Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor


Darslikda metapredmet bilimlarning bo’lishi -



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə193/212
tarix14.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#178810
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   212
Navoiy davlat pedagogika instituti tasdiqlayman -www.hozir.org

Darslikda metapredmet bilimlarning bo’lishi -


mazkur fandagi tadqiqot
metodlari va ularning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni taqozo qiladi. Ilmiy
qat’iylikni saqlashga va metodik darajaga rioya qilishga olib keladi. Bu esa, talabaga
o’quv materialining mohiyatini mustaqil aniqlashga va oldinga siljishga imkon yaratadi.
Ushbu maqsadda, darslikda metapredmetli bilimlar keltirilishi kerak. Masalan,
predmet bo’yicha bilimlar elementlarining tarkibini o’rganish rejasi; ilmiy tushunchalar,
qonunlar va nazariyalarni o’zlashtirish bosqichlarining ketma-ketligi; seminarga va uni
bayon qilishga qanday tayyorlanishga va darslik bilan qanday ishlashga ko’rsatmalar
berilishi zarur.
14.

YAngi axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini hisobga olish.
Darsliklarni yaratishda EHMlarni qo’llash imkoniyatlari hisobga olinadi, dasturning
ayrim bo’limlarini o’rganishda hisoblash, audio – video texnikalarni qo’llab o’rganish
bayon qilinadi. SHu tufayli, axborot olishning texnik va bosma vositalarini qo’llashga
bir xil yondoshish amalga oshiriladi.
12.4. Monografiya –
shunday ilmiy asarki, unda bir mavzu va u bilan bog’liq
masalalar chuqur ishlab chiqiladi. Monografiya, odatda, fan doktori ilmiy darajasini
olish uchun bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalarining nashri bo’lib, unda ilmiy
tadqiqotning asosiy natijalari tizimli bayon qilinadi. Doktorlik darajasini olish uchun
yozilgan monografiya faqatgina yakka mualliflikda, nomzodlik darajasi uchun
hammualliflikda bo’lishi mumkin. Monografiyaning hajmi, odatda, 5 – 8 va undan
ko’proq bosma taboqda bo’ladi.
12.5. Ilmiy ishlanmalarning muallifligini saqlashga o’tkazish(deponirovaniye).
Har qanday muallifning ilmiy ishlanmalarini mualliflikni saqlash uchun o’tkazish
mumkin. Saqlash degani – qo’lyozmani maxsus joyda saqlashga topshirish degani
bo’lib, u respublika ilmiy va texnik axborotlar markazi bo’lishi mumkin. Odatda, katta
tirajda chiqarish shart bo’lmagan ishlanma(monografiya, maqolalar, tezislar va boshq.)
saqlashga topshiriladi, chunki ular tor sohadagi mutaxassislar uchungina mo’ljallangan
va ulargagina zarur.
Saqlashga topshirilgan ish nashr etilgan deb hisoblanishi uchun, uning annotatsiyasi
ilmiy jurnalda yoki referativ to’plamda bosilib chiqishi kerak.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin