Kasbga yo’naltirish – jamiyat ehtiyojidan kelib chiqqan holda tarbiyalanuvchiga ma’lum bir kasb-hunar o‘rgatishning ma’rifiy jarayoni.
Kasbiy pedagogika – umumiy pedagogikaning bir sohasi bo‘lib, u tarbiya, ta’lim, o‘qitish haqida qator nazariy va amaliy ma’lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug‘ullanadi.
Kasbiy ta’lim pedagogikasi-ijtimoiy hayotning ma’lum sohasida faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, amaliy ish-harakat usullarini shakllantirish qonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda mazmuni haqidagi pedagogikaning muhim tarmog‘idir.
KBI (kuzatish, bahslashish, ishontirish) - faol hayotiy holatni,sardorlik sifatlarini, jamoada ishlash ko‘nikmalarini hamda o‘zgalarfikrini hurmat qilgan holda dalillash, ishontirish, asoslash, munozaraolib borish mahoratini, murosaga kelish va izlash qobiliyatlarinishakllantirishga yo‘naltirilgan.
«Kelishuv va ziddiyat»- mantiqiy va tanqidiy fikrlash, murosagakelish mahoratini shakllantirish hamda asosli bahslashish qoidalari bilantanishtirish, ziddiyatlarni yechishda har kimning o‘z uslublarini topaolishlariga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan.
Kichik modul — pedagogik texnologiya tarkibidagi eng kichik birlikni ifodalaydi.Amalda bunday kichik modulni tashkil qiluvchi boshqa kichik modullarga ajratish mumkin isoblanadi. Ko’nikma — ongli faoliyat (harakat)ni tez, tejamli, to’g’ri, kam jismoniy va asabiy kuch sarflagan holda bajarish. Shaxsning bilimlari asosida tarkib topadi. Dastlabki shakllanish bosqichlarida bunday harakatlar jiddiy diqqat bilan bajariladi, keyingi bosqichlarda diqqat bilan nazorat qilish kamayib boradi va natijada avtomatlashgan harakatga aylanadi.Harakat turlari bo’yicha uch turga: harakat ko’nikmalari, sensor ko’nikmalar, aqliy ko’nikmalarga bo’linadi. Ko’nikmalar muntazam mashq, qilish (takrorlash) orqali zarur darajada saqlanadi.Ma’lum vaqt takrorlamaslik ko’nikma darajasining pasayishiga olib keladi.Uni qayta mashqlar bajarish, malaka oshirish orqali tiklanadi.Ko’nikmadeganda odamning bilim olishi, elementar tajriba va malakaga tayanib biron ishni muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati tushuniladi.Maqsadga yetishish taxmini mavjud qonuniyatlarda asoslab berilgan bosqichni KONSEPSIYA yoki ilmiy asoslangan taxmin deyiladi.