni qisman yoki to‘liq almashtira oladigan yoki to‘ldiradigan rasmiy tasdiqlangan elektron o‘quv nashri.
Empirik — hissiy tajriba asosidagi bilimlar va ularning yagona manbaini hissiy tajriba deb tushunish.
Evristik — yo’naltiruvchi savollar berish yo’li bilan o’qitish tizimi; topqirlik, faollikni rivojlantirishga yordam beruvchi ta’lim metodi,o’quv-izlanishli, optimallashtirilgan tafakkurni rivojlantiradi.
Faollik — biror maqsad yo’lida aqliy,jismoniy va boshqa harakatlarni tez va unumli amalga oshirishga intilish.
Guruhli ta’lim — bir o’qituvchi bir necha o’quvchini o’qitadigan ta’lim shakli. Guruhlar o’quvchilar soniga qarab: kichik (3—6 o’quvchi), o’rta(7—15 o’quvchi), katta (15 dan ortik o’quvchi) guruhlarga ajratiladi. Shuningdek, har bir guruhdagi ta’lim oluvchilarning yoshiga, ta’lim yo’nalishiga va shu kabilarga qarab ham guruhlarga ajratiladi. Bu shaklni qo’llash jarayonida yakka ta’lim shakllari ham amalga oshiriladi.
Hajm — shu mazmunga tegishli belgilarga ega narsa, hodisalar yig’indisidan iborat.Tushunchada aks ettiriladigan narsalar doim kengroq, sinf tarkibidan ajratuvchi belgilarga ega bo’lib, shu kengroq sinfga nisbatan turlarni ifodalaydi. Masalan, to’g’riburchakli uchburchaklar — umuman uchburchaklar sinfiga nisbatan tur. Uchburchaklar esa geometrik shakllar sinfiga nisbatan tur hisoblanadi.
Tushunchalar hajmiga ko’ra— hajmsiz, bir elementli, ko’p elementli bo’ladi:


  • hajmsiz — oltin; suv parisi.


  • bir elementli — Ulugbek rasadxonasi; Samarqand shahri.


  • ko’p yoki umumiy elementli — o’simlik; rasmlar; tarixiy voqea; tabiat hodisasi.


Tushunchaning mazmuni ortsa, hajmi kamayadi va aksincha. Masalan, uchburchak tushunchasi mazmuniga teng tomonli belgisini qo’shsak, uning mazmuni, ya’ni belgilari soni ortdi va hajmi kamaydi, chunki teng tomonli uchburchak tushunchasi, uchburchaklar tushunchasining bir qismini tashkil qiladi.
Tushunchalar quyidagiturlarga ajratiladi:


  • ilmiy tushunchalar. Bu barcha fanlarga oid bo’lib, fizikaviy, kimyoviy, falsafiy, tibbiy, texnika, siyosat, huquq, iqtisod, tarixiy va boshqa tushunchalar;


  • badiiy-estetik tushunchalar — san’at, adabiyot, musiqa, teatr, kino va boshqalar;


  • sport, jismoniy tarbiya, kasb-hunarlarga oid tushunchalar;


  • mifologik, diniy tushunchalar va boshqalar.


Hamijodkorlik — ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi.
Hamkorlik pedagogikasi (hamkorlik pedagogik texnologiyasi) — ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilarning o’zaro muloqotiga asoslangan shaklda ta’lim berishga yo’naltirilgan tizim.
Ilmiy bilim — tizimli, asosli va narsa, hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bo’ladi. U empirik va nazariy darajada bo’ladi.

Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin