214
4.1. Tadqiqotning
yangilik mezoni
– yakunlangan tadqiqotlarni baholashda
qo’llaniladi. U fanda va adabiyotlarda shu vaqtda bo’lmagan nazariy va amaliy
xulosalarni, qonuniyatlarni, prinsiplarni, metod va usullarni tavsiflaydi.
Ushbu mezonni 2 turga bo’lish mumkin – bular nazariy va amaliy bo’lib, ilmiy bilish
nazariyasidan kelib chiqadi.
Tadqiqotning
nazariy yangiligi
– uning konsepsiyasini, farazini, qonuniyatlarini,
metodini, modelini, yondoshishni, tushunchalarni, atamalarni va yo’nalishlarni qamrab
oladi.
Tadqiqotning
amaliy yangiligi
– uning modeli, takliflari, tavsiyalari, vositalari,
talablari va metodik sistemasini qamrab oladi.
Tadqiqotning yangilik mezoni uning turiga qarab o’zgarishi mumkin. SHuning uchun
yangilik mezoni nisbiy bo’lib, u vaqtga bog’liqdir. Tadqiqotning yangilik darajalarini
quyidagicha: aniqlashtirish, to’ldirish va o’zgartirish turlariga bo’lish mumkin.
Aniqlashtirish darajasi –
tadqiqotda olingan yangi natija shu vaqtgacha mavjud
bo’lgan ma’lumotlarni aniqlashtiradi, o’quv-tarbiyaviy jarayonga tegishli metodlarni,
alohida o’quv predmetini o’qitish metodlarini, tarbiyaviy ish metodikasini, pedagogika
tarixi va metodologiyasining ayrim holatlarini zamon talablari asosida oydinlashtiradi
va aniqlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: